Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

 
INTERNET SAYTLARI 
 
1. www.president.uz 
2. www.ziyonet.uz 
3. www.xs.uz 
4. www.nimfogo.uz 
 
Mavzu: O‗ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINI 
BARPO ETISHNING ILMIY-METODOLOGIK, NAZARIY 
ASOSLARI 
 
Reja: 
1. Birinchi  Prezident  I.Karimov  tomonidan  huquqiy  demokratik  davlat  va 
fuqarolik jamiyatini barpo qilinishini asoslab berilishi 
2. Taraqqiyotning  ―O‗zbek  modeli‖ni  yaratilishining  asoslari,  asosiy 
tamoyillari va o‗ziga xos xususiyatlari.  


90 
 
3. O‗zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirishning  2017-2021 
yillarga 
mo‗ljallangan 
―Harakatlar 
strategiyasi‖ning 
asosiy 
yo‗nalaishlari 
 
Tayanch so‗z va iboralar: 
O„zbekistonning o„z yo„li, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik 
jamiyati,  “o„zbek  modeli”,  besh  tamoyil,  Harakatlar  strategiyasi,  davlat 
va  jamiyat  qurilishi  tizimini  takomillashtirish,  qonun  ustuvorligini 
ta‟minlash,  sud-huquq  tizimini  isloh  qilish,  iqtisodiyotni  rivojlantirish  va 
liberallashtirish,  ijtimoiy  sohani  rivojlantirish,  xavfsizlik,  millatlararo 
totuvlik  va  diniy  bag„rikenglikni  ta‟minlash,  o„zaro  manfaatli  va  amaliy 
tashqi siyosat 
   
1.O‗zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka    erishgandan  so‗ng 
kelajakda  qanday  yo‗ldan  borishi  masalasi  kun  tartibiga  qo‗yilgan  eng 
dolzarb  masalalardan  biri  bo‗ldi.  Buning  bir  qator  ob‘ektiv  va  sub‘ektiv 
sabablari  mavjud.  Uning  ob‘ektiv  sabablaridan  biri  jahonda  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor 
andozasining  yo‗qligi  va  bo‗lishi  ham  mumkin  emasligi  edi.  Ikkinchi 
ob‘ektiv  sababi  -  ma‘muriy  buyruqbozlikka  asoslangan  tuzumga  xos 
ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan 
yangi  ijtimoiy  yo‗naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  huquqiy 
demokratik  davlat  manfaatlariga  mos  kelmasligi  edi.  Mulkchilik  va  uni 
boshqarish,  ishlab  chiqarishdagi  inson  omilining  ortishini  hisobga  olgan 
holda davlat hokimiyatini boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga 
keltirish  zarur  edi.  Demak,  birinchidan  har  bir  davlat  demokratik 
taraqqiyot  yo‗liga  kirishi  uchun  ma‘lum  bir  muddat  talab  qilinar  edi. 
Ikkinchidan, vaqtni qo‗ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan 
asrlar  mobaynida  shakllangan  an‘analari  asosida  O‗zbekistonning  o‗ziga 
xos taraqqiyot yo‗lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo‗lmas, 
yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur edi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I.Karimov 
O‗zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne‘mat 
bo‗lgan  mustaqillik  to‗g‗risida  so‗z  yuritar  ekan,  uni  jamiyat  rivojining 
asosi,  bugungi  va  uzoq  istiqboldagi  taraqqiyotimiz  sharti,  barcha 
islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil 
deb  ta‘rifladi.  Shunday  ekan,  u  jamiyat  a‘zolari  oldiga  muttasil  yangi-
yangi  vazifalarni  qo‗yadi  va  uning  bajarilishini  talab  qiladi.  Zero, 


91 
 
taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf 
etish yo‗lidagi tadbirlardan iboratdir.  
Birinchi  Prezident  I.Karimov  milliy  taraqqiyot  tamoyillarini  ishlab 
chiqar ekan, O‗zbekistonning birinchi navbatda insonparvarlik qoidalariga 
asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e‘tiqodlaridan qat‘i nazar, 
fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  ta‘minlab  beradigan  davlat 
bo‗lishiga  katta  umid  bog‗lagan  edi.  Bugungi  kunda  mamlakatda 
demokratik  institutlar  faoliyatlari  ko‗lamlarini  kengaytirish,  aholining 
siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish,  jamiyatda 
manfaatlar,  turli  xil  qarashlar,  siyosiy  va  e‘tiqodiy  raqobatlar  o‗rtasidagi 
muvozanatni  ta‘minlash,  jamoat  birlashmalarining  hozirgi  bosqichdagi 
ijtimoiy  mavqeini  oshirish,  siyosiy  partiyalar  faoliyatini  takomillashtirish 
muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shuningdek  iqtisodiy  hayotni 
erkinlashtirish,  davlat  qurilishini  erkinlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 
shakllantirish,  hokimiyat  bo‗linishi  prinsipining  insoniyat  tomonidan 
umume‘tirof  etilgan  tamoyillarini  amalda  qo‗llash,  davlat  hokimiyati 
organlarining  vakolatini  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlariga  o‗tkazish 
masalalari strategik vazifalardir.  
Mustaqil  taraqqiyot  yo‗liga  chiqqan  O‗zbekiston  uchun  eng  asosiy, 
bosh  masala  milliy  davlatchilik  poydevorini  barpo  etish,  mustaqillikning 
siyosiy-huquqiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  asoslarini  yaratish  edi.  Mazkur 
masalaga  mustaqillikka  erishgan  barcha  mamlakatlar  turli  davrlarda  duch 
kelishgan  va  ular  bu  masalani  turlicha  hal  etishgan.  Shu  sababli  ilmiy 
adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning «shved modeli», «amerika  modeli», 
«yapon  modeli»  kabi  tushunchalar  ishlatilmoqda.  Mazkur  tushunchalar 
zamirida  muayyan  mintaqa  yoki  mamlakatlar  ijtimoiy  taraqqiyotida 
siyosiy-iqtisodiy  islohotlarni  qaysi  yo‗l  bilan,  qay  yo‗sinda  amalga 
oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi. 
Jumladan,  «amerika  modeli»da  bozor  munosabatlari  nihoyatda 
liberalligi  bilan  xarakterlansa,  «yapon  modeli»  iqtisodiy  munosabatlarda 
davlatning  yetakchi  o‗rni  bilan  belgilanadi.  «shved  modeli»da 
iqtisodiyotning ijtimoiy yo‗naltirilganligi ustuvordir. 
Shuningdek,  Sharqiy  Yevropa    mamlakatlarining  o‗z  modeli  bor, 
Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‗stligi  mamlakatlaridagi  modellar  ham  o‗ziga 
xos jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 
2.Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlangan  keng  ko‗lamli 
islohotlar  mamlakatimiz  taraqqiyotining  strategik  maqsadi  –  demokratik 
huquqiy  davlat  va  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  adolatli  fuqarolik 
jamiyati qurishga qaratilgan edi.  


92 
 
Mazkur islohotlar Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan yaratilgan 
beshta  tamoyilga  asoslanib,  amalga  oshirila  boshlandi.  Bu  tamoyillar 
quyidagilardan iborat: 

 Iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo„lishi, u har qanday mafkuradan 
ozod  bo‗lishi  lozim.  Iqtisodiyot  o‗z  qonuniyatlariga  asoslanib 
rivojlanishi kerak; 

 Iqtisodiyotni  boshqarishda,  ayniqsa  yangi  bozor  iqsodiyotiga 
o‗tilayotganda, davlat bosh islohotchi bo‗lib, uning boshqaruv tizimini 
qo‗ldan chiqarmaslik kerak; 

 Konstitutsiya  va  qonunning  ustunligi.  Unga  barcha  barobar, 
hayotimizning turli sohasida rioya etishi kerak

 Kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish.  Bu  bozor  iqtisodiyoti  yo‗lidagi  eng 
muhim vazifadir; 

 Bozor iqtisodiyotiga o„tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich 
amalga oshirilmog‗i lozim
1
.  
Mazkur  tamoyillar  «o‗zbek  modeli»  sifatida  jahonda  e‘tirof  etilgan 
O‗zbekiston  mustaqil  taraqqiyot  yo‗lining  g‗oyaviy-nazariy  negizi  bo‗lib 
xizmat qildi. 
Ulug‗  mas‘uliyatni  o‗z  zimmasiga  olgan  I.Karimov  O‗zbekistonning 
rahbari  sifatida  asosan  ikki  narsani  mushtarak  holda  olib  bordi.  Ulardan 
biri  mamlakatimizning  o‗z  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  yo‗lini  ishlab 
chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‗p asrlik tajribasini o‗rganish va 
ularning  bizga  maqbul  jihatlarini  ijobiy  jihatdan  o‗zlashtirish  bo‗lsa, 
ikkinchisi  -  O‗zbekiston  xalqining  turmush  tarzi,  mentaliteti  va 
an‘analariga  tayanishdan  iborat  bo‗ldi.  Unga  Islom  Karimov  tomonidan 
taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi. 
«O‗zbek modeli»ni demokratik jamiyat barpo etish muhim o‗ziga xos 
modeli  ekanini  dunyoning  juda  ko‗plab  siyosatshunosh  yetakchi  olimlari 
o‗rgandilar  va  tahlil  qildilar
1
.  Masalan,  rossiyalik  tadqiqotchilar  Gafarli 
M.S., 
Kasayev 
A.G., 
germaniyalik 
L.Levitin, 
Rossiya 
Fanlar 
Akademiyasining akademigi F.Burlatskiy uni yuksak baholashgan.  
«KPSS» deb atalmish aslida esa ulkan bir hududni o‗z qo‗lida ushlab 
turgan  partiya-davlat  mashinasining  so‗nggi  s‘ezdida  (1990  yil  iyul)  ham 
Prezidentning  masalaga  jiddiy  e‘tibor  berganligi  O‗zbekistonning 
mustaqillik e‘lon qilganligi shunchaki bir his-hayajonni to‗kib solish emas, 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислохотларни чуқурлаштириш йўлида. -Т. Ўзбекистон. 1995. 11-б. 
2
  Қаранг:  Гафарли  М.С.,  Касаев  А.Г..  Ривожланишнинг  ўзбек  модели:  тинчлик  ва  барқарорлик  –  тараққиѐт 
асоси. Т.: Ўзбекистон, 2001. –430 б.  
Леонид Левитин «Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида». Т.: Ўзбекистон, 2000. 368-б.  
Дональд Карлайл «Ўзбекистон, Ўрта Осиѐ, истиқболдаги ўтмиш ва ҳозирги замон» ва бошқалар. 


93 
 
balki ortga qaytmaydigan strategik maqsad yoki akt ekanliginining yorqin 
isboti hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning  siyosatdan  ustuvorlik  tamoyili  jahon  tajribasida 
sinalgan  erkin  bozor  iqtisodiyotining  ob‘ektiv  qonunlari  ijtimoiy 
taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi. Bozor 
itisodiyotiga  o‗tish sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmalari, xo‗jalik 
yurituvchi  sub‘ektlarning  erkin  iqtisodiy  faoliyat  yuritishi  muhim 
ahamiyatga  egadir.  Chunki,  iqtisodiyotning  siyosat  va  mafkuradan 
ustuvorligi, iqtisodiy faoliyat erkinligi barpo etilayotgan adolatli fuqarolik 
jamiyatining moddiy asosi bo‗lib xizmat qiladi.  
Bozor  iqtisodiyotiga  o‗tishning  murakkabligini  hisobga  olgan  holda, 
shuni  ta‘kidlash  zarurki,  bu  o‗tish  davrida  bir  qator  salbiy  holatlar, 
jumladan,  ishsizlik,  qonunbuzarlik,  jinoyatchilik  kabilar  yuzaga  kelganda 
davlatning  tartibga  solish,  nazorat  qilish  va  boshqarishdagi  roli  yanada 
ortadi. Garchi fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan davlatning vazifasi 
biroz qisqarsada, lekin jamiyatdagi ijtimoiy bo‗hronlarning oldini olishda, 
ijtimoiy  munosabatlarni  muvofiqlashtirishda,  ijtimoiy  adolatni  qaror 
topishida davlatning o‗rni va roli saqlanib qolaveradi. 
Konstitutsiya va qonun ustunligi tamoyilining mohiyati mamlakatimiz 
hayotining  hamma  sohalarida  qonun  ustuvorligini  ta‘minlash,  qonunga 
itoatkorlikni  shakllantirishdan  iboratdir.  Bu  tamoyilni  Birinchi  Prezident 
I.A.Karimov  shunday  ifodalaydi:  «Butun  yangilanish  va  taraqqiyot 
jarayoni  qonunga  asoslanmog‗i  zarur.  Iqtisodiy  o‗zgarishlar  sinalgan, 
amaliy  kuchga  ega  bo‗lgan  qonunga  tayangandagina,  bu  o‗zgarishlar 
sezilarli natijalar berilishi muqarar bo‗lishi mumkin»
1
 
Ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  qonunning  ustunligi  huquqiy 
davlatning  asosiy  belgisi  sanaladi.  Garchi,  huquqiy  davlat  nazariyasi 
G‗arbiy  Yevropada  XVII-XVIII  asrlarda  yaratilgan,  degan  fikr  mavjud 
bo‗lsada,  huquqiy  davlat  an‘analari  milliy  davlatchiligimiz  tarixiy 
tajribasida  o‗rta  asrlardayoq  mavjud  bo‗lgan.  Jumladan,  o‗zbek 
davlatchiligining  buyuk  namoyondasi  Amir  Temur  o‗zi  barpo  etgan  juda 
katta  davlatni  «Kuch  adolatdadir»  degan  shior  bilan  idora  etgan.  Temur 
davrida  maxsus  tuzuklarga  amal  qilingan.  Ana  shu  tuzuklarda  jamiyat 
a‘zolarining axloq-odob qoidalari, mansabdor shaxslar va hukmdorlarning 
burchlari, davlat va qo‗shinni boshqarish qoidalari aniq ifoda etilgan. 
Kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish  tamoyili  ham  o‗zbek  davlatchiligi 
an‘analariga  hamda  milliy  qadriyatlarimizga  mos  bo‗lib,  uning  mohiyati 
shundan  iboratki,  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  sharoitida  davlat  aholini 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислохотларни чуқурлаштириш йўлида. -Т.: «Ўзбекистон», 1995  


94 
 
ijtimoiy  himoya  qilishni  o‗z  zimmasiga  oladi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish 
doimo  murakkab  jarayon  bo‗lib,  bu  davr  o‗ziga  xos  qiyinchiliklarni 
keltirib chiqaradi.  Shunday  sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga  muhtoj 
qatlamlarini  o‗z  himoyasiga  olish  davlatning  muhim  vazifalaridan  biri 
hisoblanadi.  
Zaif  va  yordamga  muhtoj  kishilarga  mehr  va  muruvvat  ko‗rsatish, 
ularni moddiy va ma‘naviy qo‗llab-quvvatlash halqimiz turmush tarzidagi 
qadimiy an‘ana, azaliy milliy qadriyat sifatida davlatchilik tajribasida ham 
o‗z  ifodasini  topgan.  Masalan,  buyuk  davlat  arbobi  Amir  Temur  o‗z 
«Tuzuklarida» davlatni boshqarishda  o‗n ikkita qoidaga amal qilgan. Shu 
qoidalarda  davlat,  saltanat  ustunlarini,  aholining  barcha  qatlamlari  bilan 
quvvatlash va ularning manfaatlarini himoya qilish, ra‘iyat ahvolidan ogoh 
bo‗lish,  ulug‗larini  og‗a  qatorida,  kichiklarini  farzand  o‗rnida  ko‗rish
1
 
qoidalari ham bor.  
Mamlakatdagi  demografik  shart-sharoitlarni,  aholining  turmush 
darajasini  hisobga  olib,  O‗zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish 
sharoitida  davlat  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  orqali  kuchli  ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirmoqda.  
Bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich,  o‗tish  tamoyili  milliy 
xususiyatlarimizga,  o‗zbek  davlatchiligi  an‘analariga  mos  bo‗lib,  u  o‗tish 
davrining  murakkab  xarakterini  hisobga  olgan  holda,  ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni  puxta  o‗ylab,  ijtimoiy  larzalarsiz,  tadrijiy  tarzda  amalga 
oshirishni taqozo etadi. 
O‗zbek  davlatchiligining  o‗ziga  xos  milliy  xususiyatlaridan  biri 
bo‗lgan,  davlatchilik  taraqqiyotining  inqilobiy  sakrashlarni  chetlab, 
tadrijiy  tarzda  takomillashib  borganligini  I.A.Karimovning  quyidagi 
fikrlari  bilan  asoslashimiz  maqsadga  muvofiqdir:  «Sharqda  demokratik 
jarayonlarning  qadimdan  shakllangan  o„ziga  xos  va  o„ziga  mos 
xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo„lmaydi. Ya‟ni, sharqda 
demokratik  jarayonlar  uzviy  ravishda  va  asta  sekin  taraqqiy  topadi.  Bu 
sohada  inqilobiy  o„zgarishlar  yasashga  urinishlar  g„oyat  noxush,  hatto 
fojeali  natijalarga  olib  keladi.  Inqilobni  G„arb  olimlari  ham  «ijtimoiy 
taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb atashgan. Tabiiyki, bunday 
yo„l  bizga  aslo  to„g„ri  kelmaydi»
2
  degan  fikrlarning  naqadar  asosli 
ekanligini ijtimoiy taraqqiyot ham ko‗rsatib turibdi. 
                                                           
1
 «Темур тузуклари». -Т., Ғофур Ғулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти. 1991. 53-54 бет. 
2
  Каримов  И.А.  Ўзбекистоннинг  сиѐсий-ижтимоий  ва  иқтисодий  истиқболининг  асосий  тамойиллари  -Т.: 
Ўзбекистон. 1995. 10-11 бетлар. 


95 
 
O‗zbekistonning  mustaqil  taraqqiyot  yo‗li  bo‗lgan  «o‗zbek  modeli» 
mamlakatimizning  ijtimoiy  taraqqiyot  dasturi  bo‗lib,  bu  dastur  ijtimoiy, 
iqtisodiy va siyosiy islohotlarning  g‗oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. 
Mazkur  islohotlar  mustaqillik  yillarida  bir  nechta  bosqichlarni  bosib 
o‗tadi.  Jumladan,  islohotlarning  dastlabki  bosqichida  eski  ma‘muriy-
buyruqbozlik  tizimi  tugatildi  va  milliy  davlatchilikning  siyosiy-huquqiy 
poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 
huquqiy  asosi  yaratildi,  iqtisodiyotning  barqarorlashuviga  erishildi. 
Islohotlarning navbatdagi bosqichida I.A.Karimovning «O‗zbekiston XXI 
asrga  intilmoqda»  nomli  dasturiy  asarida  belgilab  berilgan  olti  ustuvor 
vazifalar amalga oshirila boshlandi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:  

 Mamlakat  siyosiy,  iqtisodiy  hayotini,  davlat  va  jamiyat  qurilishini 
yanada erkinlashtirish

 
Jamiyat ma‘naviyatini yanada yuksaltirish

 Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati

 Xalq  turmush  darajasining  izchil  va  barqaror  o‗sishi,  aholini  yanada 
kuchli ijtimoiy himoya qilish

 Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlash; 

 Jamiyatdagi  barqarorlik,  tinchlik,  millatlar  va  fuqarolararo  totuvlikni, 
sarhadlarimiz  daxlsizligini,  mamlakatimiz  hududiy  yahlitligini 
ta‘minlash
1

Umuman,  «o‗zbek  modeli»  O‗zbekistonning  o‗ziga  xos  bo‗lgan 
taraqqiyot  yo‗li  bo‗lib,  bu  yo‗l  mamlakatimizning  tarixiy  –  milliy 
xususiyatlarini,  geografik  va  demografik  shart-sharoitlarni  hisobga  olgan, 
respublikaning  bosh,  strategik  maqsadi  sari  yo‗naltirilgan,  islohotlarning 
har bir bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturdir. 
3.2017  yil  7  fevralda  Prezident  Sh.Mirziyoyevning  farmoni  asosida 
respublikada  olib  borilayotgan  islohotlar  samarasini  yanada  oshirish, 
davlat  va  jamiyatning  har  tomonlama  va  jadal  rivojlanishi  uchun  shart-
sharoitlar  yaratish,  mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  hamda 
hayotning 
barcha 
sohalarini 
liberallashtirish 
bo‗yicha 
ustuvor 
yo‗nalishlarni  amalga  oshirish  maqsadida  aholi  va  tadbirkorlarni 
o‗ylantirayotgan  dolzarb  masalalarni  har  tomonlama  o‗rganish,  amaldagi 
qonunchilik,  huquqni  qo‗llash  amaliyoti  va  ilg‗or  xorijiy  tajribani  tahlil 
qilish,  shuningdek  keng  jamoatchilik  muhokamasi  natijasida  ishlab 
chiqilgan  2017  —  2021  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasini 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. -Т.: Ўзбекистон. 1999. 15-19 бетлар. 


96 
 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin