itoatkorlik – bu yuksak madaniyatlilik, ma‘naviyatlilik, ma‘rifatlilik
belgisidir. Qonunga itoatkorlikni insonning unga ko‗r-ko‗rona bo‗ysunishi
ma‘nosida tushunmaslik lozim. Qonunning maqsad va vazifalarini,
ma‘nosi-yu, insonparvarlik ahamiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga
ixtiyoriy rioya qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga yordam beradi.
Qonunlarga qat‘iy rioya etilishi jinoyatchilikning oldini olishning,
qonun buzilishiga yo‗l qo‗ymaslikning zarur shartlaridan biri bo‗lib
hisoblanadi. Qonunning kuchi, obro‗si, ta‘siri, amaliy ahamiyati hayotda
uning halol, haqiqiy, odilona tatbiq etilishidadir. Agar qonun ijrochilari
burchlari va mas‘uliyatlariga xolisona odilona yondashib, to‗g‗ri yo‗ldan
toymay Vatan, davlat manfaati va taqdirini o‗zlari uchun oliy maqsad deb
hisoblab qonunlarni turmushga adolatli qo‗llasalar, bundan davlat va
jamiyat ham, xalq ham naf ko‗radi.
―Qonun – ijrosi bilan kuchli‖ – degan iboraga urg‗u beradigan
bo‗lsak, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida qonunlarni ijro
etishda halollik va adolat asosida ish yuritish mutasaddilar uchun asosiy
maqsad, jamiyat, xalq va Vatan oldidagi buyuk insoniy burch, yuksak
mas‘uliyat bo‗lmog‗i lozim.
Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyatda qonunning
hukmronligini qaror toptirishni taqozo etadi. Chinakam huquqiy davlat
barpo etmoq uchun mamlakatda adolatli, insonparvar demokratik qonunlar
tantana qilmog‗i lozim. Qonunning oliyligi davlat va jamiyat hayotining
muqaddas prinsiplaridan biridir. Ijtimoiy siyosiy turmushda qonun
muqaddas sanalib, uning yuksak nufuzga ega bo‗lishining boisi shuki,
unda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o‗zining
ifodasini topadi.
Shunisi diqqatga sazovorki, mamlakatda bozor munosabatlariga
o‗tishning O‗zbekistonning Birinchi Prezidenti I. Karimov tomonidan
e‘lon qilingan besh prinsipi orasida qonunning hamma narsadan ustun
bo‗lishi va qonunga itoatkorlik prinsipi alohida o‗rin tutadi. ―Chinakam
demokratik jamiyatda Prezident ham, oddiy fuqaro ham qonunga rioya
etadi. Boshqa iloji yo‗q‖
1
.
1
Каримов И.А. ―Янги уй қурмай туриб, эскисини бузманг‖. –Т.: Ўзбекистон, 1993, 22-б.
62
4.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi
eng muhim yo‗nalishlaridan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni
mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga
qaratilgan
sud-huquq
tizimini
izchil
demokratlashtirish
va
liberallashtirishdan iboratdir.
Biz mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur
yo‗nalishiga alohida e‘tibor qaratganimiz bejiz emas. Ana shunday
yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko‗lami, miqyosi va
samaradorligi keyingi o‗n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga
ko‗tarilganini ko‗p-ko‗p misollarda ko‗rish mumkin.
Avvalo, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish,
sudning mustaqilligini ta‘minlash, uni sobiq tuzumda bo‗lgani kabi
qatag‗on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va
fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga
xizmat qiladigan tom ma‘nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga
qaratilgan keng ko‗lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga
oshirildi.
Ayni paytda sudyalik lavozimiga nomzodlarni taqdim etish,
sudyalarning vakolatini to‗xtatish va muddatidan oldin tugatish, ularga
nisbatan intizomiy ish yurituvni qo‗zg‗atish vazifalari Adliya vazirligi
vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo‗ldi.
Bundan tashqari, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlash,
xususan, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug‗ullanish vazifasi
maxsus organ — O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‗yicha oliy malaka
komissiyasiga yuklatilganini qayd etish lozim.
Shular qatorida O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida
maxsus vakolatli tuzilma - Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini
moddiy-texnik va moliyaviy ta‘minlash departamenti tashkil etilgan edi.
Keyinchalik ushbu department tugatilib, o‗niga Bosh prokuratura
huzuridagi majburiy ijro byurosi tashkil etildi.
2017 yilda esa sud – huquq sohasida katta o‗zgarishlar amalga
oshirildi. Jumladan, Oliy xo‗jalik sudi Oliy sud tarkibiga qo‗shilib, yagona
sud hokimiyati oliy organi Oliy sud qayta tashkil etildi. Sud sohasida
ma‘muriy va iqtisodiy sud kabi yangi tarmoqlar tashkil etildi.
Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda
kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada
kengaytirishni ta‘minlash bo‗yicha katta ko‗lamdagi chora-tadbirlar
amalga oshirildi.
63
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokatning tengligini,
jinoyat va fuqarolik ishlari bo‗yicha sud faoliyatining barcha bosqichlarida
o‗zaro tortishuv bo‗lishini ta‘minlashga, odil sudlovning sifati va
tezkorligini oshirishga qaratilgan keng ko‗lamli chora-tadbirlar izchil
amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, 2008 yilda «Advokatura instituti takomillashtirilishi
munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida»gi Qonunning qabul
qilinishi bu borada g‗oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Qonunda
advokatning professional faoliyatiga to‗sqinlik qilish, uning o‗z himoyasi
ostidagi shaxsga nisbatan pozitsiyasini o‗zgartirish maqsadida har qanday
shaklda ta‘sir o‗tkazishga qaratilgan harakatlar uchun javobgarlik
belgilanganini e‘tirof etish zarur.
Ma‘lumki, O‗zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab o‗lim
jazosi bekor qilindi va uning o‗rniga umrbod yoki uzoq muddatli
ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi.
Mamlakatimizda
o‗lim jazosining bekor qilinishi xalqaro
hamjamiyatning katta e‘tibor va e‘tirofiga sazovor bo‗lgani albatta
ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik o‗ta muhim voqeadir. Nufuzli xorijiy
ekspertlarning ta‘kidlashiga ko‗ra, ushbu chora va bu sohada yuqorida
ko‗rsatilgan boshqa bir qator ishlarning amalga oshirilishi bilan
O‗zbekistonda dunyodagi eng liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri yaratildi.
Xalqaro
ekspertlarning
bu
boradagi
qiyosiy
tahlillari
shuni
ko‗rsatmoqdaki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi Germaniya va
Polshada 5 ta, Belgiya va Rossiyada 6 ta, Daniyada 9 ta, SHvetsiyada 13
ta, Fransiyada 18 ta, Gollandiyada 19 ta jinoyat turi bo‗yicha tayinlanishi
mumkin.
O‗zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo
chorasi bo‗lib, faqat ikki turdagi jinoyat, ya‘ni javobgarlikni
og‗irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‗ldirish va terrorizm uchun
tayinlanadi. Ushbu jazo turi bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga,
jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga etmagan shaxslarga va yoshi 60 dan
oshgan erkaklarga nisbatan qo‗llanilishi mumkin emas.
Bu borada «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, ya‘ni 2008
yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi
prokurordan sudga o‗tkazilishi prinsipial qadam bo‗ldi. Ushbu qarorning
o‗z vaqtida va puxta o‗ylab qabul qilingani bugungi kunda ko‗pgina
amaliy misollarda o‗z isbotini topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga
tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning
64
daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo‗lmoqda.
Ushbu institut joriy etilgan 2008 yilning yanvaridan buyon sudlar
tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur
ehtiyot chorasini qo‗llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Shuningdek, huquqni qo‗llash va sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab
yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko‗rsatmoqda. Yarashuv
institutining talabiga ko‗ra, ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan jinoiy qilmishni
sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga etkazilgan zararni to‗liq qoplab bergan
taqdirda
jinoiy
javobgarlikka
tortilmaydi.
Mazkur
institutning
samaradorligi hamda o‗zbek xalqining rahmdillik va kechirimlilik kabi
ko‗p asrlik an‘analariga mosligi uning izchillik bilan kengayib borishiga
asos bo‗ldi. Hozirgi kunda 53 ta jinoyat tarkibi bo‗yicha yarashuv
institutini qo‗llash imkoniyati nazarda tutilgan.
Shu borada yana bir misolga e‘tibor beraylik. Yarashuv institutining
joriy etilishi natijasida o‗tgan davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin
fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
2010 yilning 12 noyabrida O‗zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.Karimov tomonidan bayon qilingan ―Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish Konsepsiyasi‖da sud-huquq sohasida bir qancha islohotlarni
amalga oshirish taklif qilingan edi. Ushbu konsepsiyada
yurtimizda
huquqiy davlat asoslarini tobora takomillashtirish va aholining huquqiy
ongi va madaniyatini yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo‗lib qolishi
ta‘kidlangan. Zero, jamiyatning demokratiya yo‗lidan jadal rivojlanishi va
bu boradagi islohotlarning samarasi ko‗p jihatdan odamlarning huquqiy
ongi va madaniyati darajasiga bog‗liq.
Hokimiyatlar bo‗linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga
oshirish maqsadida «Sudlar to‗g‗risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul
qilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual
qonunchiligiga tegishli o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritildi. Bu esa o‗z
navbatida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va
ta‘siridan chiqarish imkonini berganini alohida ta‘kidlash lozim.
2017 - 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi
ustuvor yo‗nalishi - qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini
yanada isloh qilish deb ataladi. Ushbu ustuvor yo‗nalishda sud
hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash, sudning nufuzini
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish;
65
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy
rag‗batlantirish va ijtimoiy ta‘minot darajasini oshirish, sudlarning
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sudyalarga g‗ayriqonuniy tarzda ta‘sir o‗tkazishga yo‗l qo‗ymaslik
bo‗yicha ta‘sirchan choralar ko‗rish;
sudning mustaqilligi va beg‗arazligi, sud protsessida tomonlarining
tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
«Xabeas korpus» institutini qo‗llash sohasini kengaytirish, tergov
ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar
faoliyatiga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish kabilarni ko‗zda tutadi.
Hozirgi paytda insonning huquq hamda erkinliklarini ta‘minlash
mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida inson va fuqaro huquq
hamda erkinliklarining kafolatlari to‗g‗risida qonun qabul qilish maqsadga
muvofiqdir. Inson huquqlari g‗oyasi milliy parlamentimiz faoliyatida
doimiy o‗rin egallashi darkor. Har qanday qonun ishlab chiqilayotgan va
muhokama etilayotgan paytda insonning asosiy huquqlariga qanchalik mos
kelishiga alohida e‘tibor qaratish zarur. Ana shu prinsiplarga og‗ishmay
rioya etilgan taqdirdagina chinakam fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat
barpo etish mumkin.
Shunday qilib, O‗zbekistonda huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirish maqsadida Konstitutsiya va qonunlarning
ustuvorligini ta‘minlash uchun kompleks tashkiliy huquqiy kafolatlar
yaratildi. Albatta, konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlar va yuridik
mexanizmlarni muttasil takomillashtirib, ularning samaradorligini oshirib
borish lozim. Shu o‗rinda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini
ta‘minlashning iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy-axloqiy, ruhiy kafolatlari ham
mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: |