Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Kirish, ikki bob, to’rt qism, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
7
I BOB. O’RTA OSIYODA DAVLAT MUASSASALARI VA
ULARNING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI O’RNI
1.1. O’zbekiston hududida davlat muassasalarining tashkil topishi
Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi yerlar va
sug‘orish kanallari bilan chegaralangan hududlarda paydo bo‘lgani haqida
ma’lumotlar bor. Dastlabki davlatlar miloddan avvalgi IV ming yillikda tashkil
topgan bo‘lib, ularda o‘ziga xos davlat muassasalari tizimi ham shakllangan.
Davlat tushunchasi ilgari ma’lum bir hukmron sinf manfaatlarini himoya
qiluvchi tashkilot sifatida talqin etilgan. Bugungi kunda esa davlat tushun-chasi
mohiyati tubdan o‘zgarib, u quyidagicha ta’riflanadi:
Davlat – suverenitetiga, boshqaruvning hamda fuqarolar huquq va
erkinliklarini himoya qilishning maxsus apparatiga ega bo‘lgan, shuningdek,
huquqiy normalarini yaratishga qodir bo‘lgan ommaviy hokimiyatning siyosiy-
hududiy tashkiloti. Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus
boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo‘lgan, barcha uchun majburiy qonunlar
chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan yagona siyosiy tashkilot. U
hokimiyatning bosh instituti bo‘lib, jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruh, sinf
va tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyatini va o‘zaro munosabatini tashkil etadi,
yo‘naltiradi va nazorat qiladi
4
.
Davlatning asosiy belgilari sifatida fuqarolarning ma’lum bir hududda
birlashishini, boshqaruv apparatini mavjudligi, barcha uchun majburiy bo‘lgan
asosiy qonun va qonun osti huquqiy-me’yoriy hujjatlarga egaligi, ichki va tashqi
siyosati hamda soliqlar tizimi shakllanganligini qayd etish joiz.
Jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib borishi bilan davlat
shakllari ham o‘zgarib borgan. Boshqaruv jihatidan davlat monarxiya va respublika,
tuzilishiga ko‘ra unitar (oddiy), federativ va konfederativ shaklda, siyosiy tartibi
bo‘yicha demokratiya, aksildemokratiya, fashistik va totalitar (mustabid)
4
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 2-жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедия” Давлат
илмий нашриёти, 2002. –Б. 445.
8
ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Birinchi bo‘lib demokratiya siyosiy tartibi Qadimgi
Yunonistonda miloddan avvalgi 594-yilda o‘rnatilgan bo‘lsa, respublika boshqaruv
shakli Qadimgi Rimda miloddan avvalgi 509-yilda joriy etilgan.
Davlat ishlarini tartibga solish, ichki va tashqi aloqalarni boshqarib turish
zaruriyati maxsus davlat muassasalarini tuzilishiga olib keldi. Ular turli tarixiy
davrlarda, turli siyosiy vaziyat va qonuniyatlar ta’sirida o‘zgarib, rivojlanib bordi.
O‘z xususiyatlariga ko‘ra davlat muassasalari mamlakatni boshqaruvchi, qonun
chiqaravchi, ijro etuvchi va sud organlari vazifasini bajarib keldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda davlat muassasalari (idoralari)
tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin. Davlat muassasasi – davlat
mexanizmining qonunga muvofiq ravishda o‘z tuzilishi, ijtimoiy hayotining
muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo‘lgan va
yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismi.
Davlat muassasalarining asosiy belgilari sifatida ularni maxsus qonun
chiqarish yo‘li bilan tashkil etilishini, unga yuklatilgan vazifalar doirasi
mavjudligini, boshqaruv apparatida mustaqil o‘ringa ega bo‘lishini, boshqa idoralar
bilan aloqalari va o‘ziga xos tuzilishga egaligini aytib o‘tish mumkin.
O‘zbekiston davlat muassasalarini vujudga kelishi masalasining o‘rganilishi
tarixini yorituvchi bir qator ilmiy nashrlar mavjud bo‘lib, ular hozirda ham o‘z
qimmatini yo‘qotmagan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A.
Karimov 1998-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan bir guruh tarixchi olimlar va ommaviy
axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvida o‘zbek xalqi tarixini har tomonlama
tadqiq qilish, davlatchilik tarixining turli bosqichlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
va ma’naviy hayotini o‘rganish yuzasidan bir qator takliflar ham bildirgan edi.
Shundan kelib chiqqan holda respublika kasb-hunar kollejlarining ish yuritish va
arxivshunoslik ta’limi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalariga O‘zbekiston
davlat muassasalari tarixini o‘rgatish alohida ahamiyatga ega. Mazkur firkrimiz
quyidagilar bilan asoslanadi:
1. Tashkilot, muassasa, idora va korxonalarda faoliyat olib borayotgan har
qanday ish yurituvchi hujjat turi, uni rasmiylashtirish tartibi hamda ish yuritish
9
tizimini to‘g‘ri tashkil etish uchun muassasa tushunchasiga ega bo‘lishi va ularni
kelib chiqish tarixini yaxshi bilishi talab etiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda “Arxivlar to‘g‘risida”gi
Qonuniga muvofiq, Milliy Arxiv Fondi tashkil etildi. Ma’lumki, O‘zbekiston
Respublikasi Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat arxiv fondlarini o‘z ichiga oladi.
Davlat arxiv fondi hujjatlar hajmi jihatidan katta qismni tashkil etishi va davlat
muassasalari faoliyati natijasida mujassamlashganligini inobatga olgan holda
ularning tarixini o‘rganish muhim masalalardan biri sanaladi.
3. Davlat arxivlari ishini tashkil etishda, ya’ni ularni hujjatlar bilan butlash,
hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilish, tartibga solish va ulardan ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda foydalanishni yo‘lga qo‘yishda
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini butlash manbai hisoblangan davlat
muassasalarini tuzilishi, vazifalari, faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish
zarur hisoblanadi.
O‘zbekiston hududida ilk davlatlarning vujudga kelishi ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishiga bog‘liq holda bo‘lgan. Mamlakatning tabiiy iqlimi
sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanishga katta omil bo‘lib xizmat qilgan.
Dehqonchilik, hunarmandchik va savdo-sotiqning rivojlanishi, shuningdek,
kuchayib borayotgan siyosiy qarama-qarshiliklar, harbiy to‘qnashuvlar ta’sirida
davlatlar vujudga kela boshlagan. Natijada yer maydonlariga bo‘lgan munosabat,
ayniqsa ularga egalik qilish udumlari asta-sekin o‘zgarib borgan.
O‘zbekiston hududida ilk davlat uyushmalari miloddan awalgi I ming
yillikning birinchi yarmida, ya’ni VII-VI asrlarda tashkil topgan
5
. Davlatga
yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun o‘ziga xos davlat muassasalari tizimi
joriy etilgan bo‘lib, davlatchilikning dastlabki bosqichida davlat muassasalari
vazifasini maxsus tayinlangan shaxslar amalga oshirgan. Yil sayin ko‘payib
borayotgan jamoa xo‘jaliklarida yer va suvni taqsimlash, qurilish va irrigatsiya
(sug‘orish) ishlarini yuritish, jamoaning ichki va tashqi ishlarini boshqarib turish
5
Abdurahimova N. A. va boshq. Davlat muassasalari tarixi. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – Тoshkent:
Sharq, 2007. – B.8.
10
zaruriyati “qishloq hokimlari” deb nomlanuvchi oqsoqol (yoki dehqon)lar sinfmi
shakllanishiga olib keldi. Ularning mol-mulkni himoya qiluvchi, dushmanlarga
qarshi harbiy yurishlar uyushtirish va tinch paytlarda qishloq aholisi ustidan
hukmronlik qilish uchun 50-100 tadan ortiq o‘z askarlari bo‘lgan. Ma’lum bir
hududda bir necha qishloqlar birlashib, tumanni hosil qilgan. Tumanni oqsoqollar
kengashi boshqargan. Oqsoqollar kengashi esa viloyat yoki shahar hokimiga
bo‘ysingan. Ba’zida esa viloyatlar biron-bir davlatga tobe bo‘lib, ularni mamlakat
hokimi – podshoh boshqargan. Masalan, Ahamoniylar davlati (miloddan awalgi VI
asr o‘rtalari) tarkibiga kirgan O‘zbekiston hududlari satrapliklar (viloyat)ga
ajratilib, ularni satraplar boshqargan. Satrap etib urushda yaxshi xizmat ko‘rsatgan
sarkardalar bilan birga mahalliy hokimlar ham tayinlangan.
Davlat rivojlanishi bilan uning vazifalari doirasi kengayib, natijada davlat
muassasalari tizimi ham takomillashib borgan. Har bir davlatning boshqaruv
idorasi, xodimlari, budjeti va muayyan ish yuritish tizimi mavjud bo‘lgan.
Ahamoniylar davrida bo‘lgani kabi Salavkiylar (miloddan awalgi 312-yil)
hukmronligida ham ko‘pgina davlat ishlarini olib boruvchi devonxona mavjud
bo‘lgan. Ayrim manbalarda keltirilishicha, saroydagi xat-hujjat ishlarini
boshqaruvchi maxsus lavozim joriy etilgan.
Mazkur davlatlar monarxiya shaklida boshqarilib, hukmdor qo‘lida qonun
chiqaravchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mujassamlashgan. Ayrim hollarda uning
vakolatlarini cheklab turuvchi davlat organi ta’sis etilib, mamlakatni boshqarish
o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilgan. Xususan, miloddan awalgi III asrning
boshlarida tashkil topgan Qang‘ davlatini boshqarish shakliga ko‘ra cheklangan
monarxiya deb atash mumkin. Chunki, mamlakatni boshqarishda podshohga
Oqsoqollar kengashi (Oliy kengash) yordam bergan. Hattoki yangi hukmdorni
taxtga o‘tqazish to‘g‘risidagi qaror Oqsoqollar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan
va tasdiqlangan.
Qadimgi Farg‘ona (Dovon mil. av. III asr) davlati oliy hukmdor – podshoh
tomonidan boshqarilib, uning ikki yordamchisi – vazir (katta va kichik) bo‘lgan.
Vazir etib podshohning yaqin kishilari yoki qarindoshlari tayinlangan. Qadimgi
11
Farg‘onada Qang‘ davlati kabi hukmdorlar boshqaruvda Oqsoqollar kengashiga
tayangan
6
. Kengash mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida faol ishtirok
etish bilan birga podshoh bilan bog‘liq rasmiy tadbirlarda ham ishtirok etgan.
Kengash qarori bilan davlatning muhim masalalari, ya’ni urush e’lon qilish, sulh
tuzish, dip-lomatik munosabatlar o‘rnatish kabi masalalar hal etilgan. Oqsoqollar
kengashi hukmdorni taxtga o‘tqazish va kerak hollarda taxtdan tushirish va jazolash
vakolatiga ham ega bo‘lgan. Masalan, xitoyliklar bosqini aybdori deb topilgan
Farg‘ona hukmdori Mug‘uy kengash qarori bilan qatl etilgani tarixiy manbalarda
ko‘rsatilib o‘tiladi.
Bundan tashqari davlat boshqaruvida diniy muassasalarning o‘rni ham
beqiyos bo‘lgan. Ibodatxonalar tasarrufida mulk va yerlar bo‘lib, ularni diniy
arboblar – kohinlar boshqargan. Kohinlar faoliyatini esa bosh ruhoniy nazorat qilib
turgan.
Umuman olganda, qadimgi davrlardayoq O‘zbekiston hududida o‘ziga xos
davlat organlari ta’sis etilib, ular boshqaruv masalalarini tartibli ijro etishga
yo‘naltirilgan edi.
Mahalliy hukmdorlar ichida eng yirigi Samarqand ixshidlari bo‘lib, ular
So‘g‘dning ilk feodal davlatlari konfederatsiyasi tarkibida katta siyosiy nufuzga ega
bo‘lgan. Mazkur ittifoq tarkibiga Buxoro, Kesh va Naxshab mulklari birlashgan.
So‘g‘d shahar va qishloq aholisi - naf, mulkdorlar – ozodkor, savdogarlar –
guvokor, dehqonlar – kashovarz, xizmatkorlar – korikor, tobe dehqonlar – kadivar
deb yuritilgan. Aslzodalar tabaqasiga podshoh, mahalliy hukmdorlar, yirik
dehqonlar kirgan. Podshoh davlat bosh hukmdori sanalib, u umumdavlat mulkdan
tashqari, o‘zining shaxsiy mulkiga ham ega bo‘lgan
7
.
Jamiyatda dindor shaxslarning ahamiyati katta bo‘lgan. Ular turli diniy
marosimlar va udumlarni ado etish bilan bir qatorda, davlatni boshqarishda
hukmdorlar ga o‘z yordamlarini berganlar. Diniy yerlarni vag‘nze, din peshvolarini
vag‘npat deb atashgan.
6
Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.102,
7
Сагдуллаев А., Аминов Б. ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. 1-қисм. –
Тошкент: Академия, 2000. –Б.72.
12
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston xududida ilk
davlat muassalari faoliyati asosan mahalliy va davlat mansablari bilan bog’liq
xolatda yuritilganligini ko’rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |