Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

to‗g‗risida»gi Qonuni (1999 yil 14 aprel) nodavlat notijorat tashkilotlarning 
serqirra  faoliyatini  har  tomonlama  muvofiqlashtirish  va  huquqiy  jihatlardan 
ta‘minlashga qaratildi.  Mazkur Qonunning 2-moddasida «Nodavlat notijorat 
tashkiloti  tushunchasi»ning  ta‘rifi  demokratik  qadriyatlar  asosida  talqin 
qilinadi:  ―Nodavlat  notijorat  tashkiloti  -  jismoniy  va  (yoki)  yuridik 
shaxslar  tomonidan  ixtiyoriylik  asosida  tashkil etilgan, daromad  (foyda) 
olishni  o‗z  faoliyatining  asosiy  maqsadi  qilib  olmagan  hamda  olingan 
daromadlarni 
(foydani) 
o‗z  qatnashchilari  (a‘zolari)  o‗rtasida 
taqsimlamaydigan o‗zini o‗zi boshqarish tashkilotidir‖. 
«Nodavlat notijorat tashkilotlari to‗g‗risida»gi Qonunga binoan nodavlat 
notijorat  tashkilotlarining  maqsadlari  quyidagi  yo‗nalishlardagi  faoliyatlar 
bo‗yicha amalga oshiriladi: 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.-Т.: Ўзбекистон, 2012.-Б.9.. 
 


112 
 
-  birinchidan,  keng  ma‘nodagi  madaniy  maqsadlarga  erishishni  ko‗zlab 
tuzilgan. Bunda maorif, ilm-fan, madaniyat sohalarida faoliyat olib boriladi; 
-  ikkinchidan,  mamlakat  aholisining  sihat-salomatligini  ta‘minlashni  ko‗zlab 
faoliyat  yuritish  (sport  va  jismoniy  tarbiya  bilan  shug‗ullanuvchi,  turli  xil 
xastaliklarning  oldini  olish  va  ularni  davolashning  ilg‗or  tajriba  hamda 
usullarini targ‗ib etuvchi  tashkilotlar); 
-uchinchidan,  turlicha  faoliyat  yo‗nalishidagi  huquqni  muhofazalovchi 
tashkilotlar (masalan, iste‘molchilar huquqini himoyalash jamiyati); 
-to„rtinchidan,    fuqarolarning  ma‘naviy  va  boshqa  xildagi  nomoddiy 
ehtiyojlarini  qondirishga  qaratilgan  tashkilotlar  (nosiyosiy  uyushmalar, 
ijtimoiy jamg‗armalar va boshqalar); 
-beshinchidan, xayr-ehson ishlari bilan shug‗ullanuvchi tashkilotlar
1
.
 
«Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  to‗g‗risida»gi  Qonunning  7-moddasi 
davlat organlari bilan nodavlat tashkilotlar o‗zaro munosabatlari va hamkorligi 
faoliyatini  huquqiy  jihatlardan  muvofiqlashtiradi.  Bu  modda  shunday  talqin 
etiladi: 
―Nodavlat notijorat  tashkiloti quyidagi huquqlarga  ega: 
-o„z    a‟zolari    va  qatnashchilarining    huquqlari    va    qonuniy 
manfaatlarini  ifodalash  hamda  himoya  qilish; 
-ijtimoiy  hayotning  turli masalalariga doir tashabbuslar  bilan  chiqish, 
davlat hokimiyati  va  boshqaruv  organlariga takliflar kiritish; 
-davlat  hokimiyati    va  boshqaruv    organlarining  qarorlarini  ishlab 
chiqishda qonun hujjatlarida  nazarda tutilgan  tartibda ishtirok  etish”
2

Mamlakatda  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  faoliyatining  fuqarolik 
jamiyati  instituti  darajasida  bo‗lishining  huquqiy  asoslarini  rivojlantirish  
maqsadlarida  2007  yilda  O‗zbekiston  Respublikasining  «Nodavlat  notijorat 
tashkilotlar  faoliyatining  kafolatlari  to„g„risida»gi  Qonuni  qabul  qilindi. 
Mazkur qonunda nodavlat tashkilotlarni qo‗llab-quvvatlash va ularning erkin 
hamda  mustaqil  faoliyatlarining  mavjud  qonunchilik  va  davlat  organlari 
tomonidan kafolatlanishi asosiy maqsad qilib olindi. 
Mamlakatda  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  mustaqilligini  ta‘minlash, 
shuningdek,  ularning  fuqarolik  jamiyatining  muhim  institutiga  aylanishini 
ta‘minlash  maqsadida  davlatning  «Kuchli  davlatdan  -  kuchli  fuqarolik 
jamiyati  sari»  konseptual  siyosiy  dasturi  qabul  qilindi  va  u  mamlakatda 
jamiyatni rivojlantirishning asosiy tamoyiliga aylandi. Jamiyat siyosiy tizimini 
                                                           
1
 O‗sha joyda-B.16.
 
2
Ўзбекистон  Республикасининг  «Нодавлат  нотижорат  ташкилотлари  тўғрисида»ги  Қонуни.//  «Нодавлат  нотижорат    
ташкилотлари тўғрисида»ги  Ўзбекистон Республикасининг Қонунига шарҳлар.-Т.: Адолат, 2001.-Б.28-29. 


113 
 
yanada  erkinlashtirish  masalalari  mazkur  siyosiy  dastur  qabul  qilinganidan 
keyin yanada dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. 
O‗zbekistondagi  NNTlarni  xalqaro  tashkilotlar  ekspertlari  quyidagicha 
tasniflaydi: 
1.Aholining yirik qatlamlari ijtimoiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan 
umummilliy  tuzilmalar  («Mahalla»  xayriya  jamoat  fondi,  “Yoshlar  ittifoqi”, 
Xotin-qizlar  qo„mitasi,  Nogironlar  jamiyati,  «Nuroniy»  jamg„armasi    va 
boshq.). 
2.  Ekologiya,  madaniyat  va  sog‗liqni  saqlash  sohalariga  ixtisoslashgan 
milliy-xalqaro jamgarmalar («Ekosan», «Ibn Sino», «Sog„lom avlod», Orolni 
qutqarish, Amir Temur va boshqa xalqaro jamg‗armalar). 
3. Kasbiy va ma‘naviy manfaatlar bo‗yicha tuzilgan ijtimoiy tashkilotlar 
(Respublika  ma‟naviyat  va  ma‟rifat  jamoatchilik  kengashi,  «Ijtimoiy  fikr» 
jamoatchilik fikrini o„rganish markazi va boshq.). 
4.  Umum  milliy  xayriya  jamiyatlari  va  jamg‗armalari  (Bolalar 
jamg„armasi, «Mehr nuri» jamg„armasi va boshq). 
5.  Huquqni  himoya  qilish  nohukumat  tashkilotlari  (O„zbekiston  sudlar 
uyushmasi,  Advokatlar  palatasi,  Inson  huquqlari  bo„yicha  O„zbekiston 
Respublikasi Milliy markazi va boshq.). 
6. Ijodiy ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari (Yozuvchilar uyushmasi, 
Jurnalistlar 
uyushmasi, 
Kompozitorlar 
va 
bastakorlar 
uyushmasi, 
Arxitektorlar uyushmasi, Kinematografiyachilar uyushmasi va boshq.). 
7.  Milliy-madaniy  markazlar  (ular  O‗zbekistonda  yashayotgan  milliy 
jamoalar  (ozchilik)  vakillarini  milliy  va  etnik  belgilariga  qarab  birlashtiradi), 
xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik jamiyatlari va boshq.). 
8.  Ijtimoiy  ahamiyatli  qatlamlar  va  ijodiy  manfaatlar  bo‗yicha 
birlashmalar  (Veteran  jangchilar  birlashmasi,  Avtomoto  havaskorlarining 
ko„ngilli  jamiyati,  Ixtirochilar  va  ratsionalizatorlar  jamiyati,  Turistlar  klubi, 
Havaskor qo„shiqchilar klubi va boshq.). 
Bundan  tashqari,  NNTlar  qatoriga  turli  shakllarga  mansub  bo‗lgan 
tashkilotlarni kiritish mumkin: 
• Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar; 
• Kasaba uyushmalari; 
• Diniy tashkilotlar; 
• Turli sport federatsiyalari va uyushmalari
1

Mamlakatimizda 1991 yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani tashkil 
etgan bo‗lsa, 2000 yilda ularning soni 2300 taga, 2010 yilda – 5100 taga etdi. 
                                                           
1
 Формирование нового видения роли и места ННО в процессах политической и экономической   модернизации 
в Узбекистане.-Т.:ЦЭИ;БМТ Ривожланиш дастури, 2010.-Б.54-55. 


114 
 
2014  yilga  kelib  jamiyat  hayotining  turli  sohalarida  8  ming  100  dan  ziyod 
nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat ko‗rsatdi. Bu degani 2010 yilga nisbatan 
1,6  marta  ko‗p  demakdir
1
.  Oxirgi  ma‘lumotlarga  qaraganda  respublikamizda 
nodavlat notijorat tashkilotlarining soni 10 mingga yaqin.  
Mamlakatdagi  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  39  foizi  hukumat  va 
uning  quyi  organlari  tashabbusi  bilan  tuzildi.  Mamlakatda  milliy 
mustaqillikning  dastlabki  davrlarida  O‗zbekiston  «Mahalla»  xayriya 
jamg‗armasi tashkil topdi. O‗tgan davr ichida «Sog‗lom avlod uchun» xalqaro 
nohukumat  xayriya  jamg‗armasi,  «Ekosan»  xalqaro  ekologiya  va  salomatlik 
jamg‗armasi,  Markaziy  Osiyo  xalqlari  madaniyati  Assambleyasi,  Xalqaro 
Amir  Temur  jamg‗armasi,  Xalqaro  Imom  Buxoriy  jamg‗armasi,  «Oltin 
meros»  jamg‗armasi,  respublika  «Ma‘naviyat  va  ma‘rifat»  jamoatchilik 
markazi,  «Xalq  birligi»  harakati,  O‗zbekiston  faxriylarini  qo‗llab-quvvatlash 
«Nuroniy» jamg‗armasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Ijtimoiy fikr» 
jamoatchilik  fikrini  o‗rganish  markazi,  Tovar  ishlab  chiqaruvchilar  va 
tadbirkorlar  Palatasi,  Milliy  matbuot  markazi,  Baynalmilal  madaniy  markaz, 
respublika «Iste‘dod» jamg‗armasi kabi nodavlat tashkilotlar tuzildi.  
Hozirgi davrda mamlakatda 27 ta millat vakillari  tomonidan tuzilgan 150 
ga yaqin milliy-madaniy markaz (MMM) faoliyat olib bormoqda. Ulardan 14 
tasi respublika ahamiyatiga molik tashkilot maqomiga egadir.  
O‗zbekistonda  BMTning  Rivojlanish  Dasturlari  asosida  o‗nlab  xorijiy 
nodavlat tashkilotlar o‗z vakolatxonalari va boshqa vakillik idoralarini tashkil 
etdi.  Jumladan,  Jahon  sog‗liqni  saqlash  tashkiloti  vakolatxonasi,  BMTning 
Bolalar jamg‗armasi (YUNISEF) vakolatxonasi, Xalqaro rivojlanish bo‗yicha 
AQSH  agentligi  vakolatxonasi,  «Britaniya  Kengashi»  («British  Council»), 
Konrad  Adenuer  jamg‗armasining  Markaziy  Osiyo  va  Qozog‗iston 
mamlakatlari 
bo‗yicha 
vakolatxonasi, 
Fridrix 
Ebert 
jamg‗armasi 
vakolatxonasi,  Xalqaro  ta‘lim  bo‗yicha  Amerika  Kengashi  («ACCELS»), 
Markaziy  Osiyoga  beg‗araz  yordam  tashkiloti  («CAFE»),  Germaniya 
Agroaksiya tashkiloti, YUNESKO vakolatxonasi, «Global Involment» nomli 
ta‘limga  doir  tashkilot,  Osiyo  madaniyati va  rivojlanish  instituti, AQSHning 
«Mehr-muruvvat  korpusi»  va  ekologiyaga  oid  «KOFUTIS»  tashkiloti, 
fuqarolik  jamiyati  qurishga  ko‗maklashuvchi  «Krosslink  Development 
Interneshnl»  xalqaro  tashkiloti,  Xalqaro  rivojlanish  assotsiatsiyasi,  Buyuk 
Britaniyaning «Rivojlanish uchun hamkorlik» tashkiloti, AQSHning Xalqaro 
tadqiqotlar va o‗zaro almashishlar kengashi (IREX), Yevroosiyo jamg‗armasi, 
Germaniyaning  «Gyote  instituti»,  Fransiyaning  «Alyans  Franse»  tashkiloti, 
                                                           
1
Ўзбекистон Республикаси нодавлат нотижорат ташкилотлари миллий форуми материаллари, (21-22 декабрь 2014 й.).  
   –Т., 2015.-Б.3-4.
 


115 
 
Xalqaro  hamkorlik  bo‗yicha  Koreys  agentligi,  Rivojlanish  va  hamkorlik 
bo‗yicha  Turkiya  agentligi,  Xalqaro  hamkorlik  bo‗yicha  Yaponiya  agentligi 
kabi yuzdan ortiq xorijiy mamlakatlar nodavlat tashkilotlari vakolatxonalari va 
filiallari turli sohalarida  keng faoliyat yuritmoqda
1

 
Xulosa  qilib  aytganda,  mustaqillik  yillarida  O‗zbekistonda  davlatning 
bosh  islohotchilik  faoliyati  natijasida  nodavlat  notijorat  tashkilotlarning 
demokratik  tamoyillar  asosidagi  huquqiy  asoslari  shakllandi.  Qisqa  davr 
ichida mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishning poydevori - konstitutsiyaviy 
va  huquqiy  shart-sharoitlar  yaratildi.  XXI  asr  boshlariga  kelib  O‗zbekiston 
davlati  va  xalqi  ilg‗or  rivojlangan  mamlakatlarda  fuqarolarga  erkinlik 
bag‗ishlagan,  shaxsning  erkin  kamol  topishi  uchun  barcha  shart-sharoitlarni 
yaratgan,  jamiyatning  hamma  jabhalarini  demokratiyalashtirishga  qobil 
bo‗lgan,  o‗zida  xalqchil  milliy  meros  va  an‘analarni  ifodalagan  fuqarolik 
jamiyati 
barpo 
etish 
yo‗lidagi 
islohotlarning 
yangi 
bosqichini 
chuqurlashtirishga kirishdi. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin