31
Yevropada esa bundan farqli ravishda fuqarolik jamiyati institutlari
iqtisodiy sohada o‗z-o‗zini namoyon qilib, bu yangi va eski tipdagi,
oldingi uyushmalar va korporativ birlashmalar asosida tashkil topgan
mustaqil bozor tashkilotlari sifatida faoliyat yuritgan.
Germaniyada fuqarolik jamiyati institutlarining o‗ziga xos faoliyati
gildiyada o‗z aksini topib, o‗z vaqtida hunarmand va savdogarlarning o‗z-
o‗zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‗ziga xos ta‘sir
o‗tkazishning dastlabki shakli sifatida qaror topgan. O‗z navbatida
Yevropaning Florensiya, Paduya va boshqa shaharlari o‗zini
gildiya-
shahar(townsmen) sifatida
shakllantirgan
1
.
Hozirgi davrda rivojlangan G‗arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan
fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan
holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar
ta‘siri va o‗z-o‗zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi.
Ya‘ni shaxs erkinligi oliy qadriyat sifatida baholanadi. Masalan, AQSH,
Buyuk Britaniya, Avstraliyada mazkur prinsip sabab davlatning fuqarolik
jamiyati hayotiga aralashuviga yo‗l qo‗yilmaydi.
XX asr oxiri – XXI asr boshida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
sharoitida Yevropaning qator mamlakatlari nohukumat sektori bilan
hamkorlikka oid yagona davlat siyosatini ishlab chiqish bo‗yicha tegishli
chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bu esa davlat va nohukumat sektorining
ijtimoiy,
ijtimoiy-iqtisodiy,
gumanitar
rivojlanishga
oid
dolzarb
masalalarni hal etishdagi sa‘y-harakatlari va resurslarini birlashtirishga
keng imkoniyat yaratib berdi. Oqibatda esa fuqarolarning siyosiy
hayotdagi ishtirokini faollashtirish, davlatni aholiga ayrim xizmatlarni
ko‗rsatish
yukidan
qisman
ozod
qila
oladigan
hamkorlikning
mexanizmlarini yaratishga erishildi.
Yevropada davlat institutlarining NNTlar bilan hamkorlikni yo‗lga
qo‗yishning muhimligi bir qator xalqaro hujjatlarda o‗z ifodasini topgan.
Masalan, BMTning 1968 yildagi Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi
rezolyusiyasi, «Yevropada davlat boshqaruvi masalalari bo‗yicha oq
kitob» (2001 yil, 25 iyul), «Yevropada nohukumat tashkilotlar mavqeining
asosiy prinsiplari» (2003 yil, 16 aprel) va boshqa shu kabi xalqaro
hujjatlarda NNTlarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi roliga
alohida ahamiyat qaratiladi, muloqot va maslahatlashuv orqali o‗zaro
1
Ашин Г.К., Кравченко С.А., Лозаннский Э.Д. Социология политики. Сравнительный анализ российских и
американских политических реалий: Учеб. пособие для высших учебных заведений. - М.: Экзамен, 2001. –С.
608.
32
hamkorlikni yo‗lga qo‗yilishi hamda muayyan davlat ko‗magi shakllarini
taqdim etish mexanizmlarini joriy etilishiga alohida e‘tibor qaratiladi.
Rivojlangan G‗arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik
jamiyati institutlari zamonaviy fuqarolik jamiyati modelini yaratish, uning
davlat boshqaruvidagi samarali ishtirokini ta‘minlash masalasiga alohida
e‘tibor qaratmoqda. Bunday zamonaviy model asosida jamiyat va davlat
boshqaruvida
fuqarolik
institutlarining
o‗rni hamda ahamiyatini
mustahkamlash, jamoatchilik tuzilmalari va davlat organlarining ijtimoiy
sheriklik asosidagi hamkorligini yanada rivojlantirish mumkin. Shu bilan
birga, davlatning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi ochiqlik
va shaffoflik tamoyillariga hamda fuqarolik jabhasida yuz berayotgan
jarayonlarning chuqur tizimli tahlil qilib borishga keng imkon beradi.
Masalan,
Fransiyada davlat nohukumat tashkilotlarini hukumat siyosatini
shakllantirishga faol jalb qiladi, vazirlik va idoralar huzurida tashkil
etilgan kengashlar faoliyatning boshqa shakl va usullari orqali fuqarolik
institutlari bilan hamkorlikni samarali yo‗lga qo‗yadi. Shuning bilan bir
qatorda Fransiyada fuqarolik jamiyati institutlari taraqqiyotini monitoring
qilish usullarini
muntazam ravishda yangilab borilishi, jamoat
birlashmalarining mamlakat hayotida tobora ortib borayotgan o‗rni
masalalarini o‗rganish hamda ularning davlat boshqaruvi organlari bilan
hamkorligini tahlil qilish uchun qulay imkoniyatni yaratib bermoqda.
Bunda Yevropada istiqbolni belgilash va xavfsizlik instituti hamda
Fransiya va Yevropa Ittifoqining fuqarolik jamiyati taraqqiyoti masalalari
bilan shug‗ullanuvchi boshqa tahliliy markazlarining samarali faoliyati
e‘tiborga molikdir
1
.
G‗arb mamlakatlarida hamkorlik siyosati asosida notijorat sektorining
jamiyatni rivojlantirishga qo‗shgan hissasi e‘tirof etiladi, undan so‗ng esa
tomonlarning umumiy rejalari hamda davlat va jamoat birlashmalari
tomonidan hamkorlik prinsiplarini amaliy mexanizmlardan foydalangan
holda amalga oshirish bo‗yicha aniq chora tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Shuning uchun ham bunday hamkorlik siyosati odatda ikki tomonning
birgalikdagi sa‘y-harakatlari va muzokaralari natijasida mustahkamlanib
boriladi. Ular turli shakllarda namoyon bo‗ladi: ikki tomonlama rasmiy
bitimlar masalan, Buyuk Britaniya davlati va fuqarolik jamiyati o‗rtasida
tuzilgan shartnomalar, hukumat tomonidan davlat dasturlari sifatida qabul
qilinadigan «de-fakto» bitimlari (
Xorvatiya hamkorlik dasturi) yoki
Parlament
(
Estoniya
Dostları ilə paylaş: