birlashmalari deb e‘tirof etiladi.
O‗zbekiston fuqarolariga o‗z faoliyatlarini amalga oshirish uchun
keng ko‗lamdagi shart-sharoit yaratilgan. Yangilanayotgan jamiyatimizda
fuqarolarning davlat ishlarida qatnashish faolligini oshirishda jamoat
birlashmalari katta ahamiyat kasb etadi. Jamoat birlashmalari faoliyatining
asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
1) ixtiyorlik;
2) teng huquqlilik;
3) o‗zini o‗zi boshqarish;
4) qonuniylik;
5) insonparvarlik;
6) oshkoralik.
Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni
shakllantiruvchi demokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy
shakllari hisoblanadi. Umumiy demokratik institutlarga yuqori davlat organlarining saylanishi, saylovchilar yoki deputatlar oldida saylab qo„yiladigan organlarning mas‟uliyati va hisobdorligi, vakolat muddati tugaganida saylab qo„yiladigan davlat vakillik organlari tarkibining almashinib turishi kabilarni kiritish mumkin.
2. “Partiya” so‗zi lotincha ―part‖ so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, ―ish‖,
―qism‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Siyosiy partiya - aholining, sinfning,
ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi. Ilmiy nuqtai nazardan
siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta‘rifni asos sifatida qabul qilish
106
mumkin: siyosiy partiya – fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog„langan, davlat hokimiyatini qo„lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqidir. Siyosiy