Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

chiqаruvchi оrgаndаgi hаr bir dеputаt dеyarli tеng miqdоrdаgi fuqаrоlаr 
vаkili  hisоblаnаdi,  shuningdеk,  hаr  bir  sаylоvchi  umumiy  sаylоv 
qаrоrlаrigа bir xildа tа‟sir etish dаrаjаlаrigа egа bo„lаdi. 
Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir mеzоni – sаylоvlаrni to„g„ridаn- 
to„g„ri o„tkаzish qоidаsi hisоblаnаdi. Pаrlаmеnt dеmоkrаtiyasi rivоjlаngаn 
mаmlаkаtlаrning  ko‗pchiligidа  sаylоvchilаr  to‗g‗ridаn-to‗g‗ri  (dеlеgаtlаr 
yoki vаkillаr vоsitаsisiz) prеzidеnt, pаrlаmеnt vа bоshqа siyosiy hоkimiyat 
оrgаnlаrini sаylаydilаr. 
Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir muhim qоidаsi musоbаqаdоshlik 
yoki  o„zаrо  rаqоbаtbоshlik  hisоblаnаdi.  Ya‘ni  u  sаylоvlаrdа  turli  хil 
ijtimоiy  guruhlаr  yoki  qаtlаmlаr  mаnfааtlаrini  ifоdаlоvchi  turli  pаrtiyalаr 


73 
 
vа nоmzоdlаrni ishtirоki аsоsidаgi rаqоbаtdоshlik dеmоkrаtik rivоjlаngаn 
mаmlаkаtlаr uchun хоs. 
Bаrchа  dеmоkrаtik  mаmlаkаtlаr  tоmоnidаn  tаn  оlingаn  qоidаlаrdаn 
yanа  biri,  bu  –  yashirin  оvоz  bеrish  usulidir.  Sаylоvlаrdа  yashirin  оvоz 
bеrish  nаtijаsidа  sаylоvchilаrgа  tаshqаridаn  tаzyiq  yoki  tа‘sir 
o‗tkаzishning оldi оlinаdi, hаr bir sаylоvchining erkin bo‗lishi, o‗z хохish-
ihtiyorini аmаlgа оshirish uchun imkоniyatlаr yarаtilаdi. 
Sаylоvlаr  o‗tkаzishdаgi  yanа  bir  dеmоkrаtik  qоidа  –  sаylоvlаr 
ustidаn  хаlq  nаzоrаtini  o‗rnаtishdir.  Qоlаvеrsа  sаylоvlаr  mаrоsimlаridа 
milliy  vа  хоrijiy  kuzаtuvchilаrning  ishtirоk  etishi  sаylоv  o‗tkаzilаyotgаn 
dаvlаtning оbro‗-e‘tibоrini оshirаdi. 
Dеmоkrаtik  mаmlаkаtlаrdаgi sаylоvlаr  o‗tkаzish qоidаlаridаn biri  – 
sаylоvchilаrning  ishtirоk  etishini  iхtiyoriyligi  hisоblаnаdi.  Bu  qоidаning 
mоhiyati  shundаki,  hеch  kim  fuqаrоning  sаylоvdа  erkin  o‗z  хохishini 
bildirishgа  yoki  sаylоvdа  ishtirоk  etish  vа  etmаsligigа  tа‘sir  o‗tkаzа 
оlmаydi. 
Dеmоkrаtik  sаylоvlаrning  yanа  bir  qоidаsi  –  nоmzоdlаrning 
sаylоvоldi  kurаshi  uchun  tеng  imkоniyatlаr  yarаtishdir.  Bu  qоidа 
nоmzоdlаrgа turli mоddiy yoki siyosiy imkоniyatlаr ulаrninng bа‘zilаrigа 
ustunliklаr  vа  imtiyozlаr  pаydо  bo‗lishini  оldini  оlib,  bаrchа  nоmzоdlаr 
uchun tеng imkоniyatlаr yarаtаdi. 
Saylov  xalq  hokimiyatchiligining  timsoli  bo‗lib,  eng  avvalo  o‗zida 
jamiyat a‘zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. 
Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari  amalga  oshirilayotgan 
islohotlarda  saylovlarning  o‗rni  beqiyosdir.  O‗zbekiston  mustaqil 
taraqqiyot  yo‗lining  hozirgi  bosqichida  davlat  hokimiyatining  vakillik 
organlarini  erkin,  qonuniy  va  adolatli  saylovlar  asosida  shakllantirilishi 
demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat 
sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir
1
.  
Erkin  saylovlarni  o‗tkazish  jarayonida  qonuniylik,  tenglik  kabi  bir 
qator  umumiy  huquqiy  tamoyillarga  og‗ishmasdan  amal  qilinishi  ularni 
muvaffaqiyatli  amalga  oshirishga  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirishga 
xizmat  qiladi.  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  e‘tiroficha, 
«demokratiya  va  saylov  tushunchalari  doimo  yonma-yon  yuradi,  ular 
o‗zaro  birlashib ketgan. Saylov  –  demokratiya degani. Demokratiya  –  bu 
saylov  degani».  Darhaqiqat,  saylovsiz  demokratiyani,  demokratiyasiz 
                                                           
1
 Парламент сайлови: миллий қонунчилик  ва хорижий  тажриба: илмий-амалий  қўлланма // М.Абдусаломов ва 
бошқалар; Масъул муҳаррир проф. Ш.Х.Файзиев; –Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузиридаги 
Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти нашриѐти, 2009. 26-бет. 


74 
 
saylovni  tasavvur  qilish  qiyin.  Demokratiya  saylov  asosida,  erkin  fikr 
mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‗ladi.  
Demokratiyaning  ushbu  eng  muhim  tamoyilini  hayotga  tatbiq  etish, 
fuqarolarning  saylov  huquqini,  o‗z  xohish-irodasini  erkin  ifodalash,  o‗z 
qonuniy  manfaatlarini  ro‗yobga  chiqarish  va  himoya  qilish  huquqini 
ta‘minlash  uchun  haqiqiy  shart-sharoit,  huquqiy  asos  yaratib  berilishi 
lozim.  O‗zbekistonda  bularning  barchasi  yaratilgan.  O‗zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  32,  77,  90,  105,  117  –  moddalarida 
saylov masalalari aks etgan.  
Mustaqillik  yillarida  saylov  jarayoni  bilan  bog‗liq  ―O‗zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to‗g‗risida‖gi,  ―O‗zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisiga  saylov  to‗g‗risida‖gi,  ―Fuqarolar  saylov  huquqlarining 
kafolatlari  to‗g‗risida‖gi,  ―Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
Kengashlariga  saylov  to‗g‗risida‖gi,  ―O‗zbekiston  Respublikasining 
Markaziy  saylov  komissiyasi  to‗g‗risida‖gi  O‗zbekiston  Respublikasi 
qonunlarida  saylovlarga  doir  umume‘tirof  etilgan  demokratik  xalqaro 
tamoyil va qoidalar mustahkamlab qo‗yilgan edi.  
2019  yil  saylov  qonunchiligi  sohasida  katta  o‗zgarishlar  amalga 
oshirildi.  Yuqoridagi  va  saylov  qonunchiligiga  oid  ko‗plab  boshqa 
hujjatlarga 
o‗zgartirishlar  kiritildi.  Yangi  hujjat  -  O‗zbekiston 
Respublikasining  2019  yil  25  –  iyundagi  O‗RQ-544-сон  Qonuni  bilan 
tasdiqlangan  Saylov  kodeksi  qabul  qilindi.  Mazkur  kodeks  Prezident,
 
Qonunchilik  palatasi  deputatlari,  Senat  a‘zolari,   mahalliy  kengashlar 
deputatlari  saylovlariga  tayyorgarlik  ko‗rish  va  ularni  o‗tkazish  tartibini 
belgilaydi.  Shu  paytgacha  mamlakatimizda  saylov  to‗g‗risida  ko‗plab 
hujjatlar  amal  qilib  kelmoqda  edi.  Biroq  turli  darajadagi  20  dan  ortiq 
qonun  hujjatlarini  amalda  qo‗llashda  murakkabliklar  yuzaga  kelishi 
holatlari  mavjud  edi.  Masalan,  ushbu  qonun  hujjatlarida  deyarli  bir  xil 
narsalar  yozilgan.  Ammo  o‗zgartirish  va  qo‗shimchalar  kiritish  kerak 
bo‗lsa, har biriga kiritib chiqish lozim bo‗lardi. Bu esa ko‗p vaqt va boshqa 
resurslarni talab qiladi.  
«O‗zbekiston  Respublikasining  Saylov  kodeksini  tasdiqlash 
to‗g‗risida»gi 
Qonun 
va 

bilan 
tasdiqlangan 
Kodeks 
orqali 
mamlakatimizda amalda bo‗lgan saylov to‗g‗risidagi 26 ta qonun hujjatlari 
qamrab  olindi.  Ya‘ni  shuncha  hujjat  bekor  qilinib,  o‗rniga  ushbu  yagona 
kodeks  amalga  kiritildi.  Jumladan,  kodeksda  quyidagi  o‗zgarishlarni 
ko‗rish  mumkin:  saylov  jarayonidan  oldin  saylovchilarning  elektron 
ro‗yxati  shakllantiriladi.  Markaziy  saylov  komissiyasi  mutaxassislari 
saylovchilarning  yagona  elektron  ro‗yxatini  yaratish  ustida  ish  olib 


75 
 
bordilar.  Uyma-uy  yurib,  saylovchilar  ro‗yxatga  olindi,  har  bir  saylovchi 
turar joy kadastr raqamiga biriktirildi. Bundan maqsad «bir saylovchi – bir 
ovoz‖ prinsipini to‗liq va bexato amalga oshirishdan iborat. Masalan, biror 
saylovchi yashash joyi o‗zgarsa, doimiy ro‗yxatdan vaqtinchalik ro‗yxatga 
o‗tsa, bu saylovchilarning yagona elektron ro‗yxatida o‗z aksini topadi. Bu 
saylovchining  faqat  bir  joyda  bir  marta  ovoz  berishini  ta‘minlaydi.  Shu 
bilan  birga  ushbu  elektron  tizim  orqali  saylovchilarga  ham  qator 
qulayliklar  yaratildi.  Masalan,  saylovchi  Markaziy  saylov  komissiyasi 
saytiga  kirib  pasport  raqamini  kiritish  orqali  o‗zining  qaysi  saylov 
uchastkasiga  mansub ekanligini va saylov uchastkasi joylashgan  manzilni 
aniqlashi mumkin.  
Kodeksda  uchastka  saylov  komissiyalari  joylashgan  binolarning 
jihozlanishiga  oid  talablar  o‗z  aksini  topgan.  Xususan,  saylov 
komissiyalari  joylashgan  binolarda  saylov  uchastkasining  xaritasi,  zarur 
mebel,  ofis  texnika  vositalari  (telefon,  printer,  Internetga  ulangan  va 
jarayonni  boshqarish  axborot  tizimiga  kirish  imkoniyatiga  ega 
kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari) bo‗lishi kerak.  
Saylov  kodeksidagi  yana  bir  o‗zgarish  asosida  saylov  okruglari 
ko‗paytirildi.  Saylov  kodeksi  bilan  saylov  okruglari  va  uchastkalarini 
tuzish,  saylov  komissiyalari  faoliyatini  tashkil  etish  tartibib  belgilandi. 
Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini  o‗tkazish uchun 
150  ta  hududiy  saylov  okrugi  tuziladi.  Ilgari  135  ta  okrug  tuzilgan  va  15 
nafar  deputat  O‗zbekiston  ekologik  harakatidan  saylangan.  Endilikda 
O‗zbekiston  ekologik  partiyasi  tashkil  etilganligi  bois,  mazkur  partiya 
deputatlikka  o‗z  nomzodlarini  umumiy  saylovlarga  qo‗ygan  holda 
Qonunchilik  palatasidan  o‗rin  egallashi  mumkin.  Shu  sababli  ushbu  15 
o‗rin  ham  okruglarga  berildi.  Bu,  birinchidan,  har  bir  deputatning  teng 
sharoitlarda  saylovlarda  ishtirok  etish  va  g‗alaba  qozonishi  uchun  imkon 
yaratadi.  Qolaversa,  saylovlarda  hech  bir  partiya  yoki  harakat  uchun 
alohida  sharoit  yaratilmasligiga,  saylovlarning  sof  demokratik  ruhda 
o‗tishiga yo‗l ochib beradi. Yana bir o‗zgarish ovoz berish vaqti o‗zgardi. 
Ilgari  saylovlar  soat  06:00  dan  soat  20:00  gacha  o‗tkazilgan.  Endilikda 
ovoz  berish  soat  08.00  da  boshlanadi  va  20.00  da  nihoyasiga  yetadi. 
Saylovlar asosan yil oxirida, qish faslida bo‗lib o‗tishi e‘tiborga olinsa, bu 
oqilona yechim bo‗lganini ta‘kidlash mumkin.  
3.Umumxalq  saylovlari  orqali  davlat  hokimiyati  vakillik  organlarini 
shakllantirish  demokratik  huquqiy  davlatning  eng  muhim  belgisidir. 
Demokratik  davlatlarda  saylovlar  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligi 
shundaki,  ular  mamlakat  parlamenti  qanday  siyosiy  kuchlardan  tashkil 


76 
 
topishini  aniqlab  beradi.  Saylovlar  mamlakat  aholisining  kayfiyati  va 
kimni  afzal  bilishini  namoyon  etuvchi  ko‗rsatkich  sifatida  ham  katta 
ahamiyat kasb etadi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolarining 
saylov 
huquqi 
Konstitutsiyaning  32-moddasida  alohida  mustahkamlangan.  Unga  ko‗ra, 
―O‗zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  jamiyat  va  davlat  ishlarini 
boshqarishda  bevosita  hamda  o‗z  vakillari  orqali  ishtirok  etish  huquqiga 
egadirlar.  Bunday  ishtirok  etish  o‗zini-o‗zi  boshqarish,  referendumlar 
o‗tkazish va davlat organlarini  demokratik  tarzda  tashkil etish yo‗li bilan 
amalga oshiriladi‖. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida ―Siyosiy 
partiyalar  turli  tabaqa  va  guruhlarning  siyosiy  irodasini  ifodalaydilar  va 
o‗zlarining  demokratik  yo‗l  bilan  saylab  qo‗yilgan  vakillari  orqali  davlat 
hokimiyatini  tuzishda  ishtirok  etadilar‖,  deb  belgilangan.  Shuningdek, 
Konstitutsiyaning  77-moddasida  O‗zbekistonda  saylovlar  ko‗ppartiyalik 
asosida o‗tishi ko‗zda tutilgan
1
.  
Har  qanday  davlatning  demokratik  davlat,  deb  e‘lon  qilishning  o‗zi 
kifoya emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatini tegishli huquqiy 
institutlar,  huquqiy  kafolatlar  bilan  ta‘minlashdan  iboratdir.  Bunday, 
konstitutsiyaviy-huquqiy  institutlarning  negizini  saylov  huquqi  instituti 
tashkil etadi.  
Saylovlar  demokratiyani  amalga  oshirishning  bevosita  shakli  bo‗lib, 
fuqarolarni  uyushgan  holda  o‗zlari  yashab  turgan  davlat  va  jamiyatni 
boshqarish  jarayonlariga  safarbar  etadi.  Haqiqatdan  ham  ―xalq 
hokimiyatining  bevosita  oliy  ifodasini  erkin  saylovlar  tashkil  etadi‖
2

Bunda fuqarolar har qanday jarayonning ishtirokchisi bo‗lganidek, saylov 
jarayonida  ishtirok  etib  o‗ziga  siyosiy  tajriba  orttiradilar.  Ular, 
avvalambor,  o„zlarining  siyosiy  ongini  charxlab,  siyosiy-huquqiy 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin