Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146
5-son-2018

Key words. Textbook, educational materials, structuration of educational materials, con-
centrism concept, information, attention of pupil.
Feruza QO‘CHQAROVA
andijon Davlat universiteti 
Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
YANGI AvLOD DARSLIkLARIDAGI O‘QUv 
MaTеriallarini kOnSEnTriZM PrinSiPi 
ASOSIDA TIZIMLASHTIRISH


104
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
Darslik shunday nashr turiki, unda o‘quv predmetining mazmuni mantiqiy ketma- 
ketlikda tizimli tarzda ifodalanishi zarur.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mavjud bo‘lgan darsliklarning tahlili shuni ko‘r-
satmoqdaki, ularning yangi tiplari va modellarini ishlab chiqishga kuchli ehtiyoj mavjud. 
Bunday ehtiyoj birinchi navbatda darsning tarkibiy qismlarini boyitishga bo‘lgan didak-
tik zaruriyat sifatida kelib chiqmoqda.
1
Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ham ta’lim mazmuni tash-
kil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lib, 
ulardan birortasini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Xo‘sh, ishni ularning qay-
si biridan boshlash zarur? ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda 
nimani (qaysi mazmundagi o‘quv materialini) o‘rganmoqchimiz yoki o‘rgatmoqchimiz, 
degan savol tug‘iladi. O‘rgatish ham, o‘rganish ham, ularning oxirgi natijasi ham ta’lim 
mazmuniga bog‘liq. Har xil mazmundagi matnlarni o‘ziga xos usullar bilan o‘zlashtirish 
qabul qilinganligi uchun o‘rgatishning qanday bo‘lishi uning mazmunidan kelib chiq-
di, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi, ya’ni o‘rgatuvchiga bog‘liq. Didaktik tafakkur bu 
— o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqadorligi, munosabatlarini iz-
lash, aniqlash demakdir. O‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi 
 uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vaziyatlar-
ni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o‘quv jarayoni samaradorligini 
oshiradi. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, o‘quv jarayonining yuqori sifat va 
samaradorligiga erishadi. Shu boisdan ham, pedagogik, didaktik, ta’lim texnologiyala-
riga o‘quv jarayonidagi eng samarali vositalar deb qaralmoqda. Ulardan dunyo peda-
gogik amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizning qator pedagog olimlari, tadqiqotchilar tomoni-
dan zamonaviy yangi avlod darsliklariga qo‘yiladigan talablar, ularning ta’lim jarayoni 
samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tadqiq etilmoqda. Mazkur dolzarb pedagogik 
muammoni o‘rganishda, avvalo, zamonaviy darsliklar qanday bo‘lishi lozimligi masa-
lasi yuzaga kelmoqda.
Pedagogika fanlari doktori, professor  U.inoyatov zamonaviy darslikka tavsif be-
rib quyidagilarni ta’kidlaydi: “Zamonaviy darslik – ta’lim-tarbiya mazmuni va vositalari-
ni o‘zida jamlagan manba. U ta’lim oluvchilarni o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlariga 
va ularning mustaqil ijodiy faoliyatlarida zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalari-
ni rivoj lantirishga xizmat qilishi lozim. Darslik shunday nashr turiki, unda o‘quv pred-
metining  mazmuni  mantiqiy  ketma-ketlikda,  uzviy  hamda  tizimli  ifodalanishi  zarur”
2
.  
O‘quv predmetining mazmuni uzviy va tizimli ifodalanishida, avvalo, o‘quv materialini 
maqsad ga yo‘naltirilgan ravishda tizimlashtirish talab etiladi. 
O‘quv materialini tizimlashtirish – o‘quv fanlari mazmunini tanlashni talab etuv-
chi murakkab intellektual jarayon. O‘quv materiallarini tizimlashtirish, o‘zida murakkab 
mantiqiy faoliyat va oldin o‘rganilgan materiallarni qayta tartiblashtirishni talab etadi. 
Tizimlashtirishning mohiyati o‘quvchilar axborotni idrok etganlaridan so‘ng ular ish ja-
rayonini loyihalay olishni bilishlaridan iboratdir.   
1
  осмоловская  И.М.  Учебники  нового  поколения:  поиск  дидактических  решений// 
отечественная и зарубежная педагогика. – 2014. - № 4. – C. 45-53. 
2
  inoyatov  U.  Zamonaviy  darsliklar,  o‘quv-metodik  majmualar,  elektron  didaktik  vositalarni 
yaratishga innovatsion yondashuv // Xalq ta’limi. – T., 2018. - № 3. – B. 9–11.


105
axborotning  o‘zgarishi  o‘z  ortidan  o‘quv  materialining  o‘zgarishiga  olib  keladi. 
Bunda  o‘quv  materialining  xarakteriga  ko‘ra  bilim  va  ko‘nikmalarni  taqsimlash  talab 
etiladi.
O‘quv  materiallarini  tizimlashtirish:    birinchidan,  tushuncha,  nazariy  asoslarni 
shakllantirish; ikkinchidan, alohida mavzu, bo‘limlar, o‘quv fani bo‘yicha umumlashgan 
takrorlarni loyihalashni taqozo etadi. Birinchi holatda tizimlashtirish o‘quv materiali va 
nazariy bilish (tushuncha, konsepsiya, qonun va h.k.), ikkinchi holatda o‘quv materi-
alini qayta tizimlashtirishni talab etuvchi o‘quv modellari tizimini modellashtirish bilan 
bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Demak, o‘quv materiallarini tizimlashtirish o‘zida bilimlar 
va algoritmik modellarni shakllantirish jarayonini aks ettiradi.
 konsentrizm prinsipi asosida tanlangan o‘quv materiallari barcha dalillarni yaxlit 
qamrab olish imkonini beradi. Didaktik birliklarni  yiriklashtirish va konsentrlarga jam-
lash asosida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirishini kafolatlaydigan ta’lim texnologi-
yasini qo‘llash uchun keng yo‘l ochiladi, ya’ni o‘quvchida axborotlarni qayta ishlash 
ong osti mexanizmlarining faollashuvi, aqliy operasiyalarning muayyan makon va za-
monda yaqinlashishi, dalillarga asoslangan mantiqiy qismlar va ijobiy hissiyotlarning 
o‘zaro ta’siri tufayli amalga oshadi.
 O‘quv materiali deganda, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi talab etiladigan, 
maxsus tarzda strukturalashtirilgan va tizimlashtirilgan axborotlar tushuniladi. O‘quv 
materialini kontsentrlashtirish esa axborotlarni o‘zlashtirishga ajratilgan vaqtga asos-
langan holda, o‘quv materiallarini tizimlashtirishni talab etadi. Tadqiqot natijalari o‘quv 
materiallarini konsentrlarga jamlash o‘zida uch jihatni aks ettirishini ko‘rsatdi(1-jadval):
                                                                                                  
1-jadval

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin