105
Fuqarolarning jamoat birlashmalariga, siyosiy partiyalarga uyushish
borasidagi konstitutsiyaviy huquqi ijtimoiy institutlarning, shu jumladan,
kasaba uyushmalarining tashkil topishi va faoliyat yuritishi uchun yuridik
asos bo‗lib xizmat qiladi. O‗zbekiston fuqarolari kasaba uyushmalariga,
siyosiy partiyalarga, boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy
harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Jamoat birlashmalari xalq
ijodkorligi va tashabbusining natijasi bo‗lib, uning ijtimoiy-siyosiy
hayotda faol hamda samarali ishtirok etishining ishonchli vositasidir. Ular
demokratiyaning tarkibiy qismi va fuqarolik jamiyati hayotining shakli
sifatida namoyon bo‗ladilar. Konstitutsiya jamoat birlashmalarining tashkil
etilishi va faoliyat yuritishi erkinligini kafolatlaydi.
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-
qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar
tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma‟rifiy, fizkultura-sport va
boshqa ko„ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari,
fondlar, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat
Dostları ilə paylaş: