Qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yo‘nalishiga aylandi.
1995—2004 yillarda Oliy Majlis 240 ta qonun, 778 ta qaror qabul qildi,
amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi, 130
dan ziyod xalqaro shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. Mamlakatning
qonun chiqaruvchi oliy organi mazkur bosqichda davlat suverenitetini,
fuqarolar
tinchligi
va
ijtimoiy
barqarorlikni
mustahkamlashga,
jamiyatda
demokratik,
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirishga ko‘maklashadigan qonunlar ishlab chiqish va qabul
qilishga intildi. Natijada parlament mamlakatning demokratik va taraqqiyot
yo‘lidan mustaqil rivojlanib borishining huquqiy negizini anchagina
kengaytirdi va mustahkamladi. Misol uchun, birinchi chaqiriq Oliy
Majlis tomonidan qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi,
«Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi, «Oliy Majlisning Inson
huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunlarda va boshqa
qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asos solingan
normalar yanada rivojlantirildi. Parlament nazorati bir palatali Oliy
Majlis faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Oliy Majlis
qo‘mitalari va komissiyalari qonunlar, konvensiyalar, milliy dasturlar ijrosini
nazorat qilish tartibida har yili 60 ga yaqin masalani ko‘rib chiqdilar. Bunday
nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatning barcha viloyatlari,
shuningdek, Toshkent shahrini qamrab oldi. Bir palatali Oliy Majlisning
nazorat faoliyatini tahlil etish bir qator qonuniyatlarni namoyon etdi.
Birinchidan, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini va huquqni tatbiq
etish amaliyotini hisobga olgan holda muqaddam qabul qilingan qonunlarni
takomillashtirish tamoyili yil sayin kuchaya bordi. Ikkinchidan, qonun
ijodkorligi ishi borgan sari tarmoq tusini kasb etib, ayrim sohalardagi
munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga intildi. Uchinchidan, bir
62
necha qo‘mita va komissiyalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan
tayyorlangan hamda muhokamaga kiritilgan huquqiy hujjatlarning soni ortib
bordi.
Dostları ilə paylaş: |