72
rangi, etnik kelib chiqishiga qarab fuqarolarining saylov huquqini biron-bir
tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash ta‘qiqlanishi belgilab qo‗yilgan.
Parlamentlararo Ittifoq Kengashi tomonidan qabul qilingan ―Erkin va
adolatli saylovlar mezonlari to‗g‗risida‖gi Deklaratsiyaning 1-moddasida
har qanday davlatda hokimiyat xalqning umumiy, teng va yashirin ovoz
berish asosida muntazam vaqt oralig‗ida o‗tkazib turiladigan haqiqiy, erkin
va adolatli saylovlarda bildiradigan xohish-irodasidan kelib chiqadi, deb
belgilangan.
2002 yil 7 oktyabrda Kishinyov shahrida qabul qilingan ―Mustaqil
Davlatlar Hamdo‗stligida ishtirok etuvchi davlatlarda demokratik
saylovlar, saylov huquqlari va erkinliklari standartlari to‗g‗risidagi
Konvensiyasi‖da demokratik saylovlar xalq hokimiyati va irodasining
bevosita oliy ifodasining biri, saylanadigan davlat hokimiyati va mahalliy
o‗zini o‗zi boshqarish organlari xalq (milliy) vakilligining, saylanadigan
mansabdor shaxslarning asosi hisoblanadi. Saylovlarni xalqaro kuzatish,
saylov jarayoni ishtirokchilarining saylov huquqlari va erkinliklarini
amalga oshirish kafolatlari demokratik saylovlarning standartlari
hisoblanishi e‘tirof etiladi.
2002 yil 7 oktyabrda qabul qilingan Mustaqil Davlatlar
Hamdo‗stligiga a‘zo davlatlarning «Demokratik saylovlar, saylov huquq
va erkinliklari standartlari to‗g‗risida»gi Konvensiyaning 1-moddasi 2-
bandida, saylovchilarning erkin xohish-iroda bildirishini ta‘minlovchi,
umumiy, teng saylov huquqi bilan yashirin ovoz berish asosidagi
saylovlarning muntazamligi, majburiyligi, odilonaligi, chinakamligi va
erkinligi tamoyillarini ta‘minlash belgilab qo‗yilgan.
Hоzirgi dаvr dеmоkrаtik sаylоvlаr tаmоyillаridаn biri –
tеng sаylоv
huquqi hisоblаnаdi. Uning аmаldаgi ifоdаsi shundаn ibоrаtki, qоnun
Dostları ilə paylaş: