1 4 8
«Qatag‘on», «Inson sadoqati», «To‘ylar muborak» nomli dra-
malari respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan.
Bundan tash-
qari, yozuvchining ko‘plab axloqiy-ma’rifiy mavzudagi ssena-
riylari televideniyeda ekranlashtirilgan.
O‘tkir Hoshimov O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991-yil) un-
voni, «Mehnat shuhrati» (1996-yil) va «Buyuk
xizmatlari
uchun» (2001-yil) ordenlari bilan taqdirlangan. Adib 2013-yil
24-mayda vafot etdi.
Aziz o‘quvchilar! Siz bilan sevimli adibimizning «Urushning
so‘nggi qurboni» hikoyasi haqida gaplashamiz va bu asarni
to‘liq o‘qib chiqishni maslahat beramiz.
Chunki asar urush haqi-
da, urushning fojiali oqibatlarga olib kelishi haqida. Darhaqiqat,
insoniyat tarixida eng dahshatli qirg‘inbarot –
Ikkinchi jahon
urushi millionlab kishilar yostig‘ini quritishdan tashqari, odam-
lar ongi, ruhiyatida ham yomon o‘zgarishlar yasadi. Ochlik,
muhtojlik
odamlarni asabiy, bir-biriga g‘anim qilib qo‘ydi, ay-
rimlarni egri yo‘lga boshladi.
«Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasi qahramoni Umri xola
urush ketayotgan joylardan minglab kilometr uzoqda bo‘lsa-da,
halok bo‘ladi. Umri xola o‘limi sabablarini asarni o‘qigach,
anglab olasiz.
Dostları ilə paylaş: