Siz odatda ko‘krak suti bilan boqishni darhol hattoki tug‘ish xonasidan boshlashingiz mumkin!
Chaqalog‘ingiz dunyoga kelgandan keyingi bir soat ichida oziqlantirishni boshlang .
5
•
Chaqalog‘ingizni u tug‘ilgan vaqtdan boshlaboq tanangizga tegadigan qilib ushlash boshlashning
ajoyib usulidir .
•
Kasalxona xodimlariga siz va shifokoringizning roziligisiz, chaqalog‘ingizga butilkada sun’iy ozuqa
bermasliklari kerakligini ayting .
•
Chaqalog‘ingizning qorni ochishi bilan uni emiza olishingiz uchun kasalxona xodimlariga
chaqalog‘ingizni xonangizda (bolalar xonasida emas) qoldirishlarini xohlashingizni ayting .
•
Tez-tez emizing . U so‘rishni o‘rganadi va uning ko‘kragingizning so‘rishi sizda sut kelishini yaxshilaydi .
•
Agar siz emizishda biror-bir noqulaylikni his qilsangiz yoki chaqalog‘ingizning yetarli darajada oziqlana
olmayotganligidan xavotirlansangiz, hamshira yoki laktatsiya mutaxassisidan yordam so‘rang .
•
Sizda dastlabki bir necha kunda hosil bo‘ladigan sut og‘iz suti deb ataladi . Uning rangi sariq bo‘lib,
u ozuqaviy moddalarga boydir . Og‘iz suti chaqalog‘ingizni kasallikdan himoya
qiladi va unga zarur
bo‘lgan hamma moddalarni beradi . Uch-besh kundan keyin sutingiz ko‘kimtir-oq rangga kiradi va u
ko‘proq miqdorda hosil bo‘ladi .
•
Ko‘krak suti bilan emizish yoki ko‘kragingizni siqish yoki sut sog‘ishdan avval doimo qo‘llaringizni
yuving .
Dostları ilə paylaş: