Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi


 “Xamsa” asarining yaratilish va xamsachilik an’analari haqida



Yüklə 304,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix02.01.2022
ölçüsü304,56 Kb.
#41466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

1.3. “Xamsa” asarining yaratilish va xamsachilik an’analari haqida. Ulug‘ 

Navoiyning “Xamsa” yozish istagi bu yo‘ldagi  zahmatli mehnati shoirning 

o‘zidan ilgari o‘tgan ustozlariga bo‘lgan muhabbati, ayniqsa, xamsachilikdagi 

iste’dodiga oid ilmiy talqinlar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining  akademigi 

B.Valixo‘jayevning ilmiy – nazariy xulosalarida o‘zining yorqin ifodasini topa 

olgan. Olim buyuk shoirning dohiyona ruhiy olami, zabardastligi, tengsiz iste’dodi 

haqida fikr yuritar ekan quyidagilarni bayon etadi: “Saddi Iskandariy” dostonida 

shunday yozadi: 

 

 



G‘arazkim chu nazm o‘ldi tuhmat menga, 

 

G‘azal tarzig‘a avval aylab sitez, 



 

 

Jahon ichra soldim ulug‘ rastoxez… 



                                                 

10

 Ўзбек  адабиёти  тарихи. II том. – Т.: “Фан”, 1978, 47-64-б. 



 


 

27 


 

 

 



Har asnofi zikri emas sha’nima, 

 

 



Bilur har kishi boqsa devonima. 

 

 



Vale qone o‘lmay ushoq ishga hech, 

 

 



Dimog‘imda erdi ulug‘ pech- pech. 

 

 



Ne maydon aro sursam erdi samand, 

 

 



Havosin ko‘ngul qilmas erdi pisand. 

 

 



Xayolimda kishvarsitonlig‘ kirib, 

 

 



Mamolikda sohibqironlik kirib. 

 

 



Bu andeshadin erdi ko‘nglumda shayn    

 

 



Ki bo‘ldi ko‘ngul moyili xamsatayn… 

Bu buyuk shoir masnaviy janrida “Xamsa” yaratar ekan, uning mas’uliyatini 

chuqur his etadi, buyuk Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviylarning 

xamsachilikdagi iste’dod va san’atlariga qoyil qolganligini tan oladi. Shu bilan 

birga o‘zining bilim, kuchi, san’atini sinab ko‘rishni ham maqsad qilib qo‘yadi: 

 

 



Emas oson bu maydon ichra turmoq, 

 

 



Nizomiy panjasiga panja urmoq… 

 

 



Kerak sher oldida ham sher jangi 

 

 



Agar sher bo‘lmasa, bore palange. 

Alisher Navoiyning “Xamsa”si buyuk beshlik tarzida shuhrat qozongan bo‘lib, 

uning maydonga kelishi ham mavjud an’ana hamda zamonadagi badiiy – estetik 

talablar natijasi sifatida qaraladi. Ma’lumki, xamsa yozish an’anasi islomiy 

svilizatsiya tarqalgan o‘lkalardagi uyg‘onish davri mahsulidir. Xamsa deb 

ataluvchi asarlarning maydonga kelishigacha, ya’ni XII asrgacha bo‘lgan davrda 

turkum qissa va dostonlardan iborat “Kalila va Dimna”, “Sindbodnoma”(Rudakiy), 

“Shohnoma”(Firdavsiy), “Qutadg‘u bilig”(Yusuf Xos Hojib) kabi forsiy va turkiy 

tillarda bitilgan turkum asarlar mavjud edi. Eslatilgan asarlarning ayrimlari bir 

syujetli (“Qutadg‘u bilig”) bo‘lsa, boshqalar ko‘p syujetli (“Kalila va Dimna”, 

“Shohnoma”) asarlaridir. Xuddi ana shu davrda xamsa o‘ziga xos xususiyatlarga 

ega bo‘lgan badiiy janr sifatida shakllandi. Shuning natijasida u ham bir syujetli, 

ham ko‘p syujetli hamda syujetsiz – maqolotlardan iborat asarlardan tashkil topdi, 



 

28 


 

ya’ni qurilish jihatidan ko‘pqirrali janr bo‘ldi. Uning asosiy mavzusi ham 

insonning ko‘pqirrali faoliyatini badiiy obrazlar misolida aks ettirishdan iboratdir.

 

Alisher Navoiy , Nizomiy va Xusrav Dehlaviy  xamsalarining o‘ziga xosliklari 



hamda ularning forsiy tilda ekanini ta’kidlab, bir tomondan, o‘zigacha mavjud 

bo‘lgan xamsa yozish an’anasini takmillash, kamolot bosqichiga ko‘tarish va 

ikkinchi tomondan esa ana shunday nodir kashfiyot bilan turkiy xalqlarni 

bahramand etishni o‘z oldiga maqsad qilib, ularni sharaf bilan uddalagani haqida 

haqli ravishda shunday yozadi: 

 

 



Kim bu yil ichraki alar soldi gom, 

 

 



Bir necha gom o‘lsa manga ham xirom. 

 

 



Forsi chu bo‘ldi alarg‘a ado, 

 

 



Turki ila qilsam ani ibtido. 

 

 



Forsi el topti  chu xursandliq, 

 

 



Turk dag`i topsa barumandlik. 

 

 



Manga “Xamsa” takmili bir yon edi, 

 

 



Bu maqsud tahsili bir yon edi. 

 

 



Ne til birla dey shukur ma’buduma, 

 

 



Ki yetkurdi oxir bu maqsuduma. 

 

Darhaqiqat, Alisher Navoiyning “Xamsa”si, —deb yozadi S. Ayniy,—Sharq 



mumtoz adabiyotining eng go‘zal namunalaridan biridir. Mashhur adib va olim 

Oybek esa shunday yozgan edi:”Navoiyning gigant  mehnatining mahsuli  bo‘lgan 

ajoyib kitob — “Xamsa” o‘z zamonasiga qadar inson fikriy taroqqiyotining juda 

asl, juda qimmatli quymalarini o‘zida to‘plagan xazinadir”. 

 

Alisher Navoiy “Xamsa” yozishga 1483-yilda kirishib, uni 1484-yilning sentabr 



oylarida tugatgan bo‘lsada, ammo unga sarf qilingan vaqt, ya’ni bevosita yozishga 

sarf qilingan muddat olti oydan iborat bo‘lgan. Alisher Navoiyning “Xamsa”si 

quyidagi dostonlardan iborat: “Hayrat ul-abror” (1483-yil), “Farhod va Shirin”, 

“Layli va Majnun”, “Sab`ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” (1484-yil). 

 

Bu dostonlar xamsa janri talablari asosida o‘zaro bog‘liq yaxlit tukumni tashkil 



etadi. Shuning uchun uning birinchi dostoni (“Hayrat ul-abror”) fikriy – nazariy  


 

29 


 

qurilmaga asoslangan bo‘lsa, boshqalari ana shu dostondagi fikriy – nazariy 

dasturni badiiy timsollarda ifoda etadigan dostonlardir. Shu jihatdan “Xamsa”ning 

birinchi dostoni bo‘lgan “Hayrat ul- abror” (“Yaxshilarning hayratlanishi”) butun 

turkumning fikriy – nazariy dasturi sifatida badiiy timsol saruzashti qurilmasiga 

emas, balki fikriy – nazariy masalalarning bayoni – maqolot hamda ularni 

tasdiqlaydigan kichik hikoya va masalalardan tashkil topgan qurilmaga asoslangan 

“Hayrat ul-abror”ning nomlanishi va yozilish yili haqida Alisher Navoiy shunday 

yozadi: 

 

 



Hayrati abror ko‘rub zotini, 

 

 



“Hayrat ul-abror” dedim otini. 

 

 



Nuktai tarixiki, ahsan edi, 

 

 



Sekkizu Sekkiz yuzu seksan edi. 

Ya’ni asarni o‘qigan yaxshi odamlarning hayratda qolganligini e’tiborga olib, 

dostonni “Hayrat ul-abror” – “Yaxshilarning hayratlanishi”deb atadim. Uning 

yozilgan yili tarixi esa 888 hijriy – 1483 melodiy yil edi. “Hayrat ul- abror”ning  

maqolotlarida insonning komillikka erishuvi uchun zarur bo‘lgan ma’naviy – 

ma’rifiy omillar ham keng tarzda qalamga olingan. Jumladan, odob va hayoni 

insonning eng ajoyib ma’naviy fazilatlaridan deb biladi: 

 

 



Elga sharaf bo‘lmadi johu nasab, 

 

 



Lek sharaf keldi hayovu adab. 

 

 



Chunki yog‘in manbai o‘ldi hayo, 

 

 



Qatrasi tuprog‘ni qilur kimyo. 

 

 



Bo‘lmas adabsiz kishilar arjmand, 

 

 



Past etar ul xaylni charxi baland.  

Odoblilikning shartlari sifatida ota-ona hurmatini joyiga qo‘yish, katta-kichikka 

shavfqatli, mehribon bo‘lish, xizmat lavozimini adolat va insof ila ado etish kabilar 

ham belgilangan

11

 . 


                                                 

11

 Валихўжаев Б. Мумтоз сиймолар. I жилд,.-T.: “Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси”  нашриёти, 2002, 



133-141-б. 

 



 

30 


 

 

Alisher Navoiy mavzuga doir ko‘pina tarixlarni ko‘zdan kechirgan. Shunisi 



ham borki, bu tarixlar faqat yozma manbalardan iboratmi yoki  xalq og‘zaki 

ijodidagi shu mavzuga oid tarix—rivoyatlarni qamrab oladimi yo‘qmi, bu haqida 

aniq aytilmagan. Buni eslatishdan maqsad shuki, Farhod, Shirin haqidagi qissa 

faqat yozma manbalarda, dostonlardagina emas, balki xalq og‘zaki ijodida ham X-

XI asrlardan boshlab ko‘zga tashlanadi.  

 

Darhaqiqat, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”i undan oldin shu mavzuda 



yozilgan dostonlardan, xususan, Nizomiy va Xusrav Dehlaviy talqinidagi 

dostonlardan tubdan farq qiladi. Bu farq eng avvalo,ustozlar tomonidan qalamga 

olingan Farhod obrazining butun bir dostonning bosh qahramoni sifatida talqin 

qilinishida, Farhodni yaxlit bir ideal obraz ─ komil inson darajasida tasvirlanishida 

ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Bu jarayonda Alisher Navoiyning dostonda 

Farhodning ishqu muhabbatidagi “so‘zu dard” ─ kuyish va dardlarga alohida 

e’tibor berganini uqtirish lozim. Bu haqda Alisher Navoiy shunday yozadi: 

 

 



Bo‘lurdin dahr bo‘stonida mavjud, 

 

 



Emasdur g‘ayri so‘zu dard maqsud. 

 

 



Ki ishq ahlidin o‘lg‘ay dostoni, 

 

 



Muhabbat xaylidin qolgay nishone. 

Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni o‘zbek dostonchiligi tarixida 

alohida mavqega ega bo‘lgan badiiy yodgorliklardan bo‘lib, unda ulug‘ shoirning 

komil inson haqidagi konsepsiyasi o‘zining badiiy ifodasini topgan. Shuning uchun 

u juda ko‘p tillarga, jumladan, tojik, turk, rus, gruzin hamda yevropa xalqlari 

tillariga tarjima qilingan. 

 

Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi uchinchi doston “Layli va Majnun”dir. Bu 



doston 1484-yilda hazaji musaddas bahrida yozilgan. Bu mavzu arab xalqi orasida 

maydonga kelib, keyinchalik islom sivilizatsiyasi tarqalgan o‘lkalarda eng mashhur 

qissqalardan biri bo‘lib qoldi. Olimlarning tekshirishlari shundan dalolat beradiki, 

avvalida arablarning bani Omir qabilasiga mansub Qays va uning segilisi haqidagi 

qissa maydonga kelib, bu qissa ibn Qutayba, al-Johiz, Abulfaraj kabi olimlarning 

“Kitobush-she’r va sh-shuaro”, “Kitob ul-og‘oni” nomli asarlarida hamda 




 

31 


 

ummaviylar davridagi shoirlar she’rlarida tilga olingan. Keyinchalik esa u islom 

madaniyati tarqalgan g‘ayri arab o‘lkalarida to‘laqonli badiiy asarlarning 

yaratilishiga sabab bo‘lgan. Ana shunday shoirlardan mashhuri Nizomiy 

Ganjaviydir. Undan keyin Xusrav Dehlaviy, Ashraf, Abdurahmon Jomiy, Shayxim 

Suhayliylar ham bu mavzuda go‘zal asarlar yozganlar. Alisher Navoiy o‘zining 

“Layli va Majnun”ini yozayotganda eslatilgan va boshqa asarlardan xabardor edi. 

Bas shunday ekan, Sharqda mashhur bo‘lgan bu mavzuga Alisher Navoiyning yana 

murojaat qilishiga bois nima edi, degan savolning tug‘ilishi tabiiy, albatta. 

 

Bizningcha, avvalo, Alisher Navoiyning o‘z e’tiroflaridan kelib chiqib, bu 



savollarga javob topish mumkin. Alisher Navoiy o‘zigacha yozilgan 

“Xamsa”larning fors tilida ekanligini uqtirib, o‘z “Xamsa”sini o‘zbek tilida 

yozishga kirishgan. Demakki, “Xamsa” tarkibiga kiruvchi “Layli va Majnun” 

haqidagi qissani ham o‘zbek tilida yozgan. 

 

 

Men turkcha boshlabon rivoyat, 



 

 

Qildim bu fasonani hikoyat. 



 

 

Kim shuhrati chun jahonga to‘lg‘ay, 



 

 

Turk elig‘a dog‘i bahra bo‘lg‘ay. 



Respublikamiz mustaqillikka erishgach, umuman merosga, jumladan, Alisher 

Navoiyning “Layli va Majnun”iga ham istiqlol g‘oyasi talablari asosida 

yondashish, uni tahlil qilishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda. Masalan, 

adabiyotshunos N.Komilovning “Tasavvuf” (T.: “Yozuvchi”, 1996) deb 

nomlangan birinchi kitobining “Ishq otashining samandari” bobi Alisher Navoiy 

“Layli va Majnun”iga bag‘ishlangan. Unda dostondagi  ishqni “ishqi haqiqiy” 

tarzida tushunishga moyillik ko‘proqdir. 

 

Alisher Navoiy “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni “Sab`ai sayyor” (yeti 



kezuvchi, sayr qiluvchi) deb ataladi. Asarning bunday nomlanishi sababini shoir 

shunday izohlaydi: 

 

 

Lutf bu nazm aro bag‘oyatdur, 



 

 

G‘araz ammo yeti hikoyatdur. 



 

 

Chunki qoyil yeti musofir edi, 




 

32 


 

 

 



Ki alar sayr ishiga mohir edi. 

 

 



Bo‘ldi chun bu raqam ishi tayyor, 

 

 



Qo‘ydum otini “Sab`ai sayyor”. 

Shoir aytmoqchiki, bu dostonda lutf – ko‘pqirrali ma’no va mazmun ko‘pdir, 

ammo asosiy maqsad undagi yetti hikoyatdir. Chunki hikoyalarni aytuvchilar sayru 

sayohat ishiga mohir bo‘lgan yetti musofirdir. Shuning uchun doston yozilgach, 

unga “Sab`ai sayyor” ─ yetti kezuvchi, sayr qiluvchi musofir deb ot qo‘yildi. 

Alisher Navoiyning “Sab`ai sayyor” dostoni hijriy 889-yilning  jumodiyussoniy 

oyida, melodiy 1484-yilning iyun oyida yozib tugatilgan: 

 

 



Garchi tarixi erdi sekiz yuz, 

 

 



Sekson o‘tmish edi yana to‘qquz. 

 

 



Oyi oning jumodiyussoniy, 

 

 



Varaqu satrin aylabon ta’yin, 

 

 



Baytini besh ming ayladim taxmin. 

Shunisi ham borki, doston to‘rt oyda, ya’ni 1484-yilning mart – iyun oylari oxirida 

yozilgan bo‘lsa-da, ammo boshqa ishlar bilan band bo‘lmaganda, uni to‘rt hafta – 

bir oyda yozish ham mumkin edi, deydi shoir: 

 

 

Menga ayyomi garchi yod emas, 



 

 

Lek to‘rt oydin ziyod emas. 



 

 

Bo‘lmas o‘zga umurdin emin, 



 

 

Bor edi to‘rt  hafta  ham mumkin. 



5000 baytdan iborat bo‘lgan asarning shu muddat ichida yaratilishi shoirning 

qaynoq buloqdek ijodiy ilhomi jarayonini anglash va tasavvur etishga imkon 

beradi. 

 

“Saddi Iskandariy” “Xamsa”ning beshinchi yakunlovchi dostoni bo‘lib, u 1484-



yilning ikkinchi yarmida (taxminan sentabr – oktabr oylarida) yozib tugatilgan. Bu 

holni Alisher Navoiyning shaxsiy kotiblaridan biri bo‘lmish Abduljamilning yaxlit 

“Xamsa”ni 1484-yilda ko‘chirgan va hozirda O`zRFA Beruniy nomidagi 

Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan nusxasi ham tasdiqlaydi. Bunga ilova 

tarzda shuni ham eslatish joizki, Abdurahmon Jomiy o‘zining “Oinai Iskandariy” 



 

33 


 

dostonini 1484-yilning 28-dekabrida yozib tugatgan edi. Ayni ana shu dostondan 

Alisher Navoiy “Xamsa”siga Abdurahmon Jomiy tomonidan berilgan yuksak baho 

(Ba turki zabon naqshe omad ajab, Ki jodu damonro buvad muhri lab) o‘rin olgan. 

Demak, “Saddi Iskandariy” dostoni 1484-yilning ikkinchi yarmida yozib tugatilgan 

va “Xamsa” to‘liq holatda Abdurahmon Jomiy nazaridan o‘tib, yuksak bahoga 

sazovor bo‘lgan. 

 

“Saddi Iskandariy” dostoning asosiy mazmun – g‘oyasini adolat, odil podshoh 



va insonning komillikka erishuvi bilan bog‘liq bo`lgan masalalar tashkil etadi. 

Alisher Navoiyning  Iskandar obrazini chizishda, uning fazilatlarini bayon etishda 

g‘olibligining boisi nimada ekanligiga e’tibor berib, uni hamisha olimu fuzalolar 

qurshovida tasvirlaydi. Iskandarning rubi maskun jahondori bo‘lishi, adolati va 

g‘olibiyati tufayli topgan shon – shuhratining asosiy sabablaridan biri ilm va hunar 

ahliga tayanganligida deb biladi. 

 

 Darhaqiqat, buyuk “Xamsa” o‘zbek adabiyoti tarixida shunday ulug‘ bir 



kashfiyot, muhim bir mo‘jizaviy hodisaki, uning mohiyatini ulug‘ shoirning ustozi 

Abdurahmon Jomiy quyidagi misralarda g‘oyatda samimiyat bilan ifoda etganlar: 

 

 

Turkiy tilga dog‘i naqsh keldi ajab, 



 

 

Hatto sehrgarlar bo‘ladilar lab. 



 

 

Bunday yoqimli naqsh tushirgan qalam, 



 

 

Boshiga ofarin yog‘dirsin olam. 



 

 

Kechirsin forsiyda gavhar terganlar, 



 

 

Dariy tilida dur, g‘azna berganlar. 



 

 

Buning tili ham gar bo‘lganda dariy, 



 

 

Majolsiz qolardi ularning bari.         



                                                (“Oinai Iskandariy”). 

Bu ─ Alisher Navoiy “Xamsa”si o‘sha davrda mavjud bo‘lgan Sharq 

xamsanavisligi an’anasida ulug‘ bir adabiy kashfiyot ekanining shu sohada o‘zi 

ham qalam tebratgan buyuk shoir va alloma ustoz Abdurahmon Jomiy tomonidan 

e’tirof etilishidir. Agar buni forsiygo‘ylarning  e’tirofi deb bilsak, unda Husayn 

Boyqaroning “Xamsa” muallifiga ko‘rsatgan buyuk hurmati, o‘zi minadigan oq 




 

34 


 

otga mindirib, jilovdor bo‘lganligi, Alisher Navoiyni nazm mulkining sohibqironi 

va qahramoni deb atashini turkiygo‘ylarning e’tirofi sifatida qabul qilish mumkin. 

Demak, Sharqda forsiy va turkiy tillarda so‘zlashuvchilar Alisher Navoiy 

“Xamsa”sini buyuk adabiy hodisa – kashfiyot deb bilganlari diqqatga sazovordir.

12

  



 

Navoiy umrining so‘ngini Abdulla Ansoriy qabrini obod qilishga sarflaydi. 

Ayni paytda, ijoddan qo‘l uzmadi. Boshlab qo‘ygan ishlarini nihoyasiga yetkazdi. 

Yangi asarlarga qo‘l urdi. 1495-1496-yillarda “Nasoyim ul-muhabbat”(“Muhabbat 

shabadalari”) asarini yozib tugatdi. 1498-yilda Alisher Navoiy “Majolis un-

nafois”ni qayta ko‘zdan kechirib, to‘ldirdi. Shoirning adadini 459 taga yetkazdi. 

Shu yili yoshligidan qalbidan chuqur joy olgan “Mantiq ut-tayr” dostoniga javob 

yozadi. “Lison ut-tayr” Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. U, avvalo, 

shoirning dunyo va borliq haqidagi qarashlarini yakunlaydi. 

 

Buyuk shoir 1498-1499-yillarda xatlarini to‘plab, “Munshoat” (“Xatlar”) 



kitobini tuzdi. Unga sakson sakkizta xat jamlangan bo‘lib, ularning aksaryati 

shoirning shoh va shahzodalarga yo‘llangan, janriga ko‘ra xilma – xil bo‘lgan 

maktublari edi. Bular, shubhasiz, turkiy insho, ya’ni epistolar janri taraqqiyotida 

muhim ahamiyatga egadir. 

 

Navoiyning ijodiy rejalari ko‘p edi. U Sulton Husaynning tarixini bitmoqchi edi 



(bu niyatni “Tarixi muluki Ajam” asarining xotimasida aytgan). “Tarixi anbiyo va 

hukamo”da buyuk shoir Yusuf va Zulayho haqida turkiy tilda bir asar yozajagini 

ma’lum qiladi. U “Lison ut-tayr”da Shayx San`on muhabbatini hikoya qilar ekan, 

o‘z muhabbatini ham bir doston etajagini aytgan edi. Biroq, shoirning 1500-yilning 

oxirlarida yozib tugatgan “Mahbub ul-qulub”(“Ko‘ngillarning sevgani”) kitobi 

uning so‘nggi asari bo‘lib qoldi. Bu kitob dunyoning achchiq – chuchugini totgan, 

undan goho “komronlig‘” (baxtiyorlik) ko‘rgan, goho “notavonlig‘” (baxtsizlik) 

topgan buyuk shoir va mutafakkirning oltmish yillik hayotiga yakun bo‘ldi. 

                                                 

12

  Валихўжаев Б. Мумтоз сиймолар.-T.: “Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси”  нашриёти, 2002, I 



жилд,153-185-бет 

 

 




 

35 


 

 

 



“Xamsa” ─ Navoiy dahosining mahsuli, ayni paytda millatimiz tafakkur 

ko`lami hamda ma’naviy qudratining timsoli. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: 

“Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyat tarixida butun 

bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz 

namoyondasi, millatimiz g‘ururi, sha`nu- sharafini dunyoga tarannum qilgan 

o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda 

so‘zlovchi biron – bir inson yo‘q-ki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, 

Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa”. Chunki Navoiyni bilish o‘zlikni 

bilish, Navoiyni sevish millatni sevish, Navoiyga sadoqat eng ezgu insoniy 

qadriyatlarga sadoqat demakdir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

36 


 

 

 




Yüklə 304,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin