qonunlar, qarorlarni hayotda izchillik, qat’iyatlilik bilan amalga oshirish,
butun jamiyatni turli-tuman illatlardan, xastaliklardan tozalashdir. Chunki bu
vazifa ijtimoiy hayotda amalga oshirilmasdan qolar ekan, unda jamiyatning
mustahkam xavfsizligiga, barqarorligiga, tinch-totuvligiga, farovonligiga,
amalda ijro etilganda va jamiyat turli-tuman illatlardan tozalagandagina
amalda ijro etiladigan, jamiyat xilma—xil xastaliklardan tozalanadigan, zaif
funksiyalari mavjuddir. Olimlar bu funksiyalarni turlicha ta’riflaydilar.
21
Hozirgi davr siyosatshunosligida shakllangan xarakterli nuqtai nazarlarni
umumlashtirganda, siyosatning funksiyalari quyidagilardan iboratdir:
- jamiyatning barcha ijtimoiy tabaqalari va guruhlarining hokimiyatga
bog’liq manfaatlarini ifoda etadi. Bu ma’noda siyosat kishilarga o`z
ehtiyojlarini qondirishlari va ijtimoiy maqomlarini o`zgartirishlari
uchun qo’shimcha imkoniyatlar berish vositasidir;
- siyosat fuqarolar manfaatlarini faollashtirish, ziddiyatlarni ochib berish,
maqsadlarni qo’lga kiritish jarayonlarni kuzatib boorish natijasida
jamiyatda paydo bo’lgan ziddiyatlarni o’zaro muvofiqlashtiradi va
keltiradi, ularni davlat va fuqarolar o’rtasidagi ma’rifiy va madaniy
muloqotlar oqimi sari yo’naltiradi. Shuning uchun ham Ploton siyosatni
“birlikda yashash san’ati” deb bejiz aytmagan;
- siyosat ijtimoiy majburlash vositasidan foydalanish imkoniyatini
nazarda tutgan u yoki bu aholi tabaqalari yoki barcha sotsiumning bir
butun manfaatlaridan kelib chiqadigan ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga
rahbarlik qilish va boshqarish, ya’ni ziddiyatlarni muvofiqlashtirish va
keltirishga doir o’ziga xos funksiyani bajaradi;
- siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni muvofiqlashtirish va boshqarish
asnosida aholi turli tabaqalarning manfaatlarni bir butun manfaatlar
tizimiga keltirishning ustuvorligiga muhim ahamiyat berish asosida
ularni integratsiya qilishni mo’ljallaydi. Siyosat ijtimoiy tizim bir
butunligini ijtimoiy tartibni (hattoki idora etish rejimlari o`zgarganda
ham) ta`minlaydi.
- Siyosat shaxsni ijtimoiylashtirishning muhim vositasib, uni ijtmoiy
munosabatlarining murakkab olib kiruvchi omildir. Siyosat sohasida
shaxsning ijtimoiy faolligining ustuvor motivi – bu uning muhitga
moslashuvi emas, balki shaxsning o`zgarish va takomillashish
ehtiyojlaridir. Shu tariqa, inson siyosat vositasida o`zining hayotiy
ehtiyojlarini qondirish, hozirgi zamon dunyosini real tasavvurlash
qobiliyatiga ega bo`la oladi. Ana shu sababli ham siyosat o`ziga hos
bo`lgan insonni kamolotga yetkazish funksiyasini ham bajaradi. U
shaxsga o`zini mustaqil ijtimoiy faol mavjudot sifatida rivojlanish
imkoniyatlarini yaratib beradi;
- Siyosat fuqarolarning individual maqsadlari va guruhiy manfaatlarni
amalga oshirishga imkoniyatlar yaratib, jamiyat va shaxsning ijtimoiy
22
rivojlanishini
yangilanib
turishini
(inovatsiyasini)
ta`minlaydi.
Boshqacha aytganda, jamiyat siyosiy muvofiqlashtirish usullaridan
foydalangan holda hayotni ijtimoiy tashkil etishning yangi shakllarini
barpo etadi, inson va tabiat, xalqlar o`rtasidagi munosabatlarni
kengaytirish uchun shart-sharoitlarni yaratadi.
- Albatta
yuqorida
keltirilgan
fikrlar
siyosatning
eng
asosiy
funksiyalariga doirdir. Chunki siyosat nafaqat aniq ko`zga tashlanib
turgan, ochiq ifodalagan funksiyalarni, shuningdek, latent (yashirin)
funksiyalarni ham bajarishi mumkinligini AQSh olimi R.Merton qayd
etgan edi. Tirik organizmlarda bo`lgani kabi u yoki bu jamiyatlarda
siyosatning ma`lum funksiyalari rivojlanmagan xarakter kasb etishi
mumkin. Masalan, jamiyatning u yoki bu sohalariga davlat
aralashuvining ijobiy natijalarini tasavvur qila olmaslik holati siyosatni
ijtimoiy jarayonlarni boshqarish imkoniyatlaridan butunlay yoki to`la
mahrum qilib, uni yuz berayotgan hodisalarga nisbatan doimo kechikib
munosabat bildiradigan holatga solib qo`yishi mumkin. Shuning uchun
ham siyosatning asosiy funksiyalarini amalga oshish (yoki amalga
oshmaslik) xarakterining yetukligi va rivojlanganligi to`g`risidagi
tasavvurga ega bo`lishga zaruriyat tug`iladi.
Dostları ilə paylaş: