131
quvvatlanmoqda. Boshqacha aytganda, mahallalar siyosiy qarorlar qabul
qilishda jamoatchilik ishtirokini faollashtirishning muhim vositasi
ekanligini hayotning o‗zi isbotlab berdi. Mamlakat siyosiy hayotida
fuqarolarning siyosiy qaror qabul qilishdagi ishtirokini ta‘minlab beruvchi
asosiy bo‗g‗in, bu – mahalla fuqarolar yig‗inlaridadir. Shuningdek,
fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish qobiliyatiga ega
bo‗lgan birdan bir boshqaruv tizimi ham mahalla fuqarolar yig‗inlaridir.
Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi, uning viloyat, shahar,
tuman bo‗limlari bilan hamkorlikda har yili «Eng yaxshi mahalla», «Eng
ibratli oqsoqol», «Mahalla jonkuyari», «Eng tadbirkor mahalla oqsoqoli»
shiori ostida muttasil ko‘rik-tanlovlar o‗tkazib kelinadi. Ko‗rik-tanlovlar
g‗oliblari har yili obro‗li komissiyalar tomonidan maxsus nishonlar,
qimmatli esdalik sovg‗alari bilan taqdirlanadilar. Mazkur tadbirlar
mahallalarni obodonlashtirish, ozoda saqlash, ayniqsa yoshlarni komil
inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik davrida mahallalar fuqarolar yig‗inlari oqsoqollari,
«Mahalla» jamg‗rmasi va uning mahalliy tashkilotlari rahbarlarining sifat
tarkibi yaxshilanib bordi va bormoqda.
Huquqiy demokratik davlatda saylov qonunlari va uni o‗tkazish
muhim o‗rinni egayllaydi. Bundan fuqarolarning o‗zini – o‗zi boshqarish
organlariga saylov o‗tkazish ham istisno emas. 2019 yil may – iyun
oylarida mamlakatimizda o‗zini – o‗zi boshqarish organlari – mahalla,
ovul, qishloq, shaharcha fuqarolar yig‗inlariga saylov o‗tkazildi.
2003 yilda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
bilan tasdiqlangan «Obod mahalla yili» dasturini (2003 yil 7 fevral)
hayotda amalga oshirish natijasida barcha mahallalarda ulkan ishlar
amalga oshirildi. Mahallalardagi kichik va o‗rta biznesni rivojlantirish
uchun 41760,5 mln.so‗m hajmdagi kreditlar ajratildi. Mahallarda 12527 ta
ish o‗rinlari yaratish uchun mazkur rejaga ko‗maklashuvchi davlat
jamg‗armasidan 11571 mln.so‗m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
maqsadlarida 2765 ta oilaga 2005,5 mln.so‗m hajmdagi mablag‗lar
ajratildi.
Dostları ilə paylaş: