Tomas Gobbs, ―Davlat boshqaruvi haqida ikki risola‖ Jon Lokk,
―Qonunlar ruhi haqida‖ Monteske, ―Ijtimoiy kelishuv haqida‖ Jan Jak Russo, ―Ilohiy-siyosiy traktat‖ Benedikt Spinoza, ―Fuqarolik jamiyati
tarixi haqida xatlar‖ Anri Fergyuson kabilardir. Mazkur ishlarda u yoki
bu darajada inson hayotining o‗ziga xos shakli sifatidagi fuqarolik jamiyati
muammollari yoritilibgina qolmay, shaxs va davlatga fuqarolik
jamiyatining asosiy sub‘ekti bo‗lgan fuqaroning butun potensialini yuzaga
chiqarish uchun zarur bo‗lgan prinsipial yangi sifatlari ishlab chiqilgan.
1
А. Навоий. Маҳбуб ул- Қулуб.–Т.: Fофур Fулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти. 1983, Б-12.