Ma‘naviy asoslar:
- insonlar o‗z qadr-qimmati, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga
tura oladigan, zaruriyat tug‗ilganda ular uchun kurasha oladigan
bo‗lishlari;
- vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish;
- yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud
emasligi;
- fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va
bilvosita ishtirok etishlari, fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi.
O‗zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida
jahondagi turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi
turli darajada va davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy
jihatlarini, tajribalarini o‗rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki,
fuqarolik jamiyatining bu progressiv jihatlari (tamoyillari va belgilari)
sinalgan tajriba sifatida o‗tish davrini o‗z boshidan kechirayotgan
1
Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.Тошкент. ―Ўзбекистон‖, 1999.7-жилд 388-бет.
2
Каримов И.А. Ўзбекистон:миллий истиқилол,иқтисод,сиѐсат,мафкура.-Тошкент, ―Ўзбекистон‖, 1996, 1-жилд.
126-бет.
7
mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e‘tiborga olishga imkon beradi.
Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati fanini oliy ta‘lim tizimida o‗qitish
dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati fanini o‗qitish
asnosida mamlakatda ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖
tamoyili asosida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga doir tajribalar va
boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilimlari yordamida nafaqat yangi
jamiyatda yashaydigan, balki bu jamiyatni rivojlantirishda bevosita faol
ishtirok eta oladigan yosh avlodni shakllantirishga qaratilgan bilimlar
berish nazarda tutiladi.
Fuqarolik jamiyati – ochiq ijtimoiy tuzilma. Unda so„z erkinligi, shu
jumladan, tanqid qilish erkinligi, oshkoralik, har xil axborotlar olish
erkinligi, erkin kirish va chiqish huquqi, boshqa mamlakatlar bilan keng
miqyosda, doimiy asosda axborot, ta‟lim texnologiyalari almashinuvi, chet
davlatlar va jamoat tashkilotlari bilan madaniy va ilmiy hamkorlik,
xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiq xalqaro xorijiy
birlashmalar faoliyatiga ko„maklashish ta‟minlanadi. U umumiy
insonparvarlik tamoyillariga sodiq bo‗lib, dunyo miqyosidagi shunday
tuzilmalar bilan o‗zaro aloqa qilish uchun ochiqdir.
Fuqarolik jamiyati – murakkab tarkibli va plyuralistik tizim. Tabiiyki,
har qanday ijtimoiy organizm tizimning muayyan xossalari majmuiga ega
bo‗ladi, biroq fuqarolik jamiyatiga ularning to‗liqligi, barqarorligi va
samaraliligi xosdir. Rang-barang ijtimoiy shakllar va institutlar (kasaba
uyushmalari, partiyalar, birlashmalar, tadbirkorlar, klublar va h.k.) ning
mavjudligi individlarning turli tuman ehtiyojlari va manfaatlarini ifodalash
va ro‗yobga chiqarish, odamzotning barcha qobiliyatlarini namoyon etish
imkonini beradi.
Fuqarolik jamiyati – o„zini o„zi rivojlantiruvchi va o„zini o„zi
boshqaruvchi tizim. Individlar har xil tashkilotlarga birlashib, bir-biri bilan
rang-barang munosabatlar o‗rnatib, o‗zlarining ba‘zan qarama-qarshi
manfaatlarini ro‗yobga chiqarib, jamiyat siyosiy hokimiyat kuchiga ega
bo‗lgan davlatning aralashuvisiz uyg‗un va izchil rivojlanishini
ta‘minlaydilar. Fuqarolik jamiyati o‗zining davlatdan mustaqil o‗zini o‗zi
rivojlantirish ichki manbalariga egadir.
Fuqarolik jamiyati – huquqiy demokratik davlat bilan uyg‗unlikda
yashaydi. Bu yerda inson va fuqaroning tabiiy va o‗zlashtirilgan
huquqlarini tan olish, ta‘minlash va himoya qilish bog‗lovchi omil sifatida
amal qiladi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy unsuri ayrim shaxs bo‗lsa, fuqarolik
jamiyati
institutlari,
tashkilotlar,
guruhlar
va
hokazolar
uni
8
shakllantiruvchi omillardir. Ular shaxs, uning manfaatlari, maqsadlari,
niyatlari va hokazolarni ro‗yobga chiqarishga ko‗maklashadi. Shu sababli
iqtisodiy va siyosiy hokimiyatni ajratish, haqiqiy fuqarolik jamiyatining
yuzaga kelishi va qaror topishining bosh omili hisoblanadi. Iqtisodiy
hokimiyat siyosiy hokimiyat bilan qo‗shilganida muqarrar tarzda iqtisodiy
hokimiyatning bir markaz, bir odam yoki shaxslar guruhi qo‗lida
jamlanishi yuz beradi. Agar siyosiy va iqtisodiy hokimiyatlar turli
markazlar, qo‗llarda jamlansa, ular bir-birini cheklab turadi.
2. ―Fuqarolik jamiyati‖ atamasi turli xorijiy adabiyotlarda alohida
mazmun kasb etgan tushuncha bo‗lib, u hozirgi davr talqinda jamiyatning
muayyan shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini
shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va
qonunning rolini yuksaltirish muammolarini hal etish bilan chambarchas
bog‗liqdir.
Shuni ta‘kidlash lozimki, insoniyat taraqqiyotining Aristotel, Platon,
Sitseron va boshqa mutafakkirlar yashagan tarixiy bosqichida fuqarolik
jamiyati deganda davlat tushunilgan. Bu hol ancha uzoq vaqt mavjud
bo‗lgan va iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning rivojlanish
darajasi (mehnat taqsimotining primitiv shakllari, tovar-pul munosabatlari
rivojlanishining dastlabki bosqichi, jamiyat hayotini davlat tasarruf etishi,
ijtimoiy tuzilmaning tabaqaviyligi) bilan bog‗liqdir.
Fuqarolik jamiyatining ba‘zi bir unsurlari antik dunyoning ayrim
mamlakatlarida
(Yunoniston,
Rim)
mavjud
bo‗lib,
bu
yerda
hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi xususiy huquqning ayrim
institutlarida (ayniqsa, Rim xususiy huquqi) mustahkamlangan tovar-pul
ishlab chiqarishini vujudga keltirdi. Biroq, holat faqat fuqarolik
jamiyatining ayrim mintaqalarda vujudga kelgan va tabaqalashgan vertikal
tuzilmalari va ular bilan uyg‗unlashgan unsurlaridan iborat edi, xolos.
Ijtimoiy-siyosiy
fanlarda
―fuqarolik jamiyati‖ va ―davlat‖
tushunchalari uzoq vaqt unchalik farqlanmay keldi, ular aynan
tushunchalar sifatida qabul qilindi. Biroq, XVII asr o‗rtalaridan boshlab,
jamiyatning turli jabhalarini tabaqalashishi, ularni davlat hokimiyati
boshqaruvidan chiqarish, uzviy huquq va erkinliklarga ega bo‗lgan erkin
va mustaqil individni kamol toptirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning ikki
tamoyilini yuzaga keltirdi va ularni ijtimoiy ong va fanda aks ettirish
zarurati paydo bo‗ldi.
Davlatda hokimiyatning uchga bo‗linishi, siyosiy partiyalar,
manfaatlar guruhlari (kasaba uyushmalari, ommaviy axborot vositalari va
9
h.k.) paydo bo‗lishi bilan jamiyat hayoti mazmuni endi faqat davlat
hokimiyati bilan cheklanib qolmaslikni taqozo etdi. Jamiyat boshqaruvi
dunyosiga yangi ishtirokchi institutlar kirib kela boshladi, ular siyosiy
qarorlar qabul qilish, fuqarolik jamiyati strategiyasini ishlab chiqish, shaxs
faoliyatining umumiy maqsad va mazmunini shakllantirish jarayoniga
sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsata boshladi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi absolyutizm ag‗darilganidan so‗ng
shakllangan yangi hayotni, ya‘ni fuqarolarning shaxsiy hayotini davlat
tazyiqidan xalos etishni aks ettiradi. Fuqarolik jamiyati va huquqiy
davlatda mansbdorlar fuqarolar bilan o‗zaro muomalalarda qonunga qat‘iy
rioya qilish g‗oyalari ilgari surildi.
Tarixda davlatdan mustaqil ravishdagi jamiyat amalda doimo namoyn
bo‗lgan davrlar ham bo‗lgan, biroq u doimo ham fuqarolik jamiyati
mazmunini kasb etavermagan. Fuqarolik jamiyati davlatning ijtimoiy
tuzilmalaridan ajralishi, u ijtimoiy munosabatlarning nisbatan mustaqil
jabhasiga aylanish natijasi o‗laroq paydo bo‗ldi. Fuqarolik jamiyati
shakllanishi va rivojlanishi jarayonida hozirgi davr huquqi va davlati
vujudga keldi.
Ko‗rib turganimizdek, fuqarolik jamiyati kategoriyasi tarixan
insoniyat rivojlanishining shunday bir alohida yo‗nalishini aks ettiradiki, u
har bir davrning o‗ziga xos mutafakkirining oqilonalik, erkinlik, farovonlik
va adolat hukm suruvchi ideal jamiyat modelini yaratishga intilishi bilan
tavsiflanadi. Davlat, oila, qabila, millat tushunchalari, diniy va boshqa
birliklardan farq qiluvchi fuqarolik jamiyati kategoriyasi, yuqorida qayd
etib o‗tganimizdek, XVIII-XIX asrlarga kelib o‗rganila boshlandi.
Yevropa va Amerika mamlakatlarining katta mintaqalarida fuqarolik
jamiyatining
shakllanishi
yangi
davrda
boshlandi.
Olimlar
va
mutaxassislar fikriga ko‗ra, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini uch
bosqichga ajratish mumkin. Bunda bir bosqichdan keyingi bosqichga
o‗tishda jamiyat va davlat tuzumida katta o‗zgarishlar, ijtimoiy va siyosiy
tangliklar, ommaviy harakatlar, sinflarning to‗qnashuvlari, jamiyat
mafkurasida tub o‗zgarishlar yuz bergan.
Dostları ilə paylaş: |