ANNOTATSIYA
Ushbu maqola hozirgi kundagi yoshlarning e’toborini chet tillarini o’rganishga,vaqtlarini unumli o’tkazishga va mamlakatimiz tomonida berilayotgan imkoniyatlarga munosib ravishda oqilona javob qaytarishga undashga qaratilgan.
Kalit so’zlar: chet tillarini o’rganish,zamonaviy ta’lim olish,yangicha metodlardan foydalanish, Prezident farmonlari, kasb, maktablardagi ta’lim, ilg’or texnalogiyalar.
ABSTRACT
This article is aimed at encouraging the attention of today’s youth tolearn foreign languages,spend their time productively,and give a reosanable response to the opportunities provided by our country,also school performance and outcomes.
Keywords: Learning foreign languages,receiving modern education,using new methods,presidential decrees,profession,education in schools,advanced technology.
Til so’zlashish va butun dunyo insonlarining bir-birlari bilan aloqada bo’lishlari va millatlararo iliq munosabatlarni o’rnatishning asosiy vositasidir.Hozirgi kunda ta’lim sohasiga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi.Prezidentimizning ta’lim tizimi to’g’risidagi bir necha qonunlari joriy qilindi.Ayniqsa,Prezidentimiznig talabalarga qulayliklar yaratish,ularga turar joy tashkil qilish va qiyinchiliklarni osonlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlari talabalarning g’ayratiga g’ayrat,shijoatiga shijoat qo’shib,yuzlariga tabassum olib keldi desak mubolag’a bo’lmaydi.Yana ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarga ”Chet el mamlakatlari ta’lim tizimi”dan o’zgacha uslubdagi yangiliklar kiritildi.Maktablarda “ Chuqurlashtirilgan fanlar” o’qitila boshlandi.Yangi maktablar qurilib,zamonaviy uslubda jihozlandi.Fanlar bo’yicha o’quv kurslar ochilib,bolalar uchun to’garaklar tashkil qilindi.Bu yosh avlod uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.Farzandlarimiz bu imkoniyatlardan to’laqonli foydalanib,o’z ustilarida ishlab,chet davlatlarda malakali tahsil olib,aql va idroklarini o’stirib, o’zlaridan professional kasb egalarini tayyorlashmoqda.
Faktlarga qaraganda,dunyoda 7000 ga yaqin til mavjud bo’lib,til jamiyat negizi hisoblanar ekan.Chunki har bir davlatning tili o’zi uchun aziz va muqaddasdir.Til davlatning bosh bo’g’inidir,shu bilan birga “Til bilgan el biladi” deb ham bejizga aytishmagan ota-bobolarimiz.Tili va madaniyati boshqa bo’lgan insonlar bilan tanishish,ular bilan do’stlashish,fikr-mulohazalar va bilim almashish suv tagidan oltin topish bilan tengdir.Oltin esa jamiyatni yanada boy bo’lishi va rivojlanishiga xizmat qiladi.Bugungi kunda ham aynan til o’rganish,farzandlarni tilga qiziqtirish zamon talabiga aylandi desak xato bo’lmaydi.Shuni aytish lozimki,tillar orasida inliz tili,rus tili,fransuz tili,Italian,nemis va yapon tillarini o’zlashtirish boshqa tillarga nisbatan ko’proq amalga oshmoqda.Ayniqsa,inliz tili hozirgi kunda ko’plab davlatlarning rasmiy tiliga yoki ikkinchi tiliga aylanib,eng kop insonlarni o’ziga qaratishga ulgurdi.Chunki bu tilning zarralari butun dunyo ko’chalari- yu,shaharlari tomon sachradi.Agar bu tilni bilsangiz istagan davlatingizda muloqot qila olasiz va ishga joylashishingiz ham mumkin bo’ladi.Zamonaviy dunyoda inliz tili boshqa tillarga nisbatan turli mamlakatlarda yasovchi insonlar tomonidan eng ko’p qo’llab kelinayotgan til sifatida birinchi ekanligi barchaga ma’lum.Inliz tilini xalqaro til maqomiga olib chiqqan bir qancha omillar mavjud.Masalan, ko’plab dori- darmon nomlari va ularning qo’llanilish usullari,internetdagi ko’plab ma’lumotlar,aynan shu tilda yozilgan.U bugungi kunda ommaviy axborot vositalari,ilm-fan,biznes,me-ditsina,ta’lim,ilmiy izlanishlar,journalistika va texnologiya kabi sohalarda yetakchi ro’l o’ynaydigan til hisoblanadi.Yangi davrda har bir soha vakillariga yangicha vazifalar va ma’suliyatlarni yukladi.Zamonaviy texnalogiyalar sababli inliz tilini o’qitish metodlari sezilarli darajada o’zgardi.Bundan tashqari,televideniyada ham ko’pgina telekanallarda bolalar uchun inliz tillini o’rgatish uchun multfilmlar,ko’n-gil ochar ko’rsatuvlar uzluksiz ravishda qo’yib borilmoqda.Bu bolalar uchun til bilan tanishish,hech bo’lmaganda boshlang’ich ko’nikmalarni olishga yordam be-radi.Texnologiyalar asta sekinlik bilan an’anaviy o’qitishning o’rnini egallamoqda.
Tilni hech qanday so’zlarni yodlamsdan,oson va tez o’rganish uchun „Booknomy’ nomi ostida kitoblar nashr qilinyapti.Bu til o’rganish jarayonini yanada qiziq va tushunarli qilishga yordam bermoqda.Bu ham zamonaviy metodlardan biridir.Tilni mukammal o’rganishni istagan har bir inson faqatgina gramatika yoki so’z yodlash bilan chegaralanib qolmasligi kerak.Chunki biror tilni bilishingizni isbotlamoqchi bo’lsangiz,albatta o’sha tilda gaplasha olishingiz va muloqot qilayotgan kishingiz-ning so’zlarini tushuna olishingiz darkor.Shundagina til to’laqonli o’rganilgan bo’ladi.Buning uchun siz avvalo shu til bilan bog’liq filmlarni tomosha qilishingiz, musiqalarini tinglashingiz,agar iloji bo’lsa shu millatga mansub ya’ni tilda bemalol gaplasha oladigan do’stlar topishingiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.Ta’lim jarayo-nida darsliklar qanchalik mukammal bo’lsa,u yosh avlodning dunyoqarashi,intellek tual salohiyati shunchalik rivojlanishiga xizmat qiladi.Shu o’rinda bir savol tug’ila-di.Nega biz 1-sinfdan boshlab ingliz tilini o’rganamiz-u,lekin hali ham muloqot qila olmaymiz ? Axir,11 yil tilni o’qigan inson albatta uni mukammal bilishi kerak. Lekin afsuski bunday emas.Tilni o’rganishni istagan inson qo’shimcha pul to’lab kurslarga boradi.Va qarabsizki ikki yilni ichida tilda bemalol gapira oladi.Buning asosiy sababi nimada ? Dastlabki sabablardan biri darsliklarning mukammal emasli gida edi.Ingliz tili kitoblari ko’proq gramatikani o’rgatishga qaratilgan,gapirish va eshitishni rivojlantirish uchun deyarli mashqlar yoq edi.Ammo Prezidentimizning chet tillarini o’rganish va o’rgatishga qaratgan alohida e’tiborlari tufayli shu yili Ingliz tili darsliklari yangilandi.Darsliklar juda qiziqarli,tilning hamma tomonlarini shakllantirishga to’liq e’tibor qaratilgan.Kitob ichidan qiziqarli rasmlar va o’yinlar ham joy olgan.O’quvchining yolg’iz o’zi o’tirib mavzuni tushuna oladigan daraja da sodda va ravon tilda yozilgan.Bu kitob bollalarda tilni o’rganish uchun qiziqish ni ham ko’paytiradi.Yana bir sabablaridan biri o’quvchilar tilni faqatgina shu til o’qutuvchisi bo’lish uchun kerak deb o’ylashlarida edi.Lekin dunyo tobora global lashib borayotgan bu davrda ikki tilni bilish shunchaki qiziqish emas,davr talabi ekanligi siz-u bizga sir emas.Chet tilini o’rganishning foydali tomonlari juda ko’p. Til bilgan insonning chet davlatlarda yashash va ishlash yoki o’qish imkoniyatlari ni oshiradi.Tabiiyki,dunyo ko’rgan insonning fikrlash doirasi juda keng bo’ladi.U har bir masalaga o’zgacha ijodiy yondashadi.Yana til bilgan inson boshqa millat vakillarining madaniyatlari va turmush tarzi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan buyruq va takliflar samarasida hozirgi kunda yurtimizda 25 ta oliy ta’lim muassasasida o’qitish chet tilida olib borilmqda. 2016-yilda ular bor yo’g’i 7 ta edi.Xalqaro til sertifikatini olgan o’quvchilar soni oxirgi 3 yilda 10 baravarga oshdi.Bu so’nggi yillarda erishilgan eng katta yutuqlar- dan biri.Barcha mamlakatlar singari O’zbekiston ham davlatning kelajagi bu yosh- lar deb hisoblaydi.Shuning uchun ham “Kelajak yoshlar qo’lida”deyishadi.Agar hozir biz ta’lim-tarbiya olsak,kelajakda farzandlarimiz ham bizdan o’rnak olishadi. Oldimizda shuncha porloq nur bor ekan tezroq yo’limizni yoritaylik!Olgan bilimla- rimiz tufayli biz yaxshini yomondan ajratamiz,tunni kunga,zulmni adolatga,danga- salikni mehnatga,noshukurlikni sabrga aylantirishimiz mumkin.Eng muhumi til o’rganish jarayonida biz o’zligimizni topamiz va aslo yo’qotmaymiz.Kelajakdagi maqsad va orzularga erishish uchun qo’shimcha imkoniyatlar kaliti bo’lib xizmat qiladi.Qat’iyat esa mashaqqat va sinovlarga qaramasdan muvaffaqqiyatga erishish uchun bizga yordam beradi.Qat’iy irodaning asosi esa sabrli bo’lish va mehnat qilishdan to’xtamaslikdir.Albatta chet tillarini o’rganish oson ish emas.Inson o’zi- ga bo’lgan ishonchini yo’qotmaslidi darkor.”Ucha olishingga shubha qilgan maha- ling sen bu imkoniyatni bir umrga qo’ldan boy berasan”.Shu sababli ham til o’rga- nishni hozirdan boshlang.Chunki,ilm olishning erta kechi yo’q.Olg’a tengdoshim!
Chet tilini bilishimiz nafaqat o’zimizga balki jonajon yurtimizga ham foyda keltira di.Yillar davomida mamlakatimiz jahon standartlariga munosib bo’lish uchun tez suratlarda rivojlanmoqda.U jahonda maqtansa arzigulik binolar qurmoqda,ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda va shu bilan birga uning bayrog’ini yuksaklarga ko’ta- ruvchi yoshlarni tarbiyalamoqda.Prezidentimiz aytganidek chet tillarini bilish biz- ga jahon eshiklarini ochadi.Rahbarimiz xorijiy tillarni bilgan kasb egalariga qo’- shimcha qulayliklar berdi.Jumladan:inliz tili o’qituvchilarining oylik maoshiga 50% qo’shimcha miqdor berilishi joriy qilindi.Bu o’qituvchilarda o’z kasbiga bo’l- gan faxr tuyg’usini oshirdi.2022-yil Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev imzola- gan qarorlariga binoan 2022-yilning o’quv yilidan boshlab chet tillari fanidan dars beradigan har bir o’qituvchida xalqaro yoki milliy sertifikat bo’lishi shart deb bel- gilandi.Shu qarorga muvofiq o’qituvchilar hamda barcha bo’lajak pedagoglar o’z bilimini yanada mustahkamlab sertifikat qo’lga kiritish uchun tayyorlanishmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,jadal suratlar bilan rivojlanib boryotgan zamonda yashar ekanmiz biz ham shu zamonga mos va xos bo’lishimiz kerak.Bizni boshqa bolalardan nima farqimiz yoki kamchiligimiz bor?Inson qilgan ishni albatta boshqa inson ham qila oladi.To’g’ri,til o’rganish mushkul ish bo’lishi mumkin.Ammo shu bilan birga bu juda zavqli mashg’ulot.O’zingiz o’ylab ko’ring qo’shimcha bir tilni bilsangiz davlatlararo sayohat qilishingiz,biror davlat oliygohida taxsil olishingiz, ishlashingiz va eng muhumi komil inson darajasiga chiqishingiz mumkin.Shu bilan birga sizga til o’rganishingiz uchun qulayliklar yaratib bergan jannatmakon yurtin-gizning mavqeyini yanada yuksakroqqa ko’tarish imkoni bo’ladi.”Yangi O’zbekis- ton”ni rivojlantirish uchun yoshlarning bilimiga bilim qo’shib,ma’naviyatini yuk- saltirish,qobiliyatlarini oshirish va chet el davlatlarining tili va sinalgan ko’nikmala larini o’rganishga chorlash lozim.Bu barchamiz uchun birdek foydali aziz yurtdoshim !
1.T.Robins “Maqsadga qanday erishiladi” 2003.
2.Z.Po’latova. “Xorijiy tillarni o’rganishdagi muammolar”. Maqola.
3.Bekmuratova U.B. “Ingiz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydala- nish” mavusida referat.Toshkent – 2012 yil Otaboyeva,M.P. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uning samaradorligi;
4.Khusanovna K. G. Essetial features of vocational education systems in Uzbekis- tan and Japan //European science review. – 2008.
5.http://www.ddsmfa.uz 6.https://cyberleninka.ru
Dostları ilə paylaş: |