Ovqatlanish
gigiyenasi
Ovqatlanish gigiyenasi - gigiyenaning bir
tarmogʻi, sogʻlom odamning toʻfi va
bekamu koʻst ovqatlanish muam-molarini
oʻrganadigan fan. Uning mustaqil boʻlimi
— diyetologiya bemorlar ovqatini
oʻrganadi va parhez ovqatlar tarkibini
ishlab chiqadi. Goʻdaklnk davridagi
ovqatlanishni oʻrganish ham O.g .ning
mustaqil boʻlimidir. O.g . odamning
ovqatlanishini jins, yosh, kasb, mehnat
harakteri, jismoniy zoʻriqish, iklim
sharoiti, milliy va boshqa xususiyatlari,
turli hududlardagi aholi ovqatining
miqdori va sifat tomonlariga bogʻlab
oʻrganadi va kishilarning meh-nat
sharoitiga qarab oziq moddalarga
ehtiyojini belgilab beradi.
Ovqatlanish gigiyenasi korxonalarining
jamoalari, maktablardagi, maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalar va boshqa
muassasalarning bolalar jamoalari uchun
ratsional ovqat ishlab chiqish, umumiy
ovqatlanish va ovqat sanoati
korxonalarida oziq-ovqat masalliklarini
zararli moddalar qoʻshilishidan
saklashga doir taʼsirli sanitariya nazorati
usullarini ishlab chiqish, ovqatdan
boʻladigan toksikoin-feksiyalar va
intoksikatsiyalarttg ol-dini olish
tadbirlarini ishlab chiqish, ovqat sanoati,
savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalarini loyihalash, qurish va ishga
tushirishni profilaktik sanitariya
nazoratiga olish, yangi sanoat
tovarlarining vaqtincha texnika shartlari
va davlat andozasiga mos ishlab
chiqishda qatnashish O.g .ning amaliy
vazifalaridir.
O.g . oʻz tadqiqotlarida kimyo,
mikrobiologiya, fiziologiya,
stomatologiya, iklimshunoslik va boshqa
fanlarning ilmiy maʼlumotlariga tayanadi.
OʻzRda O.g . sohasidagi i.t.larni
respublika diyetologiya markazi,
ToshTIning ovqatlanish gigiyenasi
kafedralari, shuningdek, sanitariya-
gigiyena i.t. instituti, lab.lari va boʻlimlari,
don, goʻsht va sut, konserva va sabzavot
quritish, konditer sanoati va
boshqalarning nazorat tarmoklari olib
boradi.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Manbalar
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ovqatlanish_gigiyenasi&old
id=1876673
" dan olindi
Dostları ilə paylaş: |