3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
A. TO‘RAYEV, F. ABDUSAMATOV
Siyosatshunoslik fanidan
SIYOSIY HOKIMIYAT
mavzusi bo‘yicha
METODIK QO‘LLANMA
TOSHKENT - 2014
4
Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchilar : A. To‘rayev, F. Abdusamatov.
Mas’ul muharrir: s.f.n. A.Saidqosimov
Taqrizchilar: f.f.n. A.Amanlaev
f.f.n. Q. O’rolov
Ushbu metodik qo’llanma siyosatshunoslik fanining “Siyosiy
hokimiyat” mavzusi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish va seminar mashg‘ulotlarida
foydalanish uchun mo‘ljallanilgan.
Metodik qo’llanma “Siyosatshunoslik” fani o‘qituvchilari, mazkur
sohaga qiziquvchilar va barcha talabalar uchun mo‘ljallanilgan.
Metodik qo’llanma A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika
instituti ilmiy kengashining 2014 yil № 5 -son majlisida muhokama etildi
va chop etishga tavsiya etildi.
KIRISH
5
Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va
taraqqiyot siyosatining strategik maqsadi – huquqiy demokratik davlat va
bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat.
Siyosatshunoslikni o‘rganish orqali mamlakatimizning siyosiy va davlat
qurilishining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olish mumkin bo‘ladi. Bugungi
kunda siyosatshunoslikning asosiy tushunchalarini, ijtimoiy hayotning turli
sohalaridagi siyosiy faoliyat, siyosiy hokimiyat, davlat, siyosiy partiyalar,
jamoat tashkilotlarining ish usullarini, siyosat va insonning, davlat va
jamiyatning o‘zaro munosabatini anglashga tobora ko‘proq ehtiyoj paydo
bo‘lmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “... dunyoda yuz
berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan o‘rnimizni xolisona va
tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob
berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo‘lishimiz”
1
-talabi amalga
oshirilishi dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Ushbu metodik qo’llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 11 sentabrdagi 392-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan Siyosatshunoslik fani namunaviy dasturi asosida tayyorlangan.
Tavsiya etilayotgan metodik qo’llanma mamlakatimizda va dunyoning
boshqa mamlakatlarida siyosiy fanni o‘qitish tajribasini hisobga olib, buyuk
mutafakkirlarning siyosiy qarashlariga va bugungi kun siyosiy fanida
erishilgan yutuqlarga, milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillariga tayangan holda
ishlab chiqilgan. Tayanch ma’ruza matnini tayyorlashda mustaqillik yillarida
mamlakatimizda chop etilgan bir qator adabiyotlardan keng foydalanilgan.