Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

 
INTERNET SAYTLARI  
 
1. www.president.uz 
2. www.pm.gov.uz 
3. www.parliament.uz 
4. www.gov.uz 
5. www.ziyonet.uz 
6. www.xs.uz 
 
Mavzu: FUQAROLARNING O‗ZINI-O‗ZI BOSHQARISH 
ORGANLARI 
 
Reja: 
1. O‗zbekistonda  demokratik  jamiyat  barpo  etishda  fuqarolarning  o‗zini 
o‗zi boshqarish organlarining o‗rni 
2. ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ konsepsiyasi 
3. Mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish va 
uning asosiy yo‗nalishlari 
 
1.
  Yurtimizda  azal-azaldan  mahalla  tarbiya  o‗chog‗i  hisoblanadi. 
Avloddan-avlodga  o‗tib  kelayotgan  milliy  qadriyatlarimiz,  xalqimizning 
turmush  va  tafakkur  tarzini  ko‗z  qorachig‗idek  asrab-avaylashda  uning 
o‗rni va ahamiyati beqiyos.  
Mustaqillik  yillarida  mahalla  institutining  nufuzini  oshirish  nafaqat 
ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma‘naviy ahamiyatga 
ega  bo‗lgan  ustuvor  vazifa  sifatida  belgilanib,  mamlakatimizda  fuqarolik 
jamiyatini  rivojlantirishda  uning  ishonchli  tayanch  va  ta‘sirchan  kuch 
bo‗lib  xizmat  qilishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  borasida  keng 
ko‗lamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.  
Xususan,  milliy  davlatchiligimiz  tarixida  ilk  bor  shaharcha,  qishloq, 
ovul  va  mahalla  fuqarolar  yig‗inlari  o‗zini  o‗zi  boshqarishning  hududiy 
birliklari  sifatida  O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  105-
moddasida
 
mustahkamlab  qo‗yildi:  «Shaharcha,  qishloq  va  ovulllarda, 
shuningdek  ular  tarkibidagi  mahallalarda  fuqarolarning  yig„inlari  o„zini 
o„zi  boshqarish  organlari  bo„lib,  ular  ikki  yarim  yil  muddatga  (2019 
yildan  boshlab  3  yilga)    raisni  (oqsoqolni)  va  uning  maslahatchilarini 


128 
 
saylaydi.  O„zini  o„zi  boshqarish  organlari  saylash  tartibi,  faoliyatini 
tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi»
Yuzdan  ortiq  normativ-huquqiy  hujjatlarda  fuqarolar  o‗zini  o‗zi 
boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki 
o‗z aksini topdi.  
Birgina  so‗nggi  besh  yilda  yangi  tahrirdagi  “Fuqarolarning  o„zini 
o„zi  boshqarish  organlari  to„g„risida”gi  hamda  “Fuqarolar  yig„ini  raisi 
(oqsoqoli)  va  uning  maslahatchilari  saylovi  to„g„risida”gi  O‗zbekiston 
Respublikasining  qonunlari,  mahallalar  hamda  ulardagi  jamoatchilik 
tuzilmalari  faoliyatiga  oid  20  ga  yaqin  nizom  qabul  qilinib,  ijtimoiy 
hayotga  tatbiq  etildi.  Shuningdek,  tizimda  faoliyat  ko‗rsatayotgan 
xodimlarning  malakasini  oshirish  bo‗yicha  o‗quv  kurslari  hamda 
―Mahalla‖ ma‘rifiy teleradiokanali tashkil etildi.  
Hozirgi  kunda  yurtimizda  10  mingga  yaqin  fuqarolar  yig‗inlari 
tomonidan  ilgari  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlariga  taalluqli  bo‗lgan 
30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli 
bajarib kelinmoqda.  
Amalga  oshirilgan  keng  ko‗lamli  tashkiliy-huquqiy  chora-tadbirlar 
natijasida  mahalla  noyob,  dunyoda  o‗xshashi  bo‗lmagan  tuzilmaga 
aylandi, fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish organlarining ijtimoiy-siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  jarayonida  faol  ishtirok 
etishi uchun mustahkam zamin yaratildi.
  
Konstitusiyaviy  asosdan  kelib  chiqib,  1999  yil  14  aprelda  qabul 
qilingan  «Fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  to‗g‗risida»gi 
(yangi  tahrirda)  Qonunning  1-moddasida  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi 
boshqarish  tushunchasi  quyidagicha  ta‘riflanadi:  «Fuqarolarning  o„zini 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin