Ilmiy rahbar
dots.Z.Aliqulov
6
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” yosh avlodning mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur ko’nikmalariga
ega bo’lishini ta’lab qiladi. Bunday ko’nikma va malakalarni shakllantirishning
asosiy vositalaridan biri esa tarbiyalanuvchilarga o’zbek tili imkoniyatlari
xazinasini ochish, undan ijodiy va unimli foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish
asosiy vazifalaridan biridir.
Umuman olganda til haqidagi fanning shakllanishi, odatda, XIX asrning
boshiga to’g’ri kelib, tilshunoslikning eng asosiy, tub muammosi, jumladan so’z
turkumi va gap bo’lagi, tilning tabiati, til belgisining ma’noda aloqadorligi,
mantiqiy, gramatik va boshqa hodisa munosabati va hatto, til, lison va nutq
munosabati, tilning sistemaviy xarakteri, sistema ekanligi, yaxlit strukturadan
iborat ekanligi kichik sistemaning katta sistema tarkibiga kirishi, ular o’rtasida
juda zich aloqa mavjudligi, bu aloqasiz, strukrurasiz yaxlitlikning, yani tilning o’zi
bo’lmasligi hamda unga yondashuvda ham doimo qadimdan boshlab sistema
sifatida yo’l tutilganligi, shuningdek, tilning kelib chiqishi qamrab olinadigan
bo’lsa, tilshunoslik fanining shakllanishi uzoq tarixga borib taqaladi. O’z davrida
Mahmud Qoshqariy ham yunon va arab tilshunosligi an’anasiga ko’ra so’zlarni
uch guruhga ajratadi:
a) ism;
b) fe’l;
c) yordamchi so’zlar.
Alisher Navoiy turk tilining shuhratini olamga yoyish bilan birga, umuman
tilshunoslikning eng muhum masalasiga nisbatan o’z fikrini ham aytib o’tgan,o’z
munosabatini bildiradigan. Alisher Navoiyning marfologik qarashi uning quyidagi
fikrlarida, talqinida o’z ifodasini topgan: so’zni uch turkumga ajratadi: fe’l, ism va
yordamchi.
1
1
Замонавий ўзбек тили. Морфология.- Тошкент: Мумтоз сўз, 2008, 33-бет.
7
So’z doimo tilshunoslarning diqqat markazida bo’lib kelgan, Fitratning so’zga
jiddiy e’tibor berilganligi, ayniqsa, so’zga ham, avvolo, ma’no anglatish nuqtai
nazaridan yondoshganligi, birinchi o’ringa mazmunni qo’yganligi, ya’ni ma’nodan
shaklga qarab borganligi muhim. Olim, avvalo, so’zga ta’rif beradi: “So’zga bir
ma’noni bildirgan tovush to’dasi”, o’ziga xos maxsus ohangi va bosimi bo’lgan
tovush to’dasi “,-degan fikr bildiradi.
2
Tabiiyki, so’z fikr bayon qilishda eng asosiy vazifani bajaradi; fikrni gap
ifoda qiladi, gap esa so’zdan tuziladi. Gap bilan so’z bir-biri bilan zich bog’langan
buning orasida dileaktik qonuniyat mavjuddir. Har bir so’zning ikki tamoni
mavjud bo’lib, bu uning ichki va tashqi tamonidir. Buning birinchisi – so’zning
ma’nosi, ikkinchisi esa tovush tamonidir.
Har bir so’z shu ikki tamonning birligidan iborat. Demak, so’z – nutqning
mastaqil bo’lagi, u ma’no va shakillanish jihatidan bir butunlikka ega. So’z
sistematik va gramatik butunlikdan iborat… So’z leksikologiyaning ham,
grammatikaning ham ob’yekti. O’z navbatida leksikologiya so’zning ma’nosi, bu
ma’noning taraqqiy etish yo’lini, gramatika esa so’zning strukturasini, tarkibini,
morfemasini, so’zning turkumga bo’linishini tekshiradi. Bular bir-birlari bilan
uzviy bog’liqdir.
So’z nutqning eng asosiy bo’lakalaridandir, chunki insonlarning o’zaro
aloqa-aralashuvida, fikrlashuvida eng muhim vazifani gap va so’z bajaradi.
Demak, so’z fikr bayon qilishda eng asosiy vazifani bajaradi: fikrni gap ifoda
qiladi, gap esa, so’zlardan tuziladi: “Til –kishi aloqasini eng muhim vositasi”.
Tilning asosiy materiali so’z bo’lib, u turli mano’larni ifodalashga xizmat qiladi.
So’z orqali turmushning turli tomonlari, kishilik jamiyatining, insonning turmush
tajribalari aks ettiriladi. So’z predmet, harakat, holat kabi ma’nolarni, his
tuyg’ularni bildiradi.
3
2
Юкоридаги манба. 35-бет.
3
Ҳозирги замон ўзбек тили. – Тошкент: Фан, 1957, 285-286-бетлар.
8
So’zlar ma’nosiga va grammatik xususiyatlariga – morfologik xususiyatlariga
va sintaktik roliga qarab bir qancha to’dalarga bo’linadi. So’zlarning bu to’dalari
so’z turkumlari sanaladi.
So’zning semantik belgisi uning predmet, belgi, harakat kabi ma’nolarni
ifodalashidir: ot predmetni bildiradi va fe’l esa harakat va holatni bildiradi va
boshqalar. So’zning sintaktik belgisi uni gapda bajaradigan vazifasidir.
Har bir so’z semantik va grammatik xususiyatlari bilan gapning ma’lum bir
bo’lagi vazifasida kelishga mos bo’ladi; har bir bo’lak uchun tipik so’zlar –
semantik va grammatik xususiyati bilan shu bo’lakka juda mos keladigan so’zlar
bor. Masalan, kesim uchun tipik so’z –fe’l, aniqlovchi uchun tipik so’z – sifat.
So’z nutqda o’ziga tipik bo’lmagan holda qo’llanilishi ham mumkin. Bu hodisa
o’sha so’zning turkum vazifasida qo’llanilishidir.
4
“Hozirgi zamon o’zbek tili” (1957) kitobida so’zlar … mustaqil so’zlar,
yordamchi so’zlar, modal so’zlar, undov va mimemallar.
Mustaqil so’zlar: o’z ayrim ma’nosiga ega (predmet, belgi, miqdor, harakat
kabi ma’nolarni bildiradi): o’z ayrim urg’usiga ega: yasalish, turlanish, tuslanish
kabi marfologik xususiyatlariga ega: gapning biror bo’lagi vazifasida qollaniladi,
ayrim o’rinlarda uning bir o’zi bir gapni hosil qiladi.
Yordamchi so’zlar yakka holda ma’no bermaydi, nutq chidagina bilinadi: ular
odatda o’z ayrim urg’usiga ega bo’lmaydi: marfologik so’zlarning munosabatini
ko’rsatadi, yoki so’z (mustaqil so’z) va gaplarning ma’nosiga bir oz boshqacha tus
– ottenka berish uchun xizmat qiladi. Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlardan
tug’ilgan.
So’zlovchining aytilayotgan fikriga, voqelikka munosabatini bildiradigan,
balki, albatta kabi so’zlar modal so’zlar deyiladi.
Ushbu darslikka modal so’zlar, undov va mimimalar na mustaqil na
yordamchi so’z turkumlariga kiritilmasdan, alohida so’z turkumi sifatida berilgan.
4
Ҳозирги замон ўзбек тили.- Тошкент: Фан,1957, 303-бет.
9
Modal so’zlar so’z – gap tarzida emas, balki so’z sifatida talqin etilganligini
ko’ramiz.
Mustaqillik davridan buyon so’z-gap shaklida berilayotgan modal so’zlar,
undov va taqlidiy so’zlar mavjud darsliklarda turlicha talqin etilganini kuzatish
mumkin. …Demak, so’zlarning gapda qanday gap bo’lagi bo’lib kelishi yoki gap
bo’lagi bo’la olmasligi, qanday so’zlar bilan aloqaga kira olishi uning ma’nolarga
va grammatik formalariga bog’liq bo’lgan hodisadir. Shuning uchun so’zlar uch
belgini, semantik, morflogik va sintaktik belgilarni nazarda tutgan holda
turkumlarga ajratiladi. Bu belgilar hamma so’z turkumlarida bir xil darajada
mavjud emas, albatta. …Yordamchi so’zlarga ko’makchi, bog’lovchi, yuklama va
modal so’zlar kiradi.
Undoshlar va taqlid so’zlar kishining his-tuyg’usi, istagining, tovush va
harakatining atamasi bo’lmasa ham, uning bevosita ifodasi yoki obrazi bo’lgan
so’zlardir. Bu guruppa mustaqil so’zlar bilan yordamchi so’zlar orasida turuvchi va
bir-biridan farq qiluvchi ikki xil so’zni: a) undov, b) taqlid so’zlarni o’z ichiga
oladi.
Undovlar va taqlid so’zlar gap bo’lagi sifatida ham, mustaqil so’z-gap
sifatida ham qo’llaniladi.
Shu bilan birga, undovlar yuklama bajaradigan vazifada ham kelishi
ifodalanib, gap bo’lagi bo’la olishi jihatidan undovlar va taqlid so’zlar mustaqil
so’zlarga o’xshamaydi, ammo biror hodisaning atamasi bo’la olmaslik, yuklama
bajara oladigan vazifada qo’llanilishi jihatidan esa yordamchi so’zlarga o’xshaydi.
5
Boshqa sohalarda bo’lgani kabi hozirgi kunda so’z turkumlari bo’yicha
yangicha qarashlarga sodir bo’layotganligini ko’rishimiz mumkin.
… Hozirgi kunda taqlid mustaqil so’z turkumi doirasida qaralmoqda. O’zbek
tilining ichki tabiati hodisasi shunday baholanishini taqozo etadi. Zero, o’zbek
5
Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили.- Тошкент: Ўқитувчи,1978,__-бет.
10
tilshunosligida 60- yillardayoq tasviriy so’z (harakat-holatga taqlid so’z) va
taqlidiy (tovushga taqlid so’z) alohida so’z turkumi sifatida ajratilgan.
Umuman, bu davrga kelib so’zni mustaqil so’z turkumi, yordamchi so’z
turkumi va alohida so’z turkumi (mustaqil so’z turkumi doirasiga ham, yordamchi
so’z to’dasiga kirmaydigan alohida bir to’dani tashkil etuvchi so’z) tarzida
tasniflash amalga oshirildi. Bu talqin XX asr boshlarida ham o’z qimmatini
yo’qotgan emas. Bunda taqlidga munosabat ham o’ziga xos. Bugungi kunda
taqlidning mustaqil so’zlik hususiyatini jiddiy ilmiy asoslash lozim. Taqliddan ot
va fe’l kabi so’zning yangi bir qismini yasash mumkin. Shuningdek, u ba’zan
otlashganda, ba’zan otlashmay turib ham gap bo’lagi vazifasida kela oladi. Biroq
anashuning o’zigina uni mustaqil so’zlar qatoriga qo’llash uchun hali etarli emasga
o’xshaydi. Albatta, taqlidning ot o’rnida qo’llanilishi boshqa hodisa-yu, mustaqil
tushuncha ifodalash yoki mustaqil tushunchaga ishora berish boshqa hodisa,
taqlidda bu xususiyat juda mavhum va g’ayritabiiy. Bu jihatdan u olmoshga
o’xshaydi. Jumladan, u olmoshidan, umuman olganda, mavhum shaxs yoki narsa
tushunchasi seziladi, iltang-biltang yoki taq-taq so’zida ham shunday holat
kuzatiladi. Shunga qaramay, bu holat qanday baholanmasin, har holda o’zbek tilida
alohida taqlid mavjud ekanligi u undoshdan farq qiladigan so’z sifatida ajiralishi
mumkin. Demak, taqlid alohida so’z turkumi.
Xuddi shu kabi undov ham, modal so’z ham o’ziga xos xususiyatga ega.
Nutqda turli xil vazifada qo’llanilishi mumkin. Modal so’z munosabat bildiruvchi
kirish so’z vazifasida hamda gap bo’lib kelishi mumkin: undov so’z ham
munosabat bildiruvchi his-hayojonni ifodalovchi gap, so’z-gap bo’lib kelishi
mumkin. Bu bugungi kunda modal, undov va taqlid so’zlarni yahlit holda so’z-gap
deyilishiga asos bo’ladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, tilshunoslikning eng dolzarb,
mavzularidan biri bo’lgan til birligining imkoniyatini belgilash va bu
imkoniyatning nutqda namoyon bo’lishini ochib berish masalasiga jiddiy e’tibor
qaratishni taqozo etadi.
11
Istiqlol barcha fan sohasi bo’yicha jiddiy tadqiqot olib borishga keng yo’l
ochdi. O’zbek tilshunosligini Evropa, ayniqsa, rus tilshunosligi andozasi ta’siridan
xalos etdi. Natijada o’zbek tilshunosligi mustaqil tarzda, asosan, o’zbek tilining
o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqib til hodisasini mustaqil baholash yo’lini
tanlagani natijasida tadqiqot ko’lami kengayganligi sababli oraliq so’z turkumlari,
ya’ni so’z gaplar to’g’risida turlicha qarashlar ilgari surilmoqda. Ularning mavqiyi
o’zining fundamental tadqiqotini kutayotganligi yuqoridagilardan sezilib turibdi.
Modal so’zlarni so’z-gap deyishga asos bo’ladigan hodisa shuningdek, ular
ot, sifat, ravish, fe’l kabi mustaqil so’z turkumlariga, shuningdek yordamchi
so’zlarga ham o’xshab ketadi.
Shunga qaramay, modal so’zlar mustaqil so’z turkumlariga ham
kiritilmaydi, yordamchi so’z ham sanalmaydi. Modal so’zlar o’z mohiyatiga ko’ra
so’z tiplarining alohida bir guruhini tashkil etadi. Nomunativlik vazifasi modal
so’zlarga xos emas. Gap bo’lagi bo’la olmaydi. Ma’no va vazifasi jihatdan modal
so’zlar bilan yordamchi so’zlar o’rtasida katta farq bor. Modal so’zlardan nisbatan
mustaqillik mavjud bo’ladi.
Modal so’zlar shakl jihatdan o’zgarmasligi bilan xarakterlanib, ular odatda
butun gapga taalluqli bo’ladi va asosan kirish so’z bo’lib keladi. Shuning bilan
birga modal so’zlar gapning biror bo’lagini ajratib ko’rsatish vazifasini ham
o’taydi. Modal so’zning matndagi o’rni ko’pincha uning shu vazifasiga bog’liq
bo’ladi.
Umuman olganda, modallikning morfologik va sintaktik ifodalanish usullari
grammatik mavhumlikka asoslangan bo’lsa, modal so’zlar bilan ifodalanishi leksik
ma’noga tayanadi.
O’z navbatida undov so’zlar ham xuddi modal so’zlar kabi qo’shimchalar
olib o’zgarmaydi. Ayrim undov so’zlar otlashganda, ya’ni ot vazifasida
qo’llanganda egalik qo’shimchasini oladi.
12
Undovlar so’zlovchining his-hayajoni, buyruq va istagini, ta’kid va javobini
ifodalaydigan yoki predmetlarning o’rin va vaqtga munosabatini ematsional
ottenka bilan ko’rsatish uchun xizmat qiladigan grammatik kategoriyadir.
Undov ayrim so’z sifatida ma’lum bir predmet yoki uning belgisini
ifodalamaydi, balki u his-hayojon kabi inson tuyg’usining so’zlarga bevosita
gavdalanishidir. Undovning ma’nosi ma’lum bir o’rin, vaqt va sharoitda
aniqlanadi. Bu jihatdan undovlar boshqa so’z turkumlaridan ajralib turadi.
Undovlar mustaqil ma’noli so’zlar bilan yordamchi so’zlar orasidagi bir
kategoriya bo’lib, ularda leksik ma’no grammatik ma’no bilan diolektik birlikni
tashkil qiladi. Undov ko’pincha nutqda modal ma’noni ifodalash uchun xizmat
qiladi.
6
Taqlid so’zlar leksik va formal xususiyatlariga ko’ra alohida mustaqil
gruppani tashkil qiladi. Bu gruppaga kiruvchi so’zlar his-hayajon, tuyg’u yoki
buyruq-xitobni ifodalamaydi. Ular atrofdagi o’rab turgan muhitda (odam, hayvon,
qush, jonsiz predmetlarda) uchraydigan ovoz (tovush)larni qayta tiklab, tovush
obrazi sifatida, predmetlar harakati tasvirini esa harakat obrazi sifatida ifodalaydi.
Taqlid so’zlar gapda, asosan hol va aniqlovchi bo’lib kela olishi sababli keyingi
paytlarda ularni mustaqil so’z turkumiga ham qo’shib kelayotganini ko’ramiz.
Ehtimol shuning uchun ularni shunga asoslanib so’z-gaplar qatoriga ham
qo’shilishiga asos bo’la oladi deb hisoblamoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |