38
3. Jamiyatdagi turli maqsadli faoliyat bilan shug‗ullanayotgan muayyan
guruhlarni qo‗llab quvvatlash va mehnat uyushmalari faoliyatini
kengaytirish;
4. Yaponiyada hududiy assotsiatsiyalar faoliyatini kuchaytirish va ularni
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashga
erishish;
5. Yaponiyada mavjud siyosiy tizim va partiyalar faoliyatini
takomillashtirish;
6. Davlat va bozor munosabatlaridan mustaqil bo‗lgan iste‘molchilar
jamiyatini
rivojlantirishga erishish;
7. Atrof-muhitni muhofaza qilish, axoli salomatligini yaxshilash va
mavjud demografik muammolarni
oqilona hal etish;
8. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va ekologik muammolarni tadqiq
etuvchi muassasalar faoliyatini takomillashtirish va h.k.
Yaponiyadan
farqli
ravishda
Xitoyda
fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirishning retrospektiv xususiyatlari va siyosiy islohotlar tadriji bu
hududa yashovchi insonlarni fuqarolik madaniyatini shakllantirishda
muhim o‗rin tutadi. Bu yerda eng muhim narsa shuki Xitoyda fuqarolik
jamiyati tizimida "bozor" va "ijtimoiy" sohani o‗zaro aloqadorlikda
bosqichma-bosqich rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Xitoyda
davlat va jamiyat o‗rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish asosan 1949
yildan boshlab asosiy bosqichni bosib o‗tgan bo‗lsada, avvalo fuqarolik
jamiyati institutlarining dastlabki tuzilmalari faoliyati asosida Xitoy
ma‘muriy tizimini mustahkamlashga e‘tibor qaratilgan. 1989 yildan
boshlab Xitoyda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati keng miqyosda
tashkil etilgan.
Xitoyda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida bir qancha to‗siqlar
mavjud, ulardan biri – xitoy madaniyatida fuqarolik jamiyati
an‘analarining oldin mavjud bo‗lmaganligi. Buning yechimi, kaliti Xitoy
―xalq jamiyati‖ni ―fuqarolik‖ jamiyatiga – ―xalq‖ni ―fuqaro‖ga
almashtirish kerak. Xitoyning siyosiy jihatdan rivojlanishi fuqarolarda
fuqaroviy ong va fuqarolik madaniyatini tarbiyalash, siyosiy tizimni isloh
qilish va demokratiyani rivojlantirish bilan xarakterlanadi. Xitoy
sotsiologlarining fuqarolik jamiyati tushunchasiga munosabati ham o‗ziga
xosdir. Chunki bu mamlakatda fuqarolik jamiyati nodavlat va davlatdan
tashqari tashkilotlar sifatida jamoaviy o‗z-o‗zini boshqarish asosini tashkil
qiladi. Ularning fikricha,
fuqarolik jamiyati – asta-sekin qudratli
davlatning bozor va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashtirilishi,
fuqarolik jamiyatining muhim komponentlaridan biri fuqaroviy-ijtimoiy
tashkilotlar kabi shakllarinishi va rivojlanishi bilan bog„liqdir. Bugungi
39
xitoy olimlari Xitoyda siyosat va ma‘muriy boshqaruvda yangi
tendensiyalarni shahar va qishloq joylariga tadbiq qilish orqali fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish mumkinligini alohida ta‘kidlab o‗tmoqdalar
1
.
Oxirigi o‗n yilliklarda xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarning
xitoyliklar hayotida tobora ahamiyati oshib borayotganligi sababli davlat
siyosiy boshqaruv sohasida jiddiy o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda. Xususan,
Dostları ilə paylaş: