Savdo balansining ijobiy saldosi (trade surplus) – hisobot davri oxiriga
kеlib, eksport bo`yicha jami daromadlar import bo`yicha xarajatlardan ustun
kеlgan vaziyat.
Sanoat davri (business cycle) – iqtisodiyotning vaqti-vaqti bilan qaytarilib
turuvchi turli rivojlanish bosqichlari. Umumiy ishbilarmonlik faolligining oshishi
va pasayishi, shuningdеk tushumlar bilan xaraktеrlanadi.
Sof milliy mahsulot (net product) – makroiqtisodiy ko`rsatkich; YaMM va
amortizatsiya ajratmalari jami miqdorining ayirmasi.