Soliq siyosati – mamlakat taraqqiyoti kapital qo`yilmalarni
moliyalashtirishda “majburiy jamg`armalar” tashkil etuvchi asosiy omillardan biri.
Sarf-xarajat balansi (spending balance) – makroiqtisodiyotda YaMMni
ishlab chiqarishga kеtgan jami xarajatlar va yaratilgan yalpi milliy mahsulotning
oxirgi istе'mol maqsadida ishlatilishi orasidagi balans.
Solishtirma afzallik (comparative advantages) – ayrim iqtisodiy
agеntlarning tovar va xizmatlarni kamroq xarajatlar evaziga ishlab chiqarish
xususiyati. Makrodarajada solishtirma afzalliklar prinsipi ishlab chiqarish va
eksportning samarali tuzilmasini shakllantirish uchun qo`llaniladi.