1.Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish
– O‗zbekistonning pirovard maqsadidir. O‗zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlab o‗tganidek: ―Biz shunchaki
demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz... Adolat
va haqiqat g‗oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab
olmog‗i darkor. Adolat va haqiqat g‗oyasi qonunchilik faoliyatimizning
zamini, bosh yo‗nalishi bo‗lmog‗i shart‖
1
.
Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi
bir-biri bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib, qabul qilinayotgan qonunlarimiz
zamirida adolat yotishi lozim. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga
tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.
Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri - jamiyat
a‘zolarining qonun oldida tengligining, Konstitutsiya va qonunlarning
tengligining
ta‘minlanganligidir.
Shuningdek,
Konstitutsiya
va
qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini
ta‘minlashdan iborat bo‗lmog‗i lozim.
―Qonun ustuvorligini ta‟minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning
huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy
madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo„ysunish va
hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik
1
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. 10-б.
53
jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim
sharti hisoblanadi‖
1
.
Qonun
ustuvorligining
mohiyati
O‗zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining III bob, 15- va 16-moddalarida belgilab qo‗yilgan.
Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq, “O„zbekiston Respublikasida
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi
so„zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish
ko„radilar” deyilgan.
―Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U
hayotning barcha sohalarida qonunning qat‘iyan hukmronligini nazarda
tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‗jalik yurituvchi va ijtimoiy
siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga
bo‗ysunish majburiyatidan xalos bo‗lishi mumkin emas. Qonun oldida
hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy
ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga
solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va
normalarni buzganligi uchun javobgar bo‗ladi‖
2
, - deb ta‘kidlagan edi
I.Karimov.
Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyat barpo etishning asoslaridan biri
bo‗lib hisoblanadi. Shu bilan birga, adolat mezoni hisoblanadi. Chunki,
qonun ustuvorligi ta‘minlansagina adolat qaror topadi, insonlar millati, tili,
urf-odati, an‘anasi, qadriyatlari, diniy e‘tiqodi, jinsi, ijtimoiy ahvoli
kabilarda tenglikka erishadilar. U mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va
ma‘naviy hayotida barqarorlik ta‘minlanishining asosi hisoblanadi. Qonun
oyoq osti qilingan mamlakatda talon-torojlik, tengsizlik, adolatsizlik,
zo‗ravonlik va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga keladi. Ana shuning
uchun ham qonun ustuvorligi umuminsoniy qadriyat darajasiga
ko‗tarilgan. Qonun bilan yashashni millat vakillarining dunyoqarashiga
aylanishiga erishish, milliy rivojlanishning muhim yo‗nalishini tashkil
qiladi.
Ammo u oson ish emas. Chunki, demokratik jamiyatga o‗tish
jarayonida iqtisodiy sohada vujudga keladigan muammolar oddiy
insonlardan tortib, to mansabdor shaxslargacha qonunni chetlab o‗z
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy-ma‘rifiy ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan harakatlar qilish jarayonini vujudga keltiradi. Bu salbiy
1
Каримов И.А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. 10-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 2002, 28-б.
2
Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. 1-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996.
-Б.321.
54
jarayonlarning oldi olinmasa juda noxush holatlarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi tamoyilining ahamiyati juda
muhimdir. Chunki Birinchi Prezidentmiz I.A.Karimov aytganlaridek,
«huquqiy davlatning quroli ham, ko‗zi ham, o‗zi ham, qalqoni ham -
qonundir»
1
.
Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi avvalambor demokratiyaga
xos bo‗lgan xususiyatlarni amalga oshirishni ta‘minlaydi, ya‘ni boshqacha
qilib aytganda, qonun belgilagan har bir narsa majburiy yoki ta‘qiqlov
xarakteriga ega va ushbu qoida jamiyatda istiqomat qiluvchi barcha
shaxslarga taalluqlidir. Ya‘ni bu yerdan shunday tushuncha vujudga
keladi, barcha qonun oldida barobardir.
Qonun ustuvorligining ahamiyati haqida so‗z yuritar ekanmiz,
avvalambor, xalqning manfaatlari, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar,
davlat ishini tashkil etish va shunga o‗xshash boshqa masalalarda muhim
ahamiyatga ega.
Qonun ustuvorligiga erishish uchun avvalambor ularni qabul qilish
jarayonida puxta va mukammal qilib, jamiyatda kelajakda uzoq vaqt o‗z
foydasini bera oladigan darajada ishlab chiqish lozim. Bundan tashqari
qonunlarni qabul qilish jarayonida shuni e‘tiborga olish lozimki, ya‘ni
jamiyat, xalq ushbu qonunga ehtiyoj sezayaptimi yoki yo‗qmi. Aynan shu
masala ham qabul qilinadigan qonunning hayotda qay darajada jamiyatga
naf keltirishi yo keltirmasligini belgilab beradi.
Qonun ustuvor bo‗lgan jamiyatda noroziliklar ham bo‗lmaydi, chunki
barcha soha vakillari qonun asosida faoliyat yuritar ekan norozilik va
tushunmovchilikning
o‗zi
bo‗lmaydi.
Qonunlarning
ustuvorligi
jamiyatdagi barcha fuqarolar uchun shu jumladan, davlat xizmatida
ishlovchi shaxslar uchun, shuningdek jamiyatdagi barcha sohalarga
taalluqli bo‗lganligi uning yanada mukammal tus olishigi olib keladi.
Qonun ustuvorligi haqida so‗z yuritganda uning ustuvorligini ta‘minlovchi
davlat organlari haqida ham unutmasligimiz lozim. Chunki qonun qabul
qilinishining o‗zi bu uning jamiyatda o‗z-o‗zidan ustuvor xususiyatga ega
degani emas, buning uchun davlat organlarining bu borada xizmatlari va
mehnatlari talab etiladi. Qolaversa, qonunlarga itoat qilishda, uning ijrosini
ta‘minlashga mas‘ul bo‗lgan kishilar har doim oddiy fuqarolarga ―etalon‖
bo‗lishlari lozim bo‗ladi. Ular tomonidan qonunlarning buzilishiga
qaratilgan har bir kichik hatti-harakat nafaqat umumiy taraqqiyotga,
1
Х. Бобоев, 3. Ғофуров, 3. Исломов. "Миллий истиклол мафкураси ва тараққиѐт". –Т.: Янги аср авлоди, 2001.
115-б.
55
shuningdek fuqarolarning hokimiyatga ishonchining barbod bo‗lishiga olib
keladi. Shu ma‘noda ham qonun ustuvorligini ta‘minlashda fuqaroga
qaraganda uning ijrosi uchun mas‘ul bo‗lganlar ko‗proq yetakchilik
qilishlari talab etiladi. Qonunlarning har qanday shaxs, guruh, siyosiy
kuchlar yoxud ijtimoiy tabaqalar manfaatlaridan ustun bo‗lishini real
ta‘minlash orqaligina demokratiyani rivojlantirish, uning jamiyatda amal
qilishiga erishish mumkin bo‗ladi. Uning amal qilishi har ikkala hokimiyat
va fuqaro manfaatlariga mos keladi.
Qonun ustuvorligini ta‘minlashning asosiy omillarini quyidagicha
e‘tirof etish mumkin:
- qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib borish –
insonparvar, adolatli xalqchil qonunlar yaratilishining garovidir;
- qonunning sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexanizmi
puxta, yuridik texnika nuqtai-nazaridan benuqson bo‗lishiga erishish;
- qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda ―qonunda
ta‘qiqlanmagan hamma narsaga ruxsat beriladi‖ (fuqarolar uchun). ―Faqat
qonunda mustahkamlangan narsalargagina ruxsat beriladi‖ (mansabdor
shaxslar va davlat idoralari uchun) degan prinsipga qat‘iy amal qilinishiga
erishish;
- qonunchilik faoliyatining yaqin yillar va istiqbolga mo‗ljallangan
strategiyasini hamda qonun ustuvorligini ta‘minlash konsepsiyasini
yaratish;
- qonunlar amal qilishining ijtimoiy mexanizmiga e‘tibor qaratish.
Bu sohadagi ijtimoiy omillar (ta‘sir etuvchi kuchlar, vositalar) ni
sinchiklab o‗rganish;
- aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.
Qonun
ustuvorligini
ta‘minlash
demokratik
jamiyatni
shakllantirishning asosiy vazifasi bo‗lib hisoblanadi. Shuni alohida
ta‘kidlash kerakki, avvalo qonunlar fuqarolarning bevosita yoki bilvosita
ishtiroki bilan ishlab chiqiladi, ularning xohish va irodasini o‗zida aks
ettiradi. Ammo ko‗pgina qabul qilingan qonunlar real hayotga joriy
qilinmasdan qog‗ozda qolib ketadi. Bularning sababi:
Dostları ilə paylaş: |