Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

Shunday muammolar mavjudki, ularning oqibati jamiyat uchun qanchalik 
mudhish  bo„lmasin,  ularning  mavjudligini  tan  olish  yoki  ularni  bartaraf 
etish uchun aniq belgilangan institutlar mavjud bo„lmaydi. Agar hukumat 
fuqaroviy faollikni yuzaga chiqishiga imkoniyat yaratmas ekan, yoki turli 
nodavlat va jamoat birlashmalariga ana shunday muammolarni aniqlash va 
bartaraf  etish  bo‗yicha  faol  bo‗lishga  shart-sharoitlar  yaratmas  ekan 
fuqarolik jamiyatini barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi. 
Fuqarolik  jamiyati  rivoj  topgan  mamlakatlarda  ijtimoiy  hayotning 
barcha  sohalarida  faoliyat  yurituvchi  jamoat  birlashmalari  mavjud  bo‗lib, 
ular  serqirra  faoliyat  yuritadilar.  Masalan,  jamiyatdagi  ma‘lumotlilik 
                                                           
1
 Карпова Н.В. Политическая культура в процессе становления гражданского общества// Вестник Московского 
университета. – Сер. 18 : Социология и политология. – 2006. – №1. 


48 
 
darajasini  oshirish  yoki  zamonaviy  ta‘lim  texnologiyalarini  joriy  etish 
bo‗yicha  ma‘lum  tadqiqotlar  olib  borishadi  va  natijada  parlamentga 
tegishli qonun o‗zgartirishlari taklif etishlari mumkin. 
Tabiatni  asrash  yoki  ekologik  muammolarni  bartaraf  etish  bo‗yicha, 
yuqumli  kasalliklarni  oldini  olish,  shahar  havosining  ifloslanishi, 
chiqindilardan tozalash bo‗yicha jamoat birlashmalari hukumatga qimmatli 
fikrlar bilan bir qatorda amaliy loyihalarni taklif etadilar.  
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev ning 2017 yil 
27  martda  ―Fuqarolik    jamiyati  shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil 
institutining  faoliyatini  takomillashtirish  bo‗yicha  qo‗shimcha  chora-
tadbirlar  to‗g‗risida‖  PQ-2851-sonli qaroriga  asoslanib  hozirgi  kunda 
fuqarolik    jamiyati  shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil  institutining 
faoliyatini takomillashtirish  va tuzilmasini optimallashtirish, jamoatchilik 
bilan  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  muloqot  ko‗lamini  yanada  kengaytirish,  fuqarolik 
jamiyati 
institutlarining 
faolligini 
oshirish, 
ularning 
mamlakatni 
demokratik  yangilash  va  modernizatsiya  qilish  bo‗yicha  amalga 
oshirilayotgan islohotlardagi roli va ahamiyatini kuchaytirdi.  
Bir  so‗z  bilan  aytganda,  fuqarolik  jamiyati  uchun  fuqaroviylik, 
fuqaroviy  ong  va  fuqaroviy  faollik  juda  muhim  ahamiyatga  egadir. 
Taraqqiyotni maqsad qilgan har qanday jamiyat uchun inson salohiyatidan 
foydalanish, insonning o‗zligida, uning qalbida mavjud bo‗lgan birdamlik, 
saxiylik, bag‗rikenglik kabi fazilatlarga murojaat etishning o‗zi kifoyadir. 
3.  Fuqarolik  ongi  demokratik  qadriyatlar,  ideallar,  huquq  va 
erkinliklar  nuqtai  nazaridan  shaxs,  jamiyat  va  davlat  o‗rtasidagi 
munosabatlarni  anglashdan  iborat.  Albatta  har  bir  davlat  va  jamiyatda 
demokratik  qadriyatlar  o‗ziga  xos  tamoyillir  va  me‘yorlar  asosida  qabul 
qilinadi.  Fuqarolik  ongi  jamiyat  taraqqiyotining  shunday  bosqichidagi 
ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me‘yorlar va qadriyatlar 
hayotning asosiga aylanadi.  
Fuqarolik  ongi  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  ma‟naviy  sohalarda 
me‟yoriy,  shakllantiruvchi,  yo„naltiruvchi,  muloqotga  yetaklovchi  singari 
rang  barang  vazifalarni  bajaradi.  Bu  vazifalar  ta‘sirlashgan  holda  o‗zaro 
kesishadilar va bir-birini to‗ldiradilar. Ularning ko‗pchiligi davlat va uning 
institutlariga xosdir. Ammo davlat organlari qonunlar, me‘yoriy hujjatlar, 
qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi 
erkin  shakllanadi.  Fuqaroviy  ong  me‘yorlari  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar 
natijasida  shakllanadi,  uni  muvofiqlashtiradigan  yoki  uni  amalga 
oshiradigan  maxsus  tuzilmalar  bo‗lmaydi.  Fuqarolik  ongining  vazifalari 
alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bog‗liq. 


49 
 
Fuqarolik  ongi  jamiyat  hayotida  turli  shakllarda  namoyon  bo‗ladi. 
Kishilar  shaxsiy  va  ijtimoiy  qadriyatlar  borasida  o‗z  qarashlari, 
tasavvurlari,  qadriyatlari,  intilishlari,  me‘yorlarini  turli  ko‗rinishlarda 
namoyon  etishadi.  Jamiyat,  guruhlar,  shaxsning  ijtimoiy  manfaatlari 
namoyon  bo‗ladigan  fuqaroviy  manfaatlar  tizim  holiga  keladi.  Aynan 
tizim  holida  bo‗lganligi  tufayli  fuqaroviy  manfaatlar  har  bir  shaxsning 
qadriyatlarini  hayotga  tatbiq  etadi,  uning  jamiyatga,  davlatga,  boshqa 
fuqarolarga nisbatan munosabatini shakllantiradi. Fuqaroning mas‘uliyati, 
maqsadlari,  vazifalarini  belgilashga,  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‗lgan 
xususiyatlarini  shakllantirishga  ko‗maklashadi.  Aynan  ana  shu  tarzda 
shakllangan  fuqaroviy  ong  fuqarolik  jamiyatining  shakllanishiga  xizmat 
qiluvchi  qadriyatlar,  me‘yorlar,  g‗oya  hamda  tasavvurlarni  shakllantirish, 
jamiyatni komillik va erkinlikka etaklashga xizmat qiladi.  
Fuqarolik  jamiyati  bir  necha  avlod  almashinuvini  talab  etadigan 
jarayon  bo‗lgani  singari  fuqaroviy  ong  ham  tarixiy  davr  mobaynida 
shakllanadi.  Har  bir  mamlakatdagi  fuqaroviy  ong  shu  mamlakatdagi 
ijtimoiy-siyosiy  tizimning  tabiatiga  mos  ravishda  shakllanadi.  Shu 
mamlakatga  xos  bo‗lgan  ijtimoiy  tizim,  aloqalar  va  munosabatlarni  aks 
ettiradi. 
Fuqarolik ongi tabiiy va tadrijiy taraqqiyot mahsuli bo‗lib, uni sun‘iy 
jihatdan  tezlashtirish  mumkin  emas.  U  ijtimoiy,  iqtisodiy  hamda  siyosiy 
omillar  negizida  tadrijiy  tarzda  shakllanadi.  Har  bir  avlod  mavjud 
demokratik  qadriyatlarni  o‗zlashtiradi  va  yangilarini  yaratadi.  Bu 
jarayonda  fuqarolik  ongini  belgilab  beruvchi  me‘yorlar  va  qadriyatlarni 
saqlash hamda uzluksiz takomillashtirish eng muhim faoliyat hisoblanadi.  
Tadrijiy taraqqiyot natijasida demokratik tasavvurlar mustahkamlanib, 
asta sekinlik bilan fuqarolik tajribasi to‗planib boradi. 
Fuqarolik ongi bir qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Fuqarolik ongi 
ijtimoiy tizimning o‗zgarishi bilan yangilanadigan qadriyatlarga moslashib 
boradi.  Boshqa  tarafdan  fuqarolik  ongi  ijtimoiy  o‗zgarishlarni  keltirib 
chiqaruvchi faol omil hisoblanadi. U fuqarolarni faol harakatga boshlovchi 
tasavvurlar  bilan  bog‗liq  bo‗lganligi  tufayli,  jamiyat  o‗zligining 
yangilanishiga,  ijtimoiy  taraqqiyotni  tezlashtiruvchi  omilga  aylanishi 
mumkin.  Fuqarolik  ongi  ijtimoiy  taraqqiyotning  ruhiy  negizini  yaratgan 
holda jamiyatning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 
Fuqarolik  ongi  yangi  g‗oyalarni  qabul  qilish  darajasida  ochiq 
xarakterga  ega.  Yangi  g‗oyalar  shu  tizimga  mos  ekanligi  o‗z  isbotini 
topgan taqdirda asta-sekin jamiyatning mohiyatiga singib boradi. 


50 
 
Madaniy  yangilanishlar  uzluskiz  tarzda  ijtimoiy  ongga  ta‘sir 
ko‗rsatish  darajasida  ko‗p  ro‗y  bergan  taqdirda  jamiyatda  voqelikni  his 
etish uchun yangicha usullar vujudga keladi va bu o‗z navbatida fuqaroviy 
ongning o‗zgarishiga olib keladi. 
Mamlakatda  siyosatni  tubdan  o‗zgartirish,  hatto  mulkka  nisbatan 
munosabatni ham butunlay o‗zgartirish mumkin, ammo kishilarning asosiy 
qarashlari va qadriyatlarini tezlik bilan o‗zgartirib bo‗lmaydi.  
Fuqarolik  ongi  umumiy  tamoyillargagina  asoslanmasdan,  mohiyati 
jihatidan  o‗zgarib boradi.  Albatta  jamiyatda  barqaror  bo‗lgan,  har  qanday 
siyosiy  tizimga  xos  bo‗lgan  tarixiiy  tajriba,  an‘analar  singari  o‗zgarmas 
xususiyatga  ega  qadriyatlar  mavjud  bo‗lib,  ular  fuqaroviy  ongda  ro‗y 
berishi  mumkin  bo‗lgan  tezkor  o‗zgarishlarni  tiyib  turadi.  Yangi  tarixiy 
tajriba  esa  aynan  ana  shunday  qadriyatlar  negizida  vujudga  keladi  va 
fuqarolar ongiga singib boradi.  
Tushuncha  sifatida  ―fuqarolik  ongi‖  haqida  gap  ketganda  avvalo 
fuqaroning  davlat  bilan  siyosiy-huquqiy  munosabatlari  nazarda  tutilib, 
kishining  biror-bir  davlatga  mansubligi  va  shu  davlatning  qonunlariga 
bo‗ysunishi  tushuniladi.  Kishining  huquqiy  maqomida  ifodalangan 
fuqarolik  davlat  bilan  fuqaro  o‗rtasida  amal  qiladigan  bir  qator  huquq  va 
burchlar bilan mustahkamlangan. 
Turli  ijtimoiy  sub‘ektlarning  o‗zaro  ta‘sirlashuvi  ro‗y  beradigan  va 
manfaatlari  amal  qiladigan  jamiyat  munosabatlariga  fuqaroviy  ong  kirib 
boradi  va  ularni  aks  ettiradi.  Shuningdek,  u  kishilararo  munosabatlarga 
ta‘sir  ko‗rsatgan  holda  ularga  aniqlik,  mazmun  va  shakl  bag‗ishlaydi. 
Kishilarning  ijtimoiy  hayot  hamda  davlatga  nisbatan,  shaxs  bilan  davlat 
o‗rtasida  haqiqiy  va  me‘yoriy  munosabatlar  to‗g‗risidagi  tasavvurlari 
fuqaroviy ongda mujassamlashgan. 
Ijtimoiy-siyosiy,  diniy,  axloqiy,  huquqiy,  iqtisodiy  va  boshqa 
me‘yorlar,  talablar,  tamoyillir,  qoidalar  umumiy  fuqaroviy  dunyoqarash 
shaklida fuqaroviy ongning tarkibiy elementlari sifatida namoyon bo‗ladi. 
Demokratik  jamiyatning  barqarorligi  demokratik  qadriyatlar  bilan 
boyishni taqozo etadi. Bu jarayon jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy erkin 
sharoitda  yashashga  qanchalik  tayyor  ekanliklari,  ya‘ni  shaxslarning 
fuqaroviy yetukligi va faolligiga bog‗liq. O‗z navbatida fuqaroviy yetuklik 
va fuqaroviy mus‘uliyat jamiyat a‘zolarining fuqaroviy ongi darajasi bilan 
belgilanadi.  Aynan  fuqaroviy  ong  jamiyatning  ma‘naviy,  intellektual 
hamda ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini shakllantiradi. 
Davlat  va  jamiyat,  davlat  va  shaxs  o‗rtasidagi  munosabatlarning 
tabiati  haqidagi  bilimlarning  kengayishi  ―fuqaroviylik‖  tushunchasini 


51 
 
qayta-qayta  tafakkur  qilishni  taqozo  etadi.  Ijtimoiy  jarayonlar  natijasida 
sayqallangan  fuqaroviy  madaniyat  va  fuqaroviy  ong  kishilarni  iqtisodiy, 
siyosiy, huquqiy, axloqiy jihatdan shakllantiradi.  

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin