Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish 
                                                           
1
 Чилкот Рональд Х.Теории сравнительной политологии. В поисках парадигмы /Пер. с англ. - М.: ИНФРА-М, 
Издательство «Весь Мир», 2001.-560с. 


33 
 
konsepsiyasi) yoxud  tomonlarning  majburiyatlari  ifoda  etilgan  bir 
tomonlama bayonotlar (Vengriyaning fuqarolik jamiyatiga nisbatan davlat 
strategiyasi) shaklida qabul qilinishi mumkin.  
Buyuk  Britaniya  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  o‗rtasida  tuzilgan 
shartnomalar va bayonotlar uchinchi sektor uchun ham, davlat sektorining 
o‗zi uchun ham juda muhim sanaladi.  Chunki ular, birinchidan, fuqarolik 
jamiyati  tashkilotlariga  o‗z  faoliyatlarining  jiddiy  qo‗llab-quvvatlanishini, 
demak  jamiyat  manfaatlari  yo‗lida  faoliyat  sohalarini  kengaytirish 
imkonini bersa, ikkinchidan, davlat o‗z siyosatiga fuqarolik jamiyati bilan 
muloqot  qilish  va  sheriklikni  qo‗shib,  bunday  sheriklik  yordamida  o‗z 
vazifalarini 
muvaffaqiyatli 
bajarishiga 
imkon 
beradi. 
Bunday 
muvaffaqiyatli  hamkorlik  siyosatining  asosiy  omili  –  o‗zaro  manfaatlarga 
rioya etish kafolatlari, «boshqa tomonning maqsad va vazifalariga» hurmat 
va  ishonchga  asoslanadi.  Biroq  davlatning  nodavlat  tashkilotlari  bilan 
hamkorlik qilish to‗g‗risida muzokaralar olib borish va siyosiy hujjat qabul 
qilishida  mazkur  tashkilotlarning  tashabbuskor  bo‗lishi  tabiiy  va 
ehtimollik  darajasi  ham  yuqori  hisoblanadi,  lekin  Xorvatiya  va  Vengriya 
misollari  ushbu  masalada  davlat  hokimiyati  ham  manfaatdor  bo‗lib,  o‗zi 
mazkur  jarayon  tashabbuskori  bo‗lishi  va  uni  muvaffaqiyatli  yakuniga 
etkazishi ham ko‗zda tutilgan.  
Buyuk  Britaniyada  muayyan  toifaga  taalluqli  bo‗lgan  hamkorlikning 
institutsional  shakllaridan  tashqari  tasniflash  oson  bo‗lmagan  alohida 
funksiyalarga  ega  institutsional  shakllar  ham 
mavjud.  Bunday 
ixtisoslashtirilgan  tuzilmalarga  misol  sifatida,  Buyuk  Britaniyaning 
Xayriya  ishlari  bo„yicha  komissiyasini  ham  keltirishimiz  mumkin. Bizga 
ma‘lumki,  mazkur  xayriya  ishlari  bo‗yicha  komissiya qonun  asosida 
Angliya  va  Uelsdagi  xayriya  tashkilotlarining  muvofiqlashtiruvchi  va 
ro‗yxatga  oluvchi  organi  sifatida  ta‘sis  etilgan.  O‗z  nabatida  bunday 
xayriya  tashkilotlari  Buyuk  Britaniya  ijtimoiy  hayotining  ajralmas  qismi 
hisoblanadi. Lekin  ularga  qo‗yiladigan  qonuniy  talablarga  rioya  etilishini 
ta‘minlash uchun faoliyatlarini tartibga solish talab etiladi. Bu tashkilotlar 
sidqidildan va qonun doirasida ish ko‗rishi, shaxsiy manfaatni emas, balki 
ijtimoiy  foydali  maqsadlarni  ko‗zlashlari,  mustaqil  bo‗lishlari,  vasiylik 
kengashlarining  a‘zolari  tashqaridan  biror  noqonuniy  ta‘sirsiz  qarorlar 
qabul qilishlari, xayriya tashkilotlarining o‗zlari tomonidan boshqaruvdagi 
hamma  jiddiy  holatlar  yoki  qasddan  qilinadigan  huquqbuzarliklarga 
nisbatan tegishli choralar ko‗rilishi talab etiladi. Komissiya o‗z faoliyatini 
xayriya ishlari to‗g‗risidagi qonunchilik ijro etilishini ta‘minlagan, xayriya 
tashkilotlari  samarali  huquqiy,  buxgalteriya  va  boshqaruv  tizimlari 


34 
 
doirasida  yaxshiroq  faoliyat  ko‗rsatish  imkoniyatlarini  bergan  holda 
amalga oshiradi. Bunda komissiya jamiyatda, iqtisodiyot va qonunchilikda 
ro‗y  berayotgan  voqealarni  kuzatib  boradi,  samarali  boshqaruvni  va 
jamiyatga  hisob  berishni  ta‘minlashga  ko‗maklashadi.  U  qonunchilik  va 
amaliyot  masalalari  bo‗yicha  axborotni  tarqatadi  va  maslahatlashuvlar 
o‗tkazadi, 
xayriya 
tashkilotlarini 
ro‗yxatga 
olish 
jarayoniga 
ko‗maklashadi, qonun buzilishi holatlari bo‗yicha  o‗z tekshirishlarini olib 
boradi,  boshqa  muvofiqlashtiruvchilar  (prokuratura,  politsiya)  bilan 
hamkorlik  qiladi,  shuningdek  xayriya  tashkiloti  mulki  saqlanishi  uchun 
uning  faoliyatiga  aralashishi  ham  mumkin.  Xayriya  ishlari  bo‗yicha 
komissiya har yili Parlament va Ichki ishlar vaziriga hisob beradi, o‗zining 
yillik hisobotlarini e‘lon qiladi. SHu bilan birga, komissiya butun jamiyat 
manfaatlari yo‗lida faoliyat olib boradigan mustaqil organ hisoblanadi
1


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin