Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

Yusuf  Xos  Hojib  o‗zining  ―Qutadg‗u  bilig‖  dostonida  davlatni 
boshqarish  amallari,  qoidalari  va  siyosiy  -  axloqiy  munosabatlarni 
jamiyatda  qaror  toptirishga  e‘tibor  qaratgan
2
.  U  davlat  boshqaruvi  va 
xizmatini  tashkil  etish  turlarini  hamda  shu  darajalarga  muvofiq  sifatlarini 
tasniflaydi.  Jumladan,  «Shohlikka  da‘vogarlar  onadan  ajib  bir  iste‘dod 
bilan  tug‗iladilar  va  ular  darhol  yaxshi-yomonni  ajratish  fitratiga  ega 
bo‗ladilar.  Bundaylarga  Xudo  idrok,  farosat  va  yumshoq  bir  ko‗ngil  ato 
                                                           
1
 Абу Носир Форобий.Фозил одамлар шаҳри.-Т.: А.Қодирий нашриѐти. 1993, 190-б. 
2
 Юсуф Хос Хожиб Қутадғу билиг.-Т.: Фан, 1971, 329-б. 


19 
 
etadi,  qolaversa  yaxshi  ish  yuritish  uquvi  bilan  ham  siylaydi»  deb 
ta‘kidlagan.  
Adolatli  davlat  boshqaruvi,  uning  mukammal  nazariy  asoslarini 
yaratish  borasida  ulkan  ilmiy  meros  qoldirgan  o‗rta  asrlar  mutafakkiri, 
davlat arbobi Nizomulmulkning (1018-1092) ―Siyosatnoma‖ asari muhim 
manbaa  hisoblanadi.  U  amaldorlarni  axloqiy  fazilatlariga  qarab  tanlash, 
adolat  va  insofni  oyoq  osti  qiladigan  kishilarni  davlat  ishlariga 
aralashtirmaslikni,  davlatni  boshqarishda  kengash  bilan  olib  borish, 
faoliyatlarni  muntazam  nazorat  qilish,  itoat,  ijro  va  sifatlari  to‗g‗risidagi 
qarashlari  bilan  ahamiyatlidir.  Ayniqsa,  Nizomulmulkning  «Ko‗pchilik 
bo‗lib  qabul  qilingan  tadbir  eng  savobli  bo‗ladi  va  shunday  yo‗l  tutish 
kerak»
1
  degan  fikrlari  ajdodlarimizning  davlat  qurilishining  adolatli 
tartibotlariga katta e‘tibor berganligidan dalolatdir. 
Ijtimoiy-siyosiy  tafakkur  rivoji  va  huquqiy  davlat  va  fuqarolik 
jamiyatining  asosiy  sharti  –  qonun  ustuvorligi  tamoyilini  amaliyotda 
qo‗llash  tajribasini  Sharqning  buyuk  davlat  arbobi  va  sarkardasi  Amir 
Temur  (1336–1405)  boy  ijtimoiy-siyosiy  va  ma‘naviy  merosi  asosida 
ko‗rish mumkin.Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari 
va  vositalari,  undagi  turli  lavozim-vazifalar  darajasi,  tabaqalarning 
toifalanishi,  harbiy  qo‗shinlarning  tashkil  etilishi,  jang  olib  borish 
mahoratlari,  davlat  xizmatchilari  rag‗batini  tashkil  etish  omillari,  adolatli 
soliq  turlarining  joriy  etilishi,  mamlakatni  obodonlashtirish  tadbirlari 
milliy 
davlatchilikning 
yuksak 
madaniy 
va 
huquqiy 
darajada 
shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi. ―Har mamlakatning yaxshi 
kishilariga  men  ham  yaxshilik  qildim,  nafsi  yomonlar,  buzuqlar  va 
axloqsiz  odamlarni  mamlakatiimdan  quvib  chiqardim.  Pastkash  va  razil 
odamlarga o‗zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda hadlaridan oshishlariga 
yo‗l  qo‗ymadim.  Ulug‗larini  va  sharaf-e‘tiborli  kishilarni  hurmatlab, 
martabalarini  oshirdim.  Har  mamlakatda  adolat  eshigini  ochdim,  zulmu 
sitam yo‗lini to‗sdim‖
1
.  
Ma‘lumki,  fuqarolik  jamiyatini  –  hayotiyligini  va  samaradorligini 
ta‘minlovchi  –  huquqiy  davlat  doirasidan  tashqarida  tasavvur  qilib 
bo‗lmaydi.  Shu  ma‘noda,  Sohibqiron  Amir  Temurning  quyidagi  so‗zlari 
hozirgi zamon bilan hamnafas jaranglaydi: ―Tajriba, - deb yozadi u, menga 
shuni  ko‗rsatdiki,  din  va  qonunga  tayanmagan  hukumat,  o‗zining  buyuk 
qudratini  uzoq  vaqt  saqlab  tura  olmaydi.  Uni  har  qanday  yovuz  kishi 
kirishi  mumkin  bo‗lgan  na  tomi,  na  eshigi,  na  panjaralari  bor  uyga 
                                                           
1
 Низомулмулк. Сиѐсатнома. Т.: Адолат,1997. 98-бет. 
1
 Амир Темур тузуклари.-Т .:Ғофур Ғулом  нашриѐти,1996 


20 
 
o‗xshatish  mumkin.  Shuning  uchun men  o‗z  saltanatimni  islom  arkonlari 
va boshqaruvda o‗zim qat‘iy amal qiluvchi qonunlar asosida qurdim‖
2

Shu  nuqtai  nazardan,  muvaffaqiyatli  boshqaruv  qonuniyatiga  ko‗ra, 
Amir  Temur  rahbarning  adolatga  tayanishini  lozim  topgan.  Uning  fikriga 
ko‗ra:  ―Rahbar  uchun  barcha  ishlarda  adolatga  amal  qilishi  kerak:  u 
sotilmaydigan va fazilat egasi bo‗lgan odamni vazirlikka tayinlashi lozim, 
chunki  adolatli  vazir  o‗zi  mahdud-rahbar  adaolatsizliklarni  to‗g‗irlashi 
mumkin, ammo vazirning o‗zi shunday bo‗lsa, halokat yaqindir‖
3
.  
Sohibqiron fikricha, davlat boshqaruvida yana bir muhim qonuniyat – 
qonun  ustuvorligi.  ―Qat‘iy  tartib  va  qonunlarga  amal  qilishim  baxt-
saodatim  kaliti  bo‗ldi‖.  Bosh  qonunlar  sifatida  diniy  ahkomlarni  va  ular 
asosida  yozilgan  fikrlarni  bilgan.  Buning  barchasi  buyuk  Temur  adaolatli 
va fozil boshqaruvga alohida e‘tibor qaratganligini ko‗rsatib turibdi. 
Komil  insonlar  jamiyati  haqidagi  g‗oyalar  Alisher  Navoiy  (1441–
1501) siyosiy va adabiy faoliyati asosi bo‗lib xizmat qildi. A.Navoiy ideal 
ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzum 
haqidagi 
qarashlarini 
o‗zining  ―Saddi 
Iskandariy‖,  ―Mahbub  ul  qulub‖,  ―Payg‗ambarlar  va  donolar  tarixi‖  va  b. 
asarlarida  yoritgan.  Ijtimoiy-iqtisodiy  tuzum  muammolarini  faqat  adolatli 
hukmdor  boshqarayotgan  va  qonun  ustuvor  bo‗lgan  mamalkatda  amalga 
oshishi mumkin. Shunday qilib, A.Navoiy uchun adolat va qonun ijtimoiy 
taraqqiyotning  asosi  hisoblanadi.Uning  konsepiyasida  hukmdor  shaxsi 
alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Fazilatli  va  ideal  shaxs  haqida  mulohaza 
yuritar  ekan  Navoiy  o‗ziga  xos  insonparvar  nazariyani  yaratadi.  O‗z 
nazariyasida  mutafakkir,  bir  tomondan  hukmdor  va  bog‗bonni,  boshqa 
tomondan davlat va bog‗ni solishtiradi. Unga ko‗ra, agar bog‗bon aqlli va 
mehnatsevar  bo‗lsa,  uning  bog‗i  gullab-yashnaydi.  Huddi  shunday  agar 
mamlakatning  aqlli,  dono,  adolatli,  xalqi  uchun  qayg‗uradigan  va  uni 
sevadigan hukmdori bo‗lsa, u rivojlnib farovonlashadi. 
U  nazariyotchi  va  amaliyotchi  sifatida  davlat  siyosatining  adolatli 
asoslari  va  uning  ma‘naviy  mezonlarini  rivojlantirishga  katta  hissa 
qo‗shadi.  Ayniqsa,  adolatsizlik  va  zulm  davlatni  tanazzulga,  jamiyatni 
jaholatga olib kelishi to‗g‗risidagi qarashlari o‗z ifodasini topadi: «...davlat 
ishi bilan mashg‗ul bo‗lgan amaldorlik chog‗larimda ko‗ngil mulkini turli 
odamlarning hujumi bulg‗aladi. Goh amirlik  o‗rnida o‗tirdim va hukumat 
mahkamasida xalqning arz-dodini so‗rdim va goh podshoh yonida vazirlik 
qildim  va  menga  umidvor  nazar  bilan  qarab  turgan  elga  muruvvat 
                                                           
2
 O‗sha asar. 
3
 O‗sha asar. 


21 
 
ko‗rsatdim»
1
 deydi. Adolatli jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida 
Navoiy  insoniy  fazilatlar:  adolatlilik,  rahmdillik,  mehnatsevarlik, 
rostgo‗ylik, vatanparvarlik, vijdonlilik, insonparvarlik va jasoratni keltirib 
o‗tadi.  
Antik  va  o‗rta  asr  Sharq  allomalarining  fuqarolik  jamiyatigi  oid 
konseptual  merosi  va  nazariy  ishlanmalari  amaliyotdagi  –  davlat  va 
jamiyatda hukmron me‘yorlarga to‗liq mos kelmasada, biroq ular fuqarolik 
jamiyati  tamoyillarining  ob‘ektivlashuvi  va  uning  insoniyat  sotsiumining 
tarixiy  taraqqiyotining  tarkibiy  qismi  sifatida  tushunilishi  uchun 
mustahkam asos yaratdilar.  
3.Yangi  davrda  fuqarolik  jamiyati  konseptuallashuvi  jarayonida 
muhim  rol  o‗ynagan  Uyg‗onish  davri  olimlardan  biri  Nikolo  Makiavelli 
(1469–1527)  bo‗lib,  u  pragmatik,  tajribaviy  ijtimoiy  fanga  asos  soldi. 
Fuqarolik  jamiyati  Makiavelli  uchun  sinfiy,  partiyaviy  qarama-qarshi 
qiziqishlar  majmuidir.  Unga  ko‗ra  fuqarolik  jamiyati  xalqdan  axloqiy 
asosni  –  ezgulik  va  fazilatni,  ijtimoiy  qiziqishlar  va  respublika  tuzulmasi 
qiziqishlari  oldida  burchni  his  qilish  va  jasoratni  talab  qiladi.  Boshqacha 
qilib  aytganda,  u  erkin  individlar  uchun  munosib  birlashma  bo‗ladi. 
Davlatni  himoya  qilish  uchun  hukmdor  qo‗lidagi  barcha  vositalarni  ishga 
solishi  kerak  bo‗ladi,  yolg‗on,  shafqatsizlik  hatto  urush  ham  bundan 
mustasno  emas.  Davlat  qiziqishlari  unda  birlamchi  ahamiyat  kasb  etgan. 
Makiavelli  davlatning  mutlaqo  mustaqilligini  (cherkovdan  ham)  talab 
qilgan,  davlat  va  umuman  siyosat  sohasining  sekulyarizatsiyasi  tarafdori 
bo‗lgan.  U  davlat  boshqaruvining  o‗ziga  xos  siyosiy  mahorat  maktabini 
yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, ―maqsad 
har qanday vositani oqlaydi‖ degan tamoyilni ishlab chiqqan.  
Shunga qaramay, aynan shunday masalani ko‗ndalang qo‗yish g‗oyasi 
ortidan yangi davrda bir qator faylasuflar fuqarolik jamiyati konsepsiyasini 
yanada boyitdi. Xususan, ―So‗z erkinligi haqida‖ Jon Milton, ―Leviafan‖ 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin