3 8
!
munosib javob topishi, eng muhimi esa, boyni bu savolni berish-
dan bezdirib tashlashi kerak! U Sariboyni uncha-muncha gap
bilan, yangilik bilan lol qilib bo‘lmasligini yaxshi biladi. Demak,
«sopini o‘zidan chiqarish» – boyning «nozik joyi»dan ushlash
lozim. Uning nozik joyi esa mol-mulki, boyligi bilan bog‘liq.
Gap ana shu mavzuga burilsa, «boyning chaynab turgan yaxna
tilni yutishga ham darmoni qolmaydi». Bir xabarni ikkinchi bir
xabarga shunday ulash kerakki, natijada «innaykeyin» degan
bema’ni savolni berishga Sariboyning yuragi dosh bermasin.
Shum bola xuddi shunday qiladi ham. «Dandon sopli pi-
choq»ning sinishi bilan boshlangan gap kenjatoy o‘g‘il Bo‘ri-
boyvachchaning «terakdan yiqilib o‘lishi» bilan tugaydi. Bu
ham yetmaganday, boyning turmushga chiqmagan o‘rtancha qizi
«dunyoga arziydigan o‘g‘ilcha tug‘gani», chaqaloq esa Badal
aravakashga «quyib qo‘yganday» o‘xshashi to‘g‘risidagi gaplar
Sariboyni, nihoyat, yiqitadi. Shundan keyin ham ezma boy
«innaykeyin»lab ko‘rsin-chi!
Dostları ilə paylaş: