Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini ta’minlash usullari



Yüklə 298,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü298,34 Kb.
#41288
  1   2   3   4
axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini taminlash usullari



 

Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti 



Abduqodirova Dilfuza Zikrillayevna 

 

Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini ta’minlash 



usullari 

 

Tez  rivojlanib  borayotgan  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  bizning 



kundalik  hayotimizning  barcha  jabhalariga  sezilarli  o„zgarishlarni  olib  kirmoqda. 

Hozirda  “axborot  tushunchasi”  sotib  olish,  sotish,  biror  boshqa  tovarga 

almashtirish  mumkin  bo„lgan  maxsus  tovar  belgisi  sifatida  tez-tez  ishlatilmoqda. 

Shu bilan birga axborotning bahosi ko„p hollarda uning o„zi joylashgan kompyuter 

tizimining  bahosida  bir  necha  yuz  va  ming  barobarga  oshib  ketmoqda.  Shuning 

uchun  tamomila  tabiiy  holda  axborotni  unga  ruxsat  etilmagan  holda  kirishdan, 

qasddan  o„zgartirishdan,  uni  o„g„irlashdan,  yo„qotishdan  va  boshqa  jinoiy 

harakatlardan  himoya  qilishga  kuchli  zarurat  tug„iladi.  Ammo,  jamiyatning 

avtomatlashtirishni  yuqori  darajasiga  intilishi  uni  foydalaniladigan  axborot 

texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog„liq qilib qo„yadi. 

Axborotning  muhimlik  darajasi  qadim  zamonlardan  ma‟lum.  Shuning  uchun 

ham  qadimda  axborotni  himoyalash  uchun  turli  xil  usullar  qo„llanilgan.  Ulardan 

biri  –  sirli  yozuvdir.    Undagi  xabarni  xabar  yuborilgan  manzil  egasidan  boshqa 

shaxs  o„qish  imkoniga  ega  bo„lmagan.  Asrlar  davomida  bu  san‟at  –  sirli  yozuv 

jamiyatning  yuqori  tabaqalari,  davlatning  elchixona  rezidensiyalari  va  razvedka 

missiyalaridan tashqariga chiqmagan.  Faqat bir necha o„n yil oldin hamma narsa 

tubdan  o„zgardi,  ya‟ni  axborot  o„z  qiymatiga  ega  bo„ldi  va  keng  tarqaladigan 

mahsulotga  aylandi.  Uni  endilikda  ishlab  chiqaradilar,  saqlaydilar,  uzatadilar, 

sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o„g„irlaydilar, buzib talqin etadilar 

va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug„iladi. 

 

Axborotni himoya qilish deganda: 



Axborotning  jismoniy  butunligini  ta‟minlash,  shu  bilan  birga  axborot 

elementlarining buzilishi yoki yo„q qilinishiga yo„l qo„ymaslik; 

Axborotning 

butunligini 

saqlab 

qolgan 


holda, 

uni 


elementlarini 

qalbakilashtirishga (o„zgartirishga) yo„l qo„ymaslik; 

Axborotni  tegishli huquqlarga  ega bo„lmagan  shaxslar  yoki  jarayonlar orqali 

tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo„l qo„ymaslik; 

Egasi  tomonidan  berilayotgan  (sotilayotgan)  axborot  va  resurslar  faqat 

tomonlar o„rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo„llanilishiga ishonish kabilar 

tushuniladi. 

 


Yüklə 298,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin