48
darajasini oshirish yoki zamonaviy ta‘lim texnologiyalarini joriy etish
bo‗yicha ma‘lum tadqiqotlar olib borishadi va natijada parlamentga
tegishli qonun o‗zgartirishlari taklif etishlari mumkin.
Tabiatni asrash yoki ekologik muammolarni bartaraf etish bo‗yicha,
yuqumli kasalliklarni oldini olish, shahar havosining ifloslanishi,
chiqindilardan tozalash bo‗yicha jamoat birlashmalari hukumatga qimmatli
fikrlar bilan bir qatorda amaliy loyihalarni taklif etadilar.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ning 2017 yil
27 martda ―Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil
institutining faoliyatini takomillashtirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖ PQ-2851-sonli qaroriga asoslanib hozirgi kunda
fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining
faoliyatini takomillashtirish va tuzilmasini optimallashtirish, jamoatchilik
bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri muloqot ko‗lamini yanada kengaytirish, fuqarolik
jamiyati
institutlarining
faolligini
oshirish,
ularning
mamlakatni
demokratik yangilash va modernizatsiya qilish bo‗yicha amalga
oshirilayotgan islohotlardagi roli va ahamiyatini kuchaytirdi.
Bir so‗z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati uchun fuqaroviylik,
fuqaroviy ong va fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyotni maqsad qilgan har qanday jamiyat uchun inson salohiyatidan
foydalanish, insonning o‗zligida, uning qalbida mavjud bo‗lgan birdamlik,
saxiylik, bag‗rikenglik kabi fazilatlarga murojaat etishning o‗zi kifoyadir.
3.
Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va
erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o‗rtasidagi
munosabatlarni anglashdan iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda
demokratik qadriyatlar o‗ziga xos tamoyillir va me‘yorlar asosida qabul
qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi
ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me‘yorlar va qadriyatlar
hayotning asosiga aylanadi.
Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma‟naviy sohalarda
me‟yoriy, shakllantiruvchi, yo„naltiruvchi, muloqotga yetaklovchi singari
rang barang vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar ta‘sirlashgan holda o‗zaro
kesishadilar va bir-birini to‗ldiradilar. Ularning ko‗pchiligi davlat va uning
institutlariga xosdir. Ammo davlat organlari qonunlar, me‘yoriy hujjatlar,
qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi
erkin shakllanadi. Fuqaroviy ong me‘yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
natijasida shakllanadi, uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga
oshiradigan maxsus tuzilmalar bo‗lmaydi. Fuqarolik ongining vazifalari
alohida
individ emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bog‗liq.
51
qayta-qayta tafakkur qilishni taqozo etadi. Ijtimoiy jarayonlar natijasida
sayqallangan fuqaroviy madaniyat va fuqaroviy ong kishilarni iqtisodiy,
siyosiy, huquqiy, axloqiy jihatdan shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: