Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

 

Tayanch so’z va iboralar:  geoiqtisod,  mamlakat,  rayon,  jamiyat  taraqqiyoti,     

an’anaviy iqtisodiy geografiya, makon, shtandort nazariyasi, ishlab chiqarish 

kuchlarining joylashuvi, ishlab chiqarish kuchlari, sub’ekti, iqtisodiy kategoriya, 

ijtimoiy hayot, xudud, xususiyat, majmua,   

 

 

 



Jamiyat rivoji bilan uni o’rganuvchi fanlarning tadqiqot ob’ekti ham 

murakkablashib va takomillashib boradi. Bu tabiiy va o’z-o’zicha qonuniy holdir. 

Jumladan, iqtisodiy geografiyaning ob’ekti avvallari ma’lum bir mamlakat yoki 

rayonning xo’jalik va aholisi, ishlab chiqarish kuchlarining joylanishidan iborat 

bo’lgan bo’lsa, keyinchalik u xo’jalik va aholining xududiy tarkibi yoki tizimi, 

hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar (komplekslar) shaklini oldi. Shunga muvofiq 

ushbu fanning vazifasi ham o’zgarib bordi. Chunonchi, ilgari asosiy e’tibor qaerda 

nima borligini o’rganishga qaratilgan bo’lsa, hozirgi kunda esa nima uchun u yoki bu 

voqelik aynan shu joyda vujudga kelganligini ilmiy asosda izoxlab va baholab 

berilishi talab, qilinadi. Bunday qonuniyatlarni chuqur anglash fanning amaliy 

(konstruktiv) ahamiyatini yanada oshiradi. Chunki, u endi turli yiriklikdagi hududiy 

ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning taxlilidan ularning tashhisiga, undan esa bashorat va 

boshqarish darajasiga ko’tarilmoqda. 

Geografiya fani ikki asosiy qismga bo’linadi: tabiiy geografiya va inson 

geografiyasi. Bu ikki qism o’xshash bo’lib, ikkalasi ham fazoviy manzaradan 

(ko’rinish) foydalanadi hamda ikkalasi ham hududni o’rganish va bir hududni 

boshqasi bilan solishtirishni o’rganadi.

1 

"Iqtisodiy geografiya" tushunchasi M.V. Lomonosov tomonidan 1760 yildan 

ishlatila  boshlagan bo’lsada,  iqtisodiy geografik tasavvurlar  insoniyatning 

o’zlashtiruvchi  tashqiot bosqichidan boshlangan. Birinchi yirik ijtimoiy mehnat 

taqsimoti dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, hamda uning ishlab 

chiqaruvchi  tashqiotga o’tishi, sug’orma dehqonchilikning "Buyuk" tarixiy daryolar 

va O’rta Dengiz sohili bo’ylarida yuzaga kelishi, ikkinchi yirik ijtimoiy mehnat 

                                         

1

 (World Regional Geography, 5 page). 




 

taqsimoti hunarmandchilikning rivojlantirish, shaharlarning va savdo sotiqning 



taraqqiyoti iqtisodiy geografik bilimlarga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi va 

iqtisodiy geografik tasavvurlar doirasi kengaydi. Mulkchilik munosabatlarining 

yuzaga kelishi, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari, fan, madaniyat, 

arxitekturaning rivojlantirish, qadimgi davlatlarning shakllanishi va rivojlantirish, 

boshqaruv shakllarining (monarxiya va demokratiya) yuzaga kelishi iqtisodiy 

geografiyani fan sifatida shakllanishi uchun shart-sharoitlarni hozirladi. 

XVI asr va XVII asrning birinchi yarmida texnika taraqqiyoti (Evropa) 

sanoatining rivojlantirishga, transport va savdoga kuchli ta’sir qildi. 

XVII asr o’rtalaridan boshlab fabrika-zavod ishlab chiqarishning bosh sohaga 

aylanishi (Evropada), AQSH (1776), Angliya mamlakatlarining jahon  tashqiotida 

muhim o’rin tutishi, milliy xo’jalik tizimlarining baynalminallashuvi va geografik 

mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning oqilona joylashtirish 

(I.Tyunen) nazariyalarini yuzaga keltiradi. 

XIX asrning 70-yillari va XX asr (1913 yil) boshlariga qadar bo’lgan 

bosqichda yirik sanoat, zamonaviy transport va xalqaro bozor jahon xo’jaligining   

shakllanishi  va  rivojlantirishga  olib  keladi.  Bu  bosqichda  sanoatni  oqilona   

joylashtirish-shtandort nazariyalarini yuzaga kelishi (A.Veber) iqtisodiy geografiyani 

fan sifatida shakllantirdi. 

XX asrning 50-yillarining o’rtalaridan boshlangan ilmiy-texnika inqilobi (ITI) 

tabiyat va jamiyat (T-H) o’rtasidagi munosabatlarni kengaytirdi va chuqurlashtirib 

yubordi, ishlab chiqarish tizimlarida ya xalqaro iqtisodiy munosibatlarda muhim sifat 

o’zgarishlari uchun yo’l ochdi. 

"Ijtimoiy va iqtisodiy geografiya" fani ko’plab fanlar bilan uzviy aloqada 

bo’lsada, bu fanlar bilan qo’shilib ketmaydi va mustaqil fan bo’lib jamiyatni xududiy  

tashqi etish va boshqarishni majmuali o’rganishi bilan ajralib turadi. "Iqtisodiy va 

sotsial geografiya" predmetining asosini ishlab chiqarish kuchlarining turli darajadagi 

tarmoq, tarmoqlararo va xududiy shakllanishi, rivojlantirish, yuritilishi va 

boshqarilishini takomillashtirishdan iborat jarayonlar  tashqi qiladi. Bu jarayonlar 

nihoyatda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va muammolarni o’z ichiga oladi: 

tabiiy muhit va tabiiy resurslar majmuasi, aholining demografik xususiyatlari va 

joylashish tizimlari-kichik qishloqdan (ovul)-to urbanizatsiyaning eng rivojlangan 

shakllariga (megapolis) qadar jarayonlar, moddiy ishlab chiqarishning yetakchi 

sohasi sanoat va uning tabaqalashgan tog’-kon, yoqilj’i-energetika, metallurgiya 

(qora va rangli), mashinasozlik, kimyo, o’rmon-sellyuloza, yengil, oziq-ovqat sanoati 

tarmoqlari, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish majmuasi (ziroatchilik va chorvachilik), 

transport tizimi va uning mamlakat, mintaqaviy, xalqaro mehnat taqsimotidagi 

integratsion hamda aholi xo’jaligi tarmoqlarini (mahalliy, mintaqaviy, xalqaro) 

xududiy  tashqi qilish va ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog’liq rivojlantirish, 

takomillashtirish va istiqbolli, mintaqaviy va umumbashariy muammolardan iborat. 

"Iqtisodiy va sotsial geografiya" fani na faqat ishlab chiqarish kuchlarining 

tarmoq va xududiy joylashtirish jarayonini o’rganibgina qolmay, balki jamiyatning 

xududiy  tashqi etishni takomillashtirish va boshqarish to’g’risidagi fan sifatida ham 

muhim o’rin tutmoqda. 



 

Har qanday fanning predmeti ta’rifi uning asosiy tamoyillarini o’zida aks 



ettirishi  shart.  Geografiya  fanining  tamoyillari:  birinchidan,  hududiylik 

geografiyaning xududiy munosabatlarisiz, makon tushunchasiz tasavvur qilib 

bo’lmaydi. Ammo shu bilan birga xududga o’ziga xos borlik sifatida turlicha 

yondashiladi.    Misol:    muxandislik    (yersozlik) hamda rayon planirovkasida   

ko’proq xududiy  tashqi etishga e’tibor buriladi. 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin