jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar, jamg‗armalar, uyushmalar kabi nomlar bilan keng ommalashdi. Nodavlat notijorat tashkilotlar individlarning ixtiyoriy birlashmalaridir.
Ular siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga
nomzodlar ko‗rsatish bilan shug‗ullanmaydilar. Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta‟sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu
sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo‗lishi lozim. Manfaatlar
guruhlarining harakat usullari davlat organlarini ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini yetkazish, o„z manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar o„tkazish bilan chegaralanadi
1
. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funksiyalari turli-tumandir. Biroq,
ularning asosiy funksiyalaridan biri - turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyatsiya 2 qilishdir. Shuningdek, nodavlat notijorat
tashkilotlar ko‗plab ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg„unlashtirish va ular o„rtasida ma‟lum bir munosabatlar tizimini o„rnatish) faoliyatini ham olib boradi. Bu
jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a‘zolarining
keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va
ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari ko‗riladi.
1
Қаранг: Орнстейн Н. Демократик жамиятда қонун чиқарувчи ҳокимият ўрни. - Озодлик рисоласи. - Вена: АҚШ информация
агентлиги,1994.-Б.8-9.
2 Артикуляция (лот.) - кишиларнинг бир-бирига ўхшаш манфаатларини гуруҳ ѐки ижтимоий қатлам миқѐсида бирлаштириш.
111
Fuqarolik jamiyatining ilk shakllanish davri nodavlat tashkilotlarning
paydo bo‗lishi bilan bog‗liqdir. Siyosiy tizimda demokratik qadriyatlar keng
o‗ringa ega bo‗lib borgani sari muhim ijtimoiy muammolarni hal etishda