1 3 7
!
E. Vohidov faqat she’r va dostonlar yozibgina qolmay, bosh-
qa janrlarda ham barakali ijod qildi.
U dramaturgiya sohasida
ham o‘z qalamini sinab, «Oltin devor», «Istanbul fojiasi» kabi
dramalar yaratdi. Ayniqsa, «Oltin devor»
komediyasi uzoq yillar
o‘zbek teatri sahnasidan tushmay keldi. Bu komediya jahonning
qator
tillariga tarjima qilinib, teatrlarda sahnalashtirildi.
E. Vohidov ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan
asarlarini to‘plab «Ishq savdosi», «She’r dunyosi», «Umr dar-
yosi» va «Ko‘ngil nidosi» nomli to‘rt jildlik saylanmasini o‘quv-
chilarga taqdim etdi. Bu
asarlar faqat shoir qalbining, kechin-
malarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko‘zgusidir.
Shoir
asarlaridan hayotga, go‘zallikka muhabbat, yovuzlikka,
tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni –
«Nido»da insoniyatga og‘ir judoliklar,
bitmas jarohatlar keltira-
digan urush qattiq qoralansa, keyinroq bitilgan «Ruhlar isyoni»
dostonida xalqlar,
millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar basha-
riyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan.
Bu esa shoir ijodida insonparvarlik hamisha bosh mavzu bo‘lib
kelganini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: