1 3 6
!
Shuning uchun ham uning «Tong lavhasi», «Kamtarlik
haqida», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi qator
she’rlaridagi chuqur ma’no go‘zal
ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan
uyg‘unlashib ketgan. Masalan,
shoir turmushdagi oddiygina
holatdan – choy quyilayotganda choynakning piyolaga
«egilishi», choy ichayotganda inson
piyolaning peshonasidan
«o‘pishi»dan ajoyib she’r yaratadi:
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan,
manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan.
Piyolani
inson shuning-chun
O‘par doim peshonasidan.
Universitetni tugatgach Erkin Vohidov «Yosh gvardiya»
nashriyotida, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nash-
riyotida muharrir,
bosh muharrir, direktor, «Yoshlik»
jurnalida
bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritdi. Ko‘plab sara,
sifatli asarlarning nashr etilishiga hissa qo‘shdi. Ayni paytda
o‘zi ham «Nido», «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh mas-
kani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi.
Shoir ijodini uning tarjimonlik
faoliyatisiz tasavvur etish
qiyin. U ko‘plab mashhur jahon shoirlarining asarlarini o‘zbek
tiliga mahorat bilan o‘girgan.
Dostları ilə paylaş: