37
Germaniyada 14 yoshdan katta bo‗lganlarning 34% jamoatchilik asosida
(―uchinchi sektor‖ tashkilotlarida - 80%) faoliyat olib borib, bunga
haftasiga o‗rtacha 5 soat vaqtini sarflaydi.
Oxirgi uch o‗n yillikda Germaniyada fondlar soni tobora oshib
bormoqda. Ularning faoliyati qonuniy asos bilan mustahkamlanadi. Ular
orasida yangi turdagi fuqarolik yoki shahar fondlari bo‗lib, bunda
tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar hamkorlik asosida mahalliy
miqyosda u yoki bu muammoni bartaraf qilish yo‗lida birlashadi.
Germaniyaning yangi yerlarida ham ijobiy o‗zgarishlar kuzatilmoqda.
1990 y. Sharqiy Germaniyada haqiqiy ―portlash‖ bo‗lgan, bunda 80.000
dan to 100.000 gacha jamiyatlar tashkil topgan. Germaniyada tuzilgan
tashkilotlar o‗ziga xos jihati ijtimoiy-siyosiy jihatdan markaziy sohalar –
atrof-muhitni saqlash va xalqaro faoliyat jabhasidagi dinamikasi bilan
bog‗liq. ―Uchinsi sektor‖ tashkilotlari a‘zolarining tobora oshib borishi
uning odamlar hayotiga kirib borganligidan dalolat beradi. Qolaversa,
―uchinchi sektor‖ ko‗p jihatdan jamiyatning o‗z-o‗zini tashkillashtirish va
innovatsiyalarga nisbiy layoqatidan dalolat beradi. Ya‘ni bu faoliyatdagi
yangilik asosan hukumat faollik ko‗rsatmagan sohalarda yuzaga keladi.
Shu nuqtai nazardan bu hodisani ijobiy baholash mumkin. AQShda
kuzatilayotgan "Bowling alone" – ijtimoiy faollik halokati fenomeni
Germaniya jamiyatiga xos emas.
4.
Yaponiyada fuqarolik jamiyatini aniq belgilarini namoyon etuvchi
qarashlar asosan XIX asrning oxirlaridan boshlab ilgari surilgan. Bu yerda
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati asosan 1960 yildan boshlab
rivojlangan bo‗lsada aynan 2006 yildan boshlab rivojlangan G‗arb
davlatlaridan farq qiladigan o‗ziga xos fuqarolik jamiyati modelini
takomillashtirishga alohida e‘tibor qaratilgan.
Yaponiyada rivojlantirilayotgan fuqarolik jamiyati
“ongli va
Dostları ilə paylaş: