43
Ma’naviyat va mafkura tushunchalarini tahlil qilishdan oldin eng avvalo, dunyo
haqida fikr yuritadagan bo‘lsak, u yagona unsur hosilasi emasligiga amin bo‘lamiz.
Uning mohiyati va tuzilish asosini moddiy va nomoddiy unsur (element)lar tashkil
etadi.
Ta’kidlash kerakki, dunyo asosini tashkil etuvchi bu ikki moddiy (shakl, ta’m, hid,
rang va ovozga ega bo‘lgan) va nomoddiy (faqat mazmungagina ega bo‘lgan) unsur-
lar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, ularni har ikkisining majudligi bilangina dunyo tom
ma’noda mukammallik kasb etadi.
Ma’naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, shu qudratni uyg‘otish va hara-
katga keltirishga muvaffaq bo‘linsa, barcha ulug‘vor rejalarni amalga oshrish uchun
imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg‘or tamoyillari
darajasida yondashilsa, milliy ta’limning eng muhim vazifasi ham ana shu imkonni
shakllantirish, ya’ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uyg‘otib, uni basha-
riyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan o‘zanlar sari yo‘naltira bilish bilan bel-
gilanadi.
“Ma’naviyat” arabcha so‘z bo‘lib, “ma’no” fe’lidan olingan: ruh, aql, ong, idrok, ruhiy
holat, ichki kayfiyat, dadillik, jasorat, xususiyat, mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish kabi bir
necha ma’nolarni anglatadi. Ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olami yig‘indisidir.
U jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aq-
liy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat – inson va jamiyat
madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’lum yo‘nalishining bosh omili. U
muayyan iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o‘zgarishi yoki inqirozga yuz
tutishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq etib boradi va
aksincha, qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi. Mustaqillik yillari-
da mazkur masalaga munosabat tubdan o‘zgarib, uning boyib borishiga kuchli e’tibor
berilayotganining boisi ham shunda.
Qolaversa, muayyan yoshga kelib to‘g‘ri tarbiyalangan inson (bu yosh har bir in-
sonda har xil bo‘lib, u insonning irsiyati, oilaviy muhiti, o‘zlashtirish qobiliyati va boshqa
shu kabi omillarga bog‘liq) endilikda nomoddiy unsurlar majmuasi bo‘lmish ma’navi-
yatni o‘zida shakllantirish zarurligini anglay boshlaydi. Shu davrdan boshlab ma’na-
viyat insonda boshqalarning ta’sirisiz, ixtiyoriy tarzda shakllana boshlaydi. Bu davrda
tashqi majburlovning yo‘qligi, jarayonni ongli va ixtiyoriy tarzda kechishi inson hayotida
ma’naviyatni shakllanish davri boshlanganligini bildiradi. insonda ma’naviyatni shakl-
lantirish yoki shakllanish jarayoni uzoq vaqt davom etadigan, mashaqqatli va murak-
kab bo‘lib, bu jarayonni mafkurasiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
“Mafkura” deganda muayyan ijtimoiy guruh, sinf, millat yoki xalqning dunyoqa-
rashini ifodalaydigan ilmiy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy yoki boshqa (masalan, diniy) tomon-
dan tizimga solingan g‘oyalar, tamoyil va kategoriyalar yig‘indisi hamda ularning jami-
yat hayotiga tatbiq etish yo‘llari, usul va vositalari majmuasi tushuniladi.
Mafkuralar ma’no-mohiyatiga ko‘ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’li-
motlar asosida yaratiladi. Xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda
siyosiy g‘oyalar bilan birga, diniy oqimlar
va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan na-
zariy asos sifatida foydalanadi.
Mafkura asosan, uch tarkibiy qismdan tashkil topadi. Uning ushbu tarkibiy qism-
lari:
– muayyan tizimga solingan (ilmiy, falsafiy, diniy va boshqa tomondan asoslan-
gan) g‘oyalar,
kategoriyalar,
tamoyillar majmui;