Mavzu- 11: Iqtisodiy geografiya va amaliyot.
Reja:
11.1. Amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari
11.2. Amaliy geografiyada tadqitod usullari
11.3. Amaliy geografiyaning ahamiyati tadqiqotlar.
11.4 Sanoat korxonalarini joylashtirishda amaliy geografiyaning roli.
11.5 .Injener-geografik va gidrogeologik izlanishlar usullari.
11.7. Landshaft arxitekturasi.
Tayanch so’z va iboralar: Amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari Amaliy
geografiyada tadqiqod usullari, Amaliy geografiyaning ahamiyati , Amaliy geografik
tadqiqodlar, Sanoat korxonalarini joylashtirishda amaliy geografiyaning roli,
injener-geografik.
Bizga ma'lumki, geografiya fani Yer yuzasi tabiatini, aholisi va uning xo'jalik
faoliyatini o'rganadi.Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini
baholash va bashorat qilish bilan shug'ullanadi.
Insoniyat paydo bo'lgan davrdan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va
tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar murakkablashib bormoqda. Buning natijasida
mahalliy, mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekologik muammolar va inqirozlar
paydo bo'lmoqda.
Ana shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o'rganish, baholash va
ularning sodir bo’lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o'rni va
ahamiyati nihoyatda muhimdir.
Mazkur muammolarni o'rganish va ularning yechimini topish davomida
geografiya fanlari tizimida yangi yo'nalish, ya'ni amaliy geografiya fani paydo bo'ldi
va u hozirgi paytda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning maqsadi
tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgari shini
bashorat qilishdan iboratdir.
Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
58
1) xo'jalik maqsadlarida foydalanish nuqtayi nazaridan tabiiy sharoit va
resurslarni o'rganish va baholash;
2) tabiiy geografik jarayonlarni o'rganish, baholash va bashorat
3) inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgartirilishi jarayonini
baholash va ba shorat qilish;
4)umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolaraing yuzaga
kelish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab
chiqish;
5) ishlab chiqarishni hududiy tashqi qilish muammolari va aholi joylashuvi
masalalarini yechish.
Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayotgan yangi
tarmoqlaridan biri bo'lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi.
Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geografiyaning rivojlantirishga
muhim hissa qo'shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg'oniy Nil daryosining suv sarfini
o'rganish va bashorat qilish bo'yicha amaliy geografik
ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab,
Yerning asosiy o'lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo' shgan .
Amaliy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o'rganishda turli tadqiqot
bosqichlarida olib boriladi.
Tadqiqot usullari bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi:
-tadqiqot muammosini shakllantirish bosqichi;
-ilmiy farazni shakllantirish, ya’ni tadqiqotni amalga oshirish uchun ma’lumotlar
qanday usulda, qanday qilib to’planadi, shuni aniqlashtirib olish; -ma’lumotlar
to’plash; -to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash; -xulosa ba
bo shqalar
[16]
.
Amaliy geografiyaning tadqiqot usullariga quyidagilar kiradi: sistemali,
ekologik, landshaft va ushbu usullarni yondashuv deb atash ham mumkin.
Geografik tadqiqot usullari miqdoriy (sistemali,statistik va matematik
modellashtirirsh) va sifat (kuzatish, tajriba) kabi turlarga bo’linadi
[17]
Sistemali usul (yondashuv). Mazkur usulda o'rganilayotgan hudud ma'lum bir
sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir-biri bilan bog'langan qator kichik
sistemalardan iborat bo'ladi, ekologik usul (yondoshuv). Ushbu usulda ma'lum bir
hudud yoki muammo o'rganilayotganda, unga tirik mavjudotlaming (o'simlik va
hayvonot dunyosi), insonning atrof-muhit bilan bo'ladigan o'zaro aloqalari nuqtayi
nazaridan qaraladi.
Landshaft usuli (yondashuvi). Mazkur usul qo’llanganda, hudud ma'lum bir
landshaft turlariga bo'lib o'rganiladi. . - .
Iqtisodiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik-statistik hisobla shlar
orqali tabiiy sharoitga, tabiiy resurslarga, aholi va xo'jalik korxonalariga baho
beriladi hamda ularning o'zgarishi bashorat qilinadi. Masalan, aholi sonining o'sishi
yoki kamayishi va h.k.
Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, amaliy landshaftshunoslik
fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan
birgalikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabiatni muhofaza
qilishda,atrof-muhitning tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida o'zgarishini ba shorat qili
59
shda bo shqa fanlar ham keng foydalanadi.
___________________________________________________-
16
Nicholas Clifford, shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography, 34-page
17
Nicholas Clifford, shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography, 8-page
Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega
bo'lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishi va uni yahshilashning
umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy muammolari bilan shug'ullanadi.
Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay
ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada "ozon "tuynugi"ning
maydoni qisqarib bormoqda, yo'qolib ketish arafasida turgan ko'plab o'simlik va
hayvonlar saqlab qolinmoqda, ifloslangan daryo va ko'llar suvi tozalanib bormoqda.
Sanoatning rivojlantirish natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta
tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini
ishlab chiqish, tabiat va jamiyatning o'zaro ta'sirini yahshilash, tabiiy ofatlarning
oldini olish, hududlarning rivojlantirishni bashoratlash, yirik loyihalarni ekspertiza
qilishning geografik-ekologik asoslab berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa
amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan
muammolarni yechishdagi ishtiroki ortib borishiga sabab bo'lmoqda.
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga
kelishi mumkin bo'lgan oqibatlami baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini
olish muammolari bilan shug'ullanadi.
Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos
bo'lib xizmat qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini
joylashtirishda, gidrotexnik inshootlarni (kanallar, to'g'onlar, suv omborlari va h.k.),
yo'llarni loyihalashda, foydali qazilma konlarini qidirishda olib boriladi
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida
vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda
ularning oldini olish muammolari bilan shug'ullanadi.
Tibbiy geografiya geografik muhitning, ya'ni tabiiy va ijtimoiy- tashqii
omillarning aholi salomatligiga ta'sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik
tarqalishini o'rganadi.
Hozirgi paytda tibbiy-geografik tadqiqotlar ikkita yirik yo'nalishda olib
borilmoqda. Birinchi yo'nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta'siri
baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo'nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy
o'choqlari aniqlanadi.
Bozor munosabatlarigi o’tish ilgari mavjud bo’lgan sotsialistik ishlab
chiqarishning qator g’oya va tushunchalaridan qat’iylik bilan voz kechishni talab
qiladi. Endigi sharoitda mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirish va shu
asosda erkin raqobat muhiti va ko’p qatlamli tashqiot tizimini joriy etish katta
aqamiyatga ega. Xususiylashtirish va mulkchilikning nodavlat shakllarini
rivojlantirish ko’proq va ildamroq qishloq xo’jaligida amalga oshiriladiki, bu ham
bo’lsa mamlakatimiz iqtisodini bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos
xususiyatini ifodalab beradi. .
60
Bozor munosabatlariga o’tish davrida sanoatning ijtimoiy tashqi etish
shakllarida sezilarli o’zgarishlar bo’lishi aniq. Jumladan, kontsentratsiya
(mujassamlashuv) hozirgi sharoitda keskin o’zgaradi. Bunday o’zgarish bevosita
yoki sofholdagi ishlab chiqarish mujassamlashuviga ham, shuningdek, uning
hududiy shakliga ham taalluqlidir.
O’tish davrida ixtisoslashuv ham o’zgacha kechadi. Bunda avvalgi tor
ixtisoslashuv, «monopoliya»ga, yakka hokimlikka barham beriladi, detal (qism) va
texnologik ixtisoslashuv kamayib, predmet ixtisoslashuv rivojlanib boradi. Demak,
o’tish davrida hududiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqar sh kuchlarini joylashtirish
printsiplari ham o’zgaradi, eng muhimi –qaer nimani ishlab chiqarishi, nimaga
ixtisoslashuvi bozor, talab bilan bog’liq bo’lib qoladi.
Ixtisoslashuv rayon iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchidir, u ochiq,
erkin iqtisodiyotning vujudga kelishida eng asosiy omildir. Darhaqiqat, ixtisosla
shgan sohalar orqaligina korxonalar, viloyat va mamlakatlar o’zaro munasabat
qiladilar. Bu mamlakat ichida geo tashqi xavfsizlikni ta’minlashga olib keladi, jahon
bozorida esa uning mavqeyini ifodalaydi.
Ixtisoslashuv hamkorlik, kooperatsiya bilan chambarchas bog’liq. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, o’tish davri iqtisodiyotida mamlakatlararo, xususan sobiq
ittifoqdosh respublikalar orasidagi kooperatsiya ancha buzildi. Mamlakat ichida
dastlabki paytlarda har bir korxona, shahar yoki viloyat xo’jaligi ham mustaqil
bo’lishga uringanligi tufayli ular o’rtasidagi hamkorlik ham biroz qisqarishi mumkin.
Ishlab chiqarishda detal va texnologik ixtisoslashuvning vaqtincha kamayishi,
kooperatsiya jarayonining qisqarishi o’z navbatida kombinatla shuvning
rivojlantirishni taqozo etadi. Chindan ham hozirgi sharoitda har qanday yiriklikdagi
korxona yoki tashqiot «universal» bo’lishga harakat qilmoqda.
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida
vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlami baholash va bashorat qilish hamda
ularning oldini olish muammolari bilan shug'ullanadi
.
Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos
bo'lib xizmat qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini
joylashtirishda, gidrotexnik inshootlarni (kanallar, to'g'onlar, suv omborlari va h.k.),
yo'llarni loyihalashda, foydali qazilma konlarini qidirishda olib boriladi.
Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik tadqiqotlar ikki bosqichda
o'tkaziladi.
Yo'l qurilshini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar, asosan relyefning
tahliliga yo'naltirilgan bo'ladi. Chunki ko'p hollarda loyihalanayotgan yo'lning
yo'nalishini, uzunligini, kengligini, arzon-qimmatligini relyef sharoiti belgilab
beradi. shuning uchun yo'llarni loyihalashda relyefning qulayligi, qanday tog'
jinslaridan tashqi topganligi, mutlaq balandligi birinchi navbatda tahil qilinadi.
Avtomobil yo'llarining qiyaligi 12—15° dan oshmasligi lozim.
Baland va qiyaligi yuqori bo'lgan joylarda yo'llar yer osti tunnellari orqali
o'tkaziladi. Masalan, To shkent — Andijon avtomobil yo'lining Kamchiq dovonida
uzunligi 2,5 km tunnel qazilgan bundan. tashqari, yo'llarni loyihalashda surilmalar,
sellar, qorko'chkilari, daryo toshqinlari ham hisobga olinadi.
Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muhandis-geografik tadqiqotlar
61
ikki yo'nalislida olib boriladi. Birinchi yo'nalishda kon joylashgan hududning tabiiy
va iqtisodiy-geografik sharoiti o'rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo'nalishda foydali
qazilma konini qazib olish jarayonida atrof-muhitda ro'y beradigan o'zgarishlar
bashorat qilinadi (relyef, tuproq, o'simlik, iqlim, ichki suvlari, qishloq xo'jaligi,
sanoati, transporti, aholisi va h.k.).
Eslab qoling!
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida
vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda
ularning oldini olish muammolari bilan shug'ullanadi.
Tabiiy geografik jarayonlar deb, tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida sodir
bo'ladigan jarayonlarga aytiladi.
Amaliy landshaftshunoslikning tub mohiyatii xalq ho`jaligining turli hil amaliy
maqsadlarini xal etishda landshaft haqidagi ta`limotning nazariy tamoyillari va
usullaridan foydalanish va tatbiq etishdan iboratdir.
Landshaftshunoslikning amaliy jixatlaridan biri, asosan xalq ho`jaligining u yoki
bu tarmogi talablaridan kelib chiqqan holda landshaftlarni ta`riflovchi turli
ma`lumotlar bilan ta`minlab turishdir. Masalan, landshaft haritalari tabiiy geografik
rivojlantirish natijalari landshaftlarning batafsil ta`rifi va xakozolar kiradi.
Landshaftlarga ta`luqli ma`lumotlarni amaliyotga tadbiq qilishning yana bir turi
landshaftlarni xalq ho`jaligining ma`lum tarmoqlari maqsadlarida baholash bo`lishi
mumkin. U ayniqsa qishloq ho`jaligi maqsadlarida yo’l qurilishi, shahar qurilishi
sogliqni saqlash yoki rekreatsiya maqsadlarida qilingan ishlarda yaqqol ko’zga
tashlanadi.
Landshaftlarga taaluqli ma`lumotlarni amaliyotga tadbiq qilish jarayonida
landshaftlarning ma`lum bir maqsadni kuzlagan holda guruxlarga birlashtirish ya`ni
landshaft turlarini aniqlash zaruriyati tugiladi. Ularni xalq ho`jaligining u yoki bu
tarmogini rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan xolda inson tomonidan amalga
oshiriladigan tadbir (inshoot qurilish, melioratsiya, agrotexnika va xokazo) larga
qanday reaktsiya berishiga qarab ayrim guruxlarga birlashtirish landshaftlarni amaliy
jixatidan baholanishni osonlashtiradi. Yana bir narsani ta`kidlab quymoq kerakki
zalvorli ilmiy nazariy landshaft tadqiqotlarning natijalari joylar amaliy jixatidan
baholash zarur asos bo`lishi bilan bir qatorda har doim ham ma`lum maqsad uchun
zarur bo’lgan ma`lumotlarni beravermaydi. Bunday holda qo’ shimcha tarzda
tadqiqotlar dalada o`rganish ishlari o’tkazishga tugri keladi
A.G. Isachenko 1991 tabiiy muhitni muvofiqlashtirish maqsadlarida
bajariladigan landshaft tadqiqotlarning ikki qismdan iborat deb kursatadi.
1.Tadqiqotlarning zalvorli qismi geotizmlarning strukturasi va xayotiy
faoliyatiga bo’ladigan inson ta`sirini har tomonlama tahlil qilish sanaladi.
2.Amaliy qismi esa geotizmlarni muxofaza qilish, yahshilash va oqilona
foydalanish bo’yicha amaliy masalalarni echishda zarvorli tadqiqotlardan olingan
ma`lumotlarni qullay bilishdir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari qanday?
2. Amaliy geografiyada tadqiqod usullarini gapiring?
3. Amaliy geografiyaning ahamiyati qanday?
62
4. Amaliy geografik tadqiqotlarining ahamiyati ?
5.Sanoat korxonalarini joylashtirishda amaliy geografiyaning o’rni?.
6.Injener-geografik va gidrogeologik izlanishlar usullariga baho bering?.
7.Landshaft arxitekturasi xaqida gapiring?.
Dostları ilə paylaş: |