Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146
5-son-2018

Annotatsiya


65
qaratila boshlandi. Chunonchi, bugun matbuotda yoki kundalik muloqotda “turizm”, 
“ziyorat  turizmi”,  “gastronomik  turizm”,  “ekologik  turizm”  kabi  atamalarni  qo‘llash 
keng ommalashdi. 
O‘tmish yodgorliklari, ya’ni madaniy-tarixiy obidalarni qayta tiklanishi, u yerlarga 
sayyohlarni yanada kengroq jalb etish hamda sohani yanada takomillashtirishning 
yangi  bosqichiga  ko‘tarilishi,  ushbu  madaniy  meros  obyektlarining  bugungi  kunda 
mamlakat rivoji va aholi turmush tarzida o‘rni muhim ekanligini ko‘rsatmoqda. ay-
niqsa, bu borada O‘zbekiston  respublikasi Prezidentining alohida Farmoni va te-
gishli  qarorining  qabul  qilinishi  yurtimizdagi  madaniy-tarixiy  obidalar  imkoniyatlari-
dan yanada kengroq foydalanishni, yoshlar ongida bunday muqaddas qadamjolar 
to‘g‘risidagi  tasavvurlarni  yanada  boyitish  va  rivojlantirishda  muhim  qadam  bo‘ldi. 
Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga qilgan 
o‘z Murojaatida “yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud 
va ularning aksariyati yUnESkO ro‘yxatiga kiritilgan. Mamlakatimizning betakror ta-
biati, go‘zal dam olish joylari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar 
ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turiz-
miga ham alohida e’tibor qaratishimiz zarur...”, degan edi. 
ayniqsa,  so‘nggi  yillarda  tarixiy  merosimizni  asrab  avaylash,  madaniy  meros 
obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni ta’mirlash va obodonlashtirish, jum-
ladan,  ziyorat  turizmi  sohasini  ravnaq  toptirishga,  shu  orqali  aholi  turmush  tarzini 
yaxshilash, ular uchun munosib hayot asoslarini yaratib berish borasida “O‘zbekis-
ton bo‘ylab sayohat qil!” dasturining qabul qilinishi ushbu masalalarga bugungi kun-
da davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganligidan dalolatdir. Bu esa ushbu 
yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish nuqtayi nazaridan ajdodlarimizning tarixiy an’a-
nalariga hamda tajribalariga tayangan holda ish olib borish zaruratini tug‘dirmoqda. 
Mazkur omillar jamiyatimizda kechayotgan jadal islohotlar sharoitida o‘zbek xalqi-
ning an’anaviy, moddiy va ma’naviy madaniyati durdonalarini ta’lim muassasalarida, 
ayniqsa, oliy ta’lim tizimida ham o‘rganishni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islo-
hotlar ta’lim sifatini oshirish, darslarda ta’limning yangi pedagogik texnologiyalaridan 
unumli foydalanish, oliy o‘quv yurti talabalari ongida yangicha dunyoqarash hamda 
sifatlarni shakllantirishni talab etmoqda. Jumladan, talabalar ongida madaniy-tarixiy 
obidalar haqidagi bilimlarni yanada boyitish nuqtayi nazaridan dars o‘tishning naza-
riy va amaliy usullaridan foydalanish uning samaradorligini oshirishga xizmat qilishi 
shubhasiz. 
yaqin vaqtlargacha eskicha uslubda “Ekskursiya darsi” deb atab kelingan dars 
o‘tish shaklini biz shartli ravishda “Ziyorat darsi” deb nomlashni lozim topdik. Bu usul 
orqali talabalarga tanish bo‘lgan biron bir obyekt, voqea-hodisa yoki asarni tahlil qi-
lish, u xususidagi bilimlarini umumlashtirish mumkin. 
Jumladan, madaniy-tarixiy obidalar fuqarolar, ayniqsa, yoshlar ongida ko‘plab 
ma’naviy, axloqiy sifatlarni shakllantirishi, shubhasiz. Madaniy-tarixiy obidalar bi-
lan bog‘liq mavzuni barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarda, xususan, pedagogika fani 
darsida,  tarix,  dinshunoslik,  ma’naviyat  asoslari,  falsafa,  sotsiologiya  kabi  fanlar 
doirasida ham tashkil etish mumkin. Ushbu texnologiyaning o‘ziga xosligi shunda-
ki, bunda talabalar individual, ya’ni yakka holda va guruhlarda ishlaydilar. Buning 


66

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin