ne’matlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalari hamda ana shu
ishlab chiqarish vositalarini muayyan ishlab chiqarish tajribasi bilim va mahoratlari
insonlardir. Insonlar ishlab chiqarishning moddiy-texnik asosini, fan va texnika
5
chiqarish qurollari (mashinalar, dastgohlar, asboblar va boshqa) ham ishlab chiqarish
kuchlarining o’zgarishi avvalo ishlab chiqarish qurollarining o’zgarishidan
boshlanadi.
Tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqadorlik va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni
tadqiq qilish g’oyat murakkab jarayondir. "Iqtisodiy va sotsial geografiya" fani
tadqiqotlarida quyidagi usullardan:
a) tarmoqlar bo’yicha (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo’jaligining alohida
tarmoqlarini, shuningdek, jahon xo’jaligining tarmoq tarkibini):
b) rayonlar bo’yicha: (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo’jalik majmuasini):
v) mahalliy (lokal). ya’ni alohida olingan sanoat korxonasini, firmalar faoliyatini,
aholi qo’rg’onlari, dehqon-fermer va uy xo’jaliklari, assotsiatsiyalar va boshqa
korxonalar xo’jalik faoliyatini tadqiq qilishda keng foydalaniladi.
Tadqiqot usullari bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi:
-tadqiqot muammosini shakllantirish;
-ilmiy farazni shakllantirish, ya’ni tadqiqotni amalga oshirish uchun
ma’lumotlar qanday usulda, qanday qilib to’planadi, shuni aniqlashitirib olish;
-ma’lumotlar to’plash;
-to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash;
-xulosalash kabilar.
2
Iqtisodiy va sotsial geografiya fanida tarmoqlar bo’yicha tadqiqot usullari
muhim o’rin tutadi. Bu usul orqali jahon xo’jaligi, iqtisodiy rayon va mamlakat
bo’yicha tashqiot tarmoqlarining rivojlantirish va joylashishi xususiyatlari,
tarmoqning iqtisodiy rayon va mamlakat xo’jalik ixtisoslashuvida tutgan o’rni,
istiqbolda rivojlantirish hamda iqtisodiy rayonlarning shakllanishidagi o’rni tadqiq
qilinadi;-rayonlar bo’yicha- ya’ni rayon - mamlakat xo’jalik majmuasini, mavjud
tabiiy sharoit, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy resurslar hamda ilmiy-texnika inqilobi
yutuqlari asosida samarali xududiy ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish va
shakllantirish tadqiq qilinadi. Shuningdek, rayon va mamlakat bo’yicha majmuali
tadqiqotda rayon va mamlakat hududida rivojlanayotgan shakllari, hududiy ishlab
chiqarish majmualari va agrosanoat majmualari, vertikal va gorizontal ishlab
chiqarish aloqalari hamda energiya ishlab chiqarish bosqichlari (sikllari) o’rganiladi;
Dostları ilə paylaş: