41
faoliyatlariga, xulq-atvoriga o‘z obro‘si, xulqi, zo‘ravonligi vositalarida
ta’sir o‘tkazishni anglatadi.
Siyosiy hokimiyat qator xususiyatlarga ega. Bu hususiyatlar quyidagi
belgilarda o‘z ifodasini topadi:
legitimligi ya’ni, davlat miqiyosida kuch ishlatishdan foydalanishning
legalligi;
har qanday boshqa hokimiyat uchun qarorlarning majburiyligi, istagan
ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olishligi. siyosiy hokimiyat qudratli
korporatsiyalar, OAV va boshqa muassasalarning ta’sirini qonunga zid
bo‘lsa, cheklashi yoki ularni umuman tugatishi mumkinligi;
ommaviyligi ya’ni, umumiyligi va daxlsizligi. Buning ma’nosi shuki,
siyosiy
hokimiyat mayda, kontakt guruhlarda mavjud bo‘ladigan shaxsiy
hokimiyatdan farqli o‘laroq, huquq yordamida barcha fuqarolarga butun
jamiyat nomidan murojaat qilishligi;
markazliligi, qarorlar qabul qilish yagona markazining mavjudligi.
Bozor
iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatda siyosiy hokimiyatdan farq
qila turib iqtisodiy, sotsial va madaniy-axborot hokimiyatning ko‘p
markazliligi. Bunda ko‘plab mustaqil mulkdorlar, OAV, ijtimoiy fondlar va
boshqalarning mavjud bo‘lishligi;
resurslarning
xilma-xilligi,
siyosiy
hokimiyatning
nafaqat
majburlovchi, balki
iqtisodiy va madaniy-axborot resurslaridan ham foydalanishligi.
Siyosiy hokimiyat jamiyatda yakka holda emas, balki hokimiyatning
boshqa ko‘rinishlari: iqtisodiy, sotsial, madaniy-axborot, majburlovchi
hokimiyatlarga tayangan holda harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: