Qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yo‗nalishi hisoblanadi.
Birgina 1995-2004 yillarda Oliy Majlis 240 ta qonun, 778 ta qaror qabul
qildi, amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta o‗zgartish va qo‗shimcha kiritdi,
130 tadan ziyod xalqaro shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi.
Hukumat bu – davlat boshqaruvining oliy organi bo‗lib, Konstitutsiya
va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga
oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni
ta‘minlaydi, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda
Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi.
Turli mamlakatlarda hukumat turli nomlar bilan ataladi. O‗zbekiston
Respublikasida hukumat ―Vazirlar Mahkamasi‖ deb nomlangan bo‗lib,
―O‗zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to‗g‗risida‖gi Qonunga
binoan u O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va
1
Ўзбекистон Республикасининг ―Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида‖ги
(ўзгартиришлар билан) Қонуни. //Ўзбекистон Республикасининг сайлов қонунлар тўплами.
-Т.: ТДЮИ, 2004. -Б. 38.
2
Қаранг:Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т.:Ўзбекистон, 200. -Б. 15.
59
ma‘naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‗zbekiston
Respublikasi qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari ijrosini ta‘minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
1
2003 yil 29 - avgustda O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‗g‗risida‖gi yangi tahrirdagi qonuni
qabul qilindi.
Konstitutsiyaning 98-moddasi hamda yangi tahrirdagi qonunning 15-
moddasiga ko‗ra, Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi
va unga rahbarlik qiladi, uning samarari ishlashi uchun shaxsan javobgar
bo‗ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning
qarorlarini imzolaydi, boshqacha qilib aytganda Vazirlar Mahkamasi Raisi
funksiyalarining barchasini amalga oshiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan respublikada ijro
etuvchi hokimiyatning amalga oshirilishi to‗g‗risidagi konstitutsiyaviy
qoida hukumat maqomi, uning alohida huquqlarini, tarkibini, qonun
chiqaruvchi organlar, ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‗zaro
munosabatlari tarkibini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat
Prezident, Oliy Majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni, qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗lish asosida davlat
hokimiyatini amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‗zi
tashkil etadigan xo‗jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi,
ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta‘minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi o‗z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va
qonuniylik, O‗zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va
elatlarning manfaatini hisobga olish prinsipiga asoslanadi. Respublikada
yashovchi barcha millatlar manfaatlarini hisobga olish uchun o‗z
faoliyatini oshkoralik, insonparvarlik va qonuniylik asosida olib boradi.
Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo‗yilgan o‗z tarkibiga ega.
Unga ko‗ra, Vazirlar mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi
o‗rinbosari va o‗rinbosarlari, O‗zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat
qo‗mitalarining
raislari,
davlat
va
xo‗jalik
boshqaruvi
boshqa
organlarining rahbarlari kiradilar.
Sud hokimiyati hokimiyatning uchinchi tarmog‗i bo‗lib, uning asosiy
vazifasi odil sudlovni ta‘minlash va amalga oshirishdir. O‗zbekiston
Respublikasida sud hokimiyatiga rahbarlikni O‗zbekiston Respublikasi
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1993 йил 5 сон. 202 модда. (янги тахрирда
«Халқ сЎзи» газетаси 2003 йил 29 август)
60
Oliy sudi amalga oshiradi. Respublikamizda sud tarmog‗i quyidagilardan
tashkil topgan: jinoyat ishlari bo‗yicha sud, fuqarolik ishlari bo‗yicha sud,
iqtisodiy sud va ma‘muriy sudlar. Respublikada sud organlarining faoliyati
―Sudlar to‗g‗risida‖gi Qonun asosida amalga oshiriladi.
Sudlar
tomonidan
davlat
organlari
huquqiy
hujjatlarining
Konstitusiyaga va qonunlarga mosligini nazorat qilinishi – sud
organlarining vakolatlaridan biri bo‗lib hisoblanadi.
Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan
chiqarilgan normativ– huquqiy hujjatlarning konstitusiyaviyligini nazorat
qilish O‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudiga yuklatilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 109 – moddasiga
muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi qonunlarning va
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
farmonlarining,
hukumat
qarorlarining, davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining
O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga mosligini aniqlaydi.
Konstitusiyaning ushbu moddasida ko‗rsatilgan normativ – huquqiy
hujjatlarning Konstitusiyaga yoki qonunlarga mosligini umumiy
yurisdiksiya yoki xo‗jalik sudlari nazorat qilishga haqli emaslar. Ularning
Konstitusiyaga mosligini aniqlash Konstitusiyaviy sudning mutlaq
vakolatiga kiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12 – moddasi
«Davlat organining yoki fuqarolarning o‗zini – o‗zi boshqarish organining
hujjatini haqiqiy emas deb topish», deb nomlangan bo‗lib, uning birinchi
qismiga muvofiq «Davlat organlarining yoki fuqarolarning o‗zini – o‗zi
boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo‗lmagan hamda
fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning fuqarolik hujjatlarini va qonun
bilan qo‗riqlanadigan manfaatlarini bo‗zadigan hujjati sud tomonidan
haqiqiy emas, deb topilishi mumkin».
Sud huquqiy hujjatni haqiqiy emas, deb qaror chiqargan taqdirda, bu
qaror hamma davlat organlari va boshqalar uchun ham majburiydir.
Chunki Konstitusiyaning 114 – moddasida «Sud hokimiyati chiqargan
hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun
majburiydir», deb mustahkamlab quyilgan.
Sud qaroriga ko‗ra haqiqiy emas deb e‘lon qilingan huquqiy hujjat–
yuridik kuchga ega emas.
Agarda biron–bir hujjatnining qonuniyligi to‗g‗risida sud qarori
mavjud bo‗lsa, o‗sha hujjat yuzasidan fuqarolar yoki tashkilotlar sudga
yana shikoyat qilishlari mumkin emas.
61
3.Qonunning ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining
muqaddas tamoyillaridan biridir. Qonunga og„ishmay itoat etilgan
jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va yanada mustahkamlanadi.
Qolaversa, barcha demokratik institutlar, inson huquqi va erkinliklari
qonun vositasi bilan joriy etiladi. Qonunda xalqning irodasi, xohish va
istaklari, manfaat va intilishlari o‗zining ifodasini topadi. Qonunga
Dostları ilə paylaş: |