1 4 5
!
Shundan so‘ng asarda zamonaviy O‘zbekiston vasfi bosh-
lanadi. Bilasizki, har yili kuz faslida saxiy yerimiz yil – o‘n
ikki oy mehnat qilgan dehqonni o‘zining ne’matlari ila siylaydi.
Bizning yurtimiz paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi
o‘rinlarda turadi. Agar kuz faslida safarga chiqsangiz ko‘rasizki,
mamlakatimizdagi yuzlab paxta tayyorlash punktlarida momiq
oq oltindan oppoq tog‘lar uyuladi. Shoir bu manzarani
quyidagicha obrazli ifodalaydi:
Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon o‘zbegim.
O‘zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O‘zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.
Yuqorida aytganimizdek, sho‘ro mafkurasi barchani «ulug‘
sovet xalqi» ro‘yxatiga tirkagan, ijodkorlardan ham asosan mana
shu tushuncha to‘g‘risida hamd-u sanolar bitishni talab etardi.
Shoir mana shu qaltis siyosatdan cho‘chimay, avvalo o‘z
xalqiga sodiq farzand bo‘lmoqlikni maqsad qiladi.
Dostları ilə paylaş: