Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

madaniyatini oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-huquqiy 
jihatlarini takomillashtirib boradilar. Shuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, 
hamjihatlik  bilan,  o‗z  harakatlarini  kelishuv  asosida  namoyon  qilishlarida 
siyosiy tajriba va ko‗nikmalarini orttirib boradilar. 
O‗zbekistonda  bevosita  saylovlar  yo‗li  bilan  davlat  boshlig‗i  – 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Oliy  Majlisning  bitta  palatasi  – 
Qonunchilik palatasi va saylanadilar. Saylanish yo‗li bilan mahalliy davlat 
hokimiyati vakillik organlari ham shakllantiriladi. Shu tariqa saylanadigan 
davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  vakolatiga  davlat  va  jamiyat 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: ―Ўзбекистон‖, 2012. – 40 Б. 
2
 Қаранг: Баглай М.В. Конституционное право Российской Федерации. – М.: ИНФРА, 2000. – С. 107. 


77 
 
hayotidagi  eng  muhim  masalalarni  hal  etish  kiritilgan.  Bu  barcha 
darajadagi saylovlarning o‗ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi.  
Saylovlar, referendum kabi, xalq irodasini to‗g‗ridan-to‗g‗ri namoyon 
etilishining  qonunlashtirilgan  shaklidir.  Saylovlar  orqali  fuqarolar  davlat 
hokimiyati organlarining shakllanishida ishtirok etadilar va bu bilan davlat 
boshqaruvidagi o‗zining konstitutsiyaviy huquqini amalga oshiradilar. 
Fuqarolik  jamiyati  bilan  saylovlarning  aloqadorligi  asosan  shu  bilan 
belgilanadiki,  fuqarolik  jamiyati  fuqarolarning  fikrlari  va  manfaatlarining 
xilma-xilligiga  asoslangan  holda  tashkil  etiladi.  Davlat  organlari 
fuqarolarning ishtiroki bilan adolatli saylovlar asosida tashkil etilmaydigan 
bo‗lsa, 
fuqarolarning 
ixtiyoriy 
ravishda 
qonunga 
itoat 
etishini 
ta‘minlashga,  o‗tkir  ijtimoiy  qarama-qarshiliklardan  qochib-qutulishga 
imkoniyat  bo‗lmaydi.  Demokratik  saylovlar  –  hokimiyat  masalasining 
kuch  bilan  hal  etilishini  tamoman  inkor  etadi.  Bu  borada  Birinchi 
Prezidentimiz  I.Karimov:  ―Demokratiya  sharoitlarida  esa  davlat  ijtimoiy 
qarama-qarshiliklarni  zo‗rlik  va  bostirish  yo‗li  bilan  emas,  balki  ijtimoiy 
kelishuv, xalq ta‘biri bilan aytganda, murosayu-madora bilan bartaraf etish 
vositasiga aylanadi‖
1
 deb ta‘kidlagan edi. 
Saylovlar  bevosita  jamiyatning  siyosiy  tizimini  aks  ettiradi  va  o‗z 
tomonidan  unga  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Ularning  tashkil  etilishi  va  ovoz 
berishning yakunlarini aniqlash tartibiga tegishli barcha jarayonlar siyosiy 
Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin