Beshinchidan, demotsentrizm tamoyili yoki antropotsentrizmdir - Ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirishda, ilmiy-texnika taraqqiyoti va boshqalarda inson
omili muhim o’rin tutadi. Shunday qilib bu tamoyillar iqtisodiy va sotsial
geografiyaning mustaqilligini yanada mustahkamlaydi.
Aytish joizki, mazkur fanning muayyan bir barqaror, barchani
qanoatlantiruvchi ta’rifi mavjud emas. Bunga sabab-geografiya fanining keng
qamrovli, ob’ekt va nomining davr mobaynida o’zgarib turishi bo’lishi mumkin. Shu
bilan birga iqtisodiy geografiya ta’riflarining ko’pchiligida ishlab chiqarish kuchlari,
ularning joylashish xususiyatlari ta’kidlanadi. Bular ushbu fanning o’zak
tushunchasiga, aksiomasiga aylanib qolgan.
Dostları ilə paylaş: |