Siyosiy hokimiyat


Siyosatning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va funksiyalari



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Siyosatning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va funksiyalari  

Siyosat  tushunchasini  mukammal  o‘rganish  uchun  uning  yuqorida 

keltirilgan  umumiy  ta’rifi  bilan  cheklanib  bo‘lmaydi.  Buning  uchun, 

siyosatning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va funksiyalarini ko‘rib chiqish juda 

muhimdir. 

Xo‘sh, siyosat ijtimoiy hayotda qanday o‘rin tutadi? Uning maqsadi va 

funksiyalari  nimalardan  iborat?  Endi  ushbu  masalalar  ustida  batafsilroq 

to‘xtalib o‘tamiz. 

Siyosat  -  jamiyatning  asosiy  sohalaridan  biri  hisoblanadi.  U  ijtimoiy 

hayotida  tutgan  o‘rni  va  roliga  ko‘ra  iqtisodiy  va  ma’naviy  sohalarga  ko‘p 

jihatdan o‘xshashdir. 

Siyosat jamiyatning boshqa sohalari singari xalq manfaatlarini himoya 

qiladi.  U  ham  xalqqa,  ijtimoiy  taraqqiyotga  xizmat  qiladi.  Biroq,  siyosat  - 

jamiyatning  o‘ziga  xos,  mustaqil  sohasidir.  U  o‘zining  ijtimoiy  hayotda 

tutgan o‘rniga ko‘ra, iqtisodiy va ma’naviy sohalardan farq qiladi. 

Siyosat  -  jamiyatning  yashashi  va  rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan 

moddiy  va  ma’naviy  boyliklarini  ishlab  chiqaruvchi  soha  emas,  balki uning 

birligi  va  yaxlitligi,  xavfsizligi  va  barqarorligi,  tinch-totuvligi  va 

osoyishtaligini  ta’minlovchi  sohadir.  Bu  sohada  xo‘jalik  va  ma’naviy–

ma’rifiy ishlar bilan emas, balki ijtimoiy hayotni boshqarish, tartibga solish, 

xavfsizlikni ta’minlash masalalari bilan shug‘ullaniladi. 



 

17

 

Siyosat jamiyatni boshqarish, tartibga solish va mustahkamlash uchun uning 



barcha sohalariga; ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviyatga chuqur kirib boradi va 

ta’sir  o‘tkazadi.  Jamiyatning  siyosat  kirib  bormaydigan  va  ta’sir 

o‘tkazmaydigan  bironta  ham  sohasi  yo’q.  Uning  beistisno  hamma  sohalari 

siyosat obekti bo‘la oladi. Siyosatning iqtisodiy va ma’naviy sohalardan farq 

qiladigan xususiyatlaridan biri ana shundandir. 

Siyosat  -  jamiyatning  ijtimoiy  muammolariga  chuqur  kirib  boruvchi,  ta’sir 

o‘tkazuvchi  va  ularni  hal  etuvchi  sohadir.  Bu  sohada  barcha  ijtimoiy 

guruhlar,  qatlamlar  uchun  belgilovchi  ahamiyatga  ega  bo‘lgan,  to‘g‘ri  va 

oqilona yo’lni ko‘rsatib beradigan qarorlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. 

Siyosat  jamiyatning  ijtimoiy  sohasini  boshqarish,  tartibga  solib  turish 

bilan  cheklanib  qolmaydi.  U  iqtisodiyotni  tartibga  solish  va  yuksaltirishga, 

eski  xo‘jalik  yuritish  tizimi  o‘rniga  yangi  xo‘jalik  yuritish  tizimi  qaror 

topishiga  doir  tadbirlarni  ishlab  chiqadi  va  amalga  oshiradi.  Agar  u 

iqtisodiyotdan ustun tursa, uning yiG‘ilib qolgan muammolarini hal etishdan 

bosh  tortsa,  o‘zining  maqsad  va  vazifalarini  bajara  olmaydi.  Iqtisodiyotdan 

doim ustun turgan siyosat haqiqiy siyosat bo‘la olmaydi. 

Siyosat iqtisodiyotdagi muammolarni hal etuvchi, uni tartibga soluvchi 

sohadir.  U  iqtisodiyotdagi  muammolarning  adolatsizliklar,  haqsizliklar, 

qonunbuzarliklarning  qanchalik  to‘la  va  chuqur  hal  etilishiga  erishsa,  uning 

ta’sirchanligi, samaradorligi, xalqchilligi shunchalik yuqori bo‘ladi. 

Siyosat  jamiyatning  ma’naviy,  madaniy  –  ma’rifiy  sohasini  ham 

boshqaradi,  tartibga  solib  turadi.  U  ommaning,  har  bir  insonning  ma’naviy 

madaniyatini oshirishga, uning tabiat, jamiyat sirlarini, ijtimoiy hayotdagi o‘z 

o‘rnini  bilib  va  anglab  olishiga  doir  tadbirlarni  ishlab  chiqadi  va  amalga 

oshiradi.  Chunki,  ijtimoiy,  iqtisodiy  sohalarni  tartibga  solish  va 

mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarning o‘zi kutilgan natijalarni bermaydi. 

Shuning  uchun  ham  siyosat  ma’naviy–ma’rifiy  sohani  izchillik  bilan  qayta 

ko‘rishga va rivojlantirishga, oldingi davrdan meros bo‘lib qolgan zararli urf-

odatlar, noto‘g‘ri tasavvurlar, mutelik, qaramlik, be’’amlik, boqimandalik va 

boshqa  illatlarni  barataraf  etish,  yangicha  qarashlarni  shakllantirishga  doir 

tadbirlarni  ishlab  chiqadi  va  amalga  oshiradi.  Bu  bilan  siyosat  nafaqat 

ijtimoiy  sohalarni,  shu  bilan  birga  ma’naviy-ma’rifiy  sohani  ham  tartibga 

soluvchi kuch sifatida maydonga chiqadi. 



 

18

 

Ammo,  siyosat  jamiyatdagi  har  qanday  iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy 



masalalarni  hal  etmaydi  va  hal  eta  olmaydi.  Bunday  deb  o‘ylash  ochiqdan-

ochiq 


masalalarni 

sayqallashtirishdan, 

siyosatning 

asl 


mohiyatini 

tushunmaslikdan,  buzub  ko‘rsatish,  uni  bo‘rttirish,  mutlaqlashtirish  boshqa 

narsa emas. 

Siyosat  jamiyatdagi  har  qanday  iqtisodiy,  ma’naviy  masalalarni  hal 

etuvchi  soha  emas.  U  butun  jamiyatning,  xalqning  manfaatlariga  dahldor 

bo‘lgan  iqtisodiy,    ma’naviy-ma’rifiy  sohalarni  o‘zlashtirish  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  masalalarni  hal  etadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  agar  iqtisodiyot, 

ma’naviyat-ma’rifatda  u  yoki  bu  masala  ushbu  soha  doirasida  hal  etilsa, 

siyosatda esa butun jamiyatga, barcha ijtimoiy guruhlarga doir masalalar hal 

etiladi.  Siyosat  –  butun  jamiyatga  dahldor  bo‘lgan  masalalarni  hal  etuvchi 

sohadir.  

Siyosatning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy  sohalarga  ta’sir 

doirasi  kattadir,  ammo  cheksiz  emas.  U  jamiyatning  boshqa  sohalariga  har 

doim  aralashavermaydi.  Faqat  totalitar  tuzumdagina  siyosat  har  qanday 

paytda va har qanday joyda ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa 

sohalar  faoliyatiga  aralashadi.  Siyosat  demokratik  jamiyatda  boshqa  sohalar 

faoliyatiga  ular  doirasida  g‘ayriqonuniy,  mas’uliyatsiz  xatti-xarakatlar  sodir 

etilganda,  ijtimoiy  adolat  buzilganda  aralashishi  mumkin.  Jamiyatning 

ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy  va  boshqa  sohalaridagi  noqonuniy, 

mas’uliyatsiz  xatti-xarakatlar,  ijtimoiy  adolatning  buzilishi,  ularning  o‘z 

vazifasini  holol  bajarmasliklari,  ijtimoiy  muammolarning  paydo  bo‘lishi  va 

kuchayishi,  uning  aralashishi  qonuniyligini  belgilab  beradi.  Qonunlarning 

bajarilmasligi,  ijtimoiy  adolat  va  ijtimoiy  tartibning  buzilishi,  yovuzlik, 

zo‘ravonlik  siyosatning  boshqa  sohalar  faoliyatiga  aralashish  uchun  obektiv 

asos bo‘ladi. Qonunlar bajarilmagan va ijtimoiy muammolar paydo bo‘lgan, 

kuchaygan  paytda  siyosatning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  —  ma’rifiy 

sohalarga aralashishi, aybdorlarni javobgarlikka tortishi mumkin va muqarrar 

bo‘lib  qoladi.  Iqtisodiy  va  ma’naviy-ma’rifiy  sohalardagi  noqonuniy  xatti—

xarakatlarni  bartaraf  etish  masalasi  iqtisodiy  yoki  ma’naviy  masala  emas, 

balki  siyosiy  masaladir.  Ana  shu  sohalardagi  qonun  buzarliklarni  bartaraf 

etish xuddi siyosatning vazifasidir. 

Siyosat o‘zining barcha vositalariga tayanib adolatsizlikni tartibsizlikni, 

qonunbuzarlikni  bartaraf  etadi,  "ijtimoiy  adolat  va  tartibni,  uyG‘unlik  va 



 

19

 

muvozanatni, tinch-totuvlik va osoyishtalikni o‘rnatadi. SHu tariqa siyosat — 



jamiyatning tayanchi, xalqning posboni, himoyachisi sifatida, butun ijtimoiy 

hayotini tartibga soluvchi kuch sifatida maydonga chiqadi. 

Siyosatning  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni  bevosita  ishlab  chiqarish 

bilan  shug‘ullanmasligi  uning  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  ahamiyati  iqtisodiy 

va  ma’naviy-ma’rifiy  sohalardan  kam  ekan,  degan  ma’noni  anglatmaydi. 

Bunday deb o‘ylash siyosatni mensimaslikdan, uning jamiyat taraqqiyotidagi 

ahamiyatini kamsitishdan boshqa narsa emas. 

 Siyosatning  jamiyat  yashashi  va  taraqqiy  etishidagi  ahamiyati 

iqtisodiyot  va  ma’naviyatdan  aslo  kam  emas.  Xuddi  iqtisodiyotsiz, 

ma’naviyatsiz,  ma’rifatsiz  jamiyatning  yashashi  va  rivojlanishi  mumkin 

bo‘lmagandek,  uning  siyosatsiz  yashashi  va  rivojlanishi  ham  mumkin 

bo‘lmaydi.  Jamiyatning  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni  ishlab  chiqarishsiz 

ochlikdan  o‘limga  qanchalik  mahkum  etilganidek,  uning  ijtimoiy 

muammolarni  hal  etmasdan,  birlik,  uyushqoqlik,  adolat  va  tartib 

o‘rnatmasdan halokatga duchor bo‘lishi shunchalik muqarrardir. 

 Buyuk hakim va alloma Ibn Sino: «... agar mehnatkashlarga rahbarlik 

qiluvchi  sultonlar,  xonlar  bo‘lmasa  edi,  bunday  hollarda  ularning  barchalari 

bilan bulur edilar" deb bejiz aytmagan. 

Siyosat  tufayli  jamiyatning  barcha  sohalari  (boshqariladi,  tartibga 

solinadi,  ijtimoiy  muammolar  hal  etiladi,  jinoyatchilik  ildizlari  ijtimoiy 

hayotda  qirqiladi,  adolat  va  tartib  o‘rnatiladi,  xavfsizlik  va  barqarorlik, 

tinchlik,  totuvlik-osoyishtalik,  uyg‘unlik  va  muvozanat  ta’minlanadi. 

Shuning uchun ham siyosat jamiyatning asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. 


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin