113
Oilalarni mustahkamlash, ularni saqlab qolish, shuningdek, unda komil insonni
tarbiyalab voyaga yetkazish imkonini beruvchi muhitni yaratish choralaridan biri – bu
yoshlarni bo‘lg‘usi oilaga tayyorlash sanaladi.
Mustahkam oilaviy hayotga tayyor bo‘lgan ota-onalargina oilaning ijtimoiy, iq-
tisodiy va madaniy ehtiyojlarini qondira oladi, oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan
nizolarning oldini oladi.
Demak, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda yoshlarning fiziologik yetukligi bi-
lan bir qatorda ularning ma’naviy, kasb jihatidan, ya’ni professional, ijtimoiy, huquqiy,
psixologik yetuk bo‘lishlariga erishish. Buning uchun yoshlarga pedagog-o‘qituvchi-
lar, ota-onalar tomonidan shu jihatlarni muhim ekanligini o‘rgatib, tushuntirish ishlari-
ni maqsadli olib borish zarur.
Oilaviy turmushda yuzaga keladigan muammolar, hatto oilaning buzilishi va
uning salbiy asoratlari, hammasi undagi shaxslararo munosabatlar ta’sirining natijasi
ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bundan kelib chiqadigan xulosa shun-
dan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta, shaxsla-
raro munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘l-
ganligi tufayli, aynan shu muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni
taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: