Mamadaliyeva maxliyo raxmatullo qizi buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati bitiruv malakaviy ishi


II  BOB.  BUXORO  AMIRLIGI  DAVLAT  MUASSASALARINING



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#42535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
II  BOB.  BUXORO  AMIRLIGI  DAVLAT  MUASSASALARINING 

TASHKIL TOPISHI VA FAOLIYATI………………………………………...23 

2.1. Buxoro amirligini markaziy va mahalliy boshqaruvida faoliyat yuritgan 

davlat muassasalari…….……………………………………............…………….23  

2.2.  Buxoro  amirligida  harbiy,  diniy  va  sud  sohasidagi  davlat  muassasalari 

faoliyati …………………………………………………………...........................38 

 

XULOSA…………………………………………………………………..47 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………..……49 

 



 



KIRISH 



Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  Turkiy  urug`lardan 

bo`lgan  mang`itlar  hukmronligi  davrida  Buxoro  amirligining  davlat  tizimini, 

boshqaruv tartiblarini, sud va sudlov masalalarini hamda mang`it hukmdorlarining 

tashqi  diplomatik,  siyosiy  va  madaniy,  savdo-sotiq,  harbiy  munosabatlarini 

o`rganish  o`zbek  milliy  davlatchiligi  tarixini  to`laroq  yoritishga  katta  hissa 

qo`shishi shubhasizdir. 

O`zbek  xalqining  qadim  davlatchilik  tarixiga,  uning  barcha  bosqichlari  va 

davrlariga  xolis,  haqqoniy  baho  berish,  tarixiy  adolat  nuqtai  nazaridan  yoritish 

oldimizga  turgan  dolzarb  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Zero,  Prezidentimiz  I.  A. 

Karimovning  “Tarixga  murojaat  qilar  ekanmiz,  u  xalq  xotirasi  ekanligini  nazarda 

tutishimiz  kerak.  Xotirasiz  barkamol  kishi  bo`lmaganidek,  o`z  tarixini  bilmagan 

xalqning  kelajagi  ham  bo`lmaydi”

1

 degan  fikrlari  davlatchilik  masalalari  bilan 



bevosita shug`ullanuvchi olimlar oldiga katta vazifalarni yuklaydi. 

Buxoro  amirligining  XIX  asr  oxirgi  o`n  yilliklari  –  XX  asr  boshlaridagi 

ijtimoiy-siyosiy  tarixini,  davlat  boshqaruvini,  diniy-huquqiy  va  harbiy  boshqaruv 

masalalarini o`rganish bizga muhim xulosalarni chiqarishga imkon beradi. 

Mavzuning  dolzarbligi  va  muhim  tarixiy  manbalarning  mavjudligiga 

qaramasdan,  Buxoro  amirligining  davlat  muasssasalari  tizimi  faoliyati  yetarlicha 

o`rganilmagan.  Milliy  davlatchiligimiz  tarixini  o`rganishga  jiddiy  e'tibor 

berilayotgan  hozirgi  kunda  bugungi  davr  talai  asosida  Buxoro  amirligining  davlat 

muasssasalari  tizimi  faoliyati,  markaziy  va  mahalliy  boshqaruv  tartiblari,  oliy 

tabaqa  amaldorlar  va  quyi  ma'muriy  birliklar  boshliqlarining,  harbiy-ma'muriy  va 

diniy  amaldorlarning  davlat  boshqaruvidagi  o`rniga  doir  ilmiy  asarlarga  ehtiyoj 

kattadir. 

Sobiq  sho`ro  davri  davlatchiligida  bunday  masalalar  bir  tomonlama,  o`sha 

davrda  hukmron  mafkura  manfaatlari  va  talablari  nuqtai  nazaridan  yoritilgan  edi. 

Shu  sababli  ham  bu  mavzuni  to`liq  va  batafsil  yoritilgan  deb  aytib  bo`lmaydi. 

                                                 

1

 Abdurahimova N. A. va boshq. Davlat muassasalari tarixi. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – Тoshkent: 



Sharq, 2007. – B. 118. 


 

Buxoro  amirligida  yetakchi  o`zbek  urug`lari,  xususan,  mang`it  urug`i  zodagonlari 



hukmron  tabaqaning  asosiy  tayanchi  bo`lib  xizmat  qildi.  Davlatdagi  eng  oliy 

harbiy-ma'muriy amaldorlar, mahalliy boshqaruvdagi asosiy mansabdorlar mang`it 

urug`iga  mansub  bo`lgan  kishilardan  tayinlanar  edi.  Shu  bilan  birga  bu  davrda 

mang`itlarga  va  boshqa  o`zbek  urug`lariga  mansub  bo`lmagan  kishilarning  ham 

davlat boshqaruvidagi yuqori amallarni egallash holati ko`zga tashlanadi. Bu yerda 

hatto  forslar  orasidagi  davlatda  amirdan  keyingi  ikkinchi  o`rinda  turadigan 

qushbegi  amaliga  tayinlangan  kishilarning  borligiga  ham  e'tiborni  qaratish  lozim. 

Bu  holat  Buxoro  amirligining  faqatgina  so`nggi  davriga  xos  bo`lib,  hatto  XIX 

asrning  o`rtalarida  ham  qattiq  amal  qilingan  qoida,  ya'ni  davlatdagi  eng  qori 

amaldorlarni  faqat  o`zbek  urug`lariga  mansub  bo`lgan  kishilarga  berish  an'anasi 

o`z kuchini amalda yo`qotganligini ko`rsatadi. 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin